Ko’krak yopiq shikastlarining uchrashi
Agar jangovar harakatlarda qurollarning oddiy turlari qo’llansa, ko‘krak yopiq jarohatlari nisbatan kam uchraydi. Asosan portlashlar natijasida yadroviy qurol qo'llanishi sharoitida shunday shikastlar soni keskin ko‘payadi.
Tasnif. Ko'krak yopiq shikastlari 4 guruhga bolinadi:
1. Ko‘krak yumshoq to'qimalarining lat yeyishi ~ shikastning eng yengil turi —
Ko’kkrakning suyak skeleti va ichki a’zolari shikastlanmagan.
2. Ko‘krakning suyak skeleti shikastlansa, ichki a ’zolari shikastlanmagan.
Jarohatlanish og‘ir!igi suyaklar shikastlanishining xarakteri va hajmiga bogliq. Masalan bitta yoki !kkita qovurg‘aning sinishi hech qachon gemodinamik buzilishiga olib kelmayd i, biroq qovurg'alarning ko‘plab sinishiari esa o‘pka ventilyatsiyasining og‘ir yetishmovchiligiga olib keladi.
3. Suyak skeleti shikastlanmasdan ichki organlar shikastlangan.
Jarohat og‘irligi ichki organlar shikastining turi va xarakteriga bog‘liq
(yurak, o ‘pka).
4. Ham suyak skeleti, ham ichki organlar shikastlanishi, gematoraks, pnevmatoraks, jarohat og‘irligi keng koMamda, shikastning yengil tu rid a n nihoyat og ‘ir darajasigacha hattoki o ‘lim bilan chegaradosh holatlargacha bo'lgan darajada uchraydi. Masalan, qovurg‘alarning ko‘plab sinishi va o ‘pkaning ildiz qismidan uzilishi.Birinchi tibbiy yoki birinchi shifokor yordam hajmidagi choralar
jabrlanuvchining ahvoli anchagina yaxshilanib, uning bezarar ko'chirilishini ta’minlab berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |