V. Ixtisoslashgan tibbiy yordam. Ko‘krak jarohatlarida g o sp ita ln -
ing torakal bo‘limida ko'rsatiladi. Yaradorlar klinik va rentgenologik
tekshiruvlardan o ‘tadi, o‘q tekkan ko ‘krak jarohatlari va u lam in g
asoratlarida to ‘liq hajmdagi jarrohlik amaliyotlari va konservativ d a volash
usullari bajariladi.
Ixtisoslashgan gospitalda o p e ra tiv amaliy o tlarg a q u y id a g ila r
ko‘rsatma bo‘la oladi: 1. Quyilib qolgan gematoraks. 2. Kekirdak va
bronxlar jarohati tufayli konservativ usul bilan davolab bo‘lmaydigan
pnevmatoraks. 3. Ikkilamchi plevra ichki qon ketishlari. 4. Plevra
yiringlashi (empiema). 5. Ko‘krak devori kemtiklarida ularni p lastik
usulda berkitish va h.k.
Uzoq muddatli davolashlarda (60—90 kundan ziyod) bemorlami
ixtisoslashgan gospitaldan front ortidagi gospitallarga ko‘chirish lozim.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra ko‘krak jarohatlari bo‘lgan y a rad o rlarning
20-30% i jang maydonida halok bo'ladi. Birinchi jah o n u ru -
shida gospitallardagi yaradorlarning 20% o ig a n bo‘lsa, zamonaviy
mahalliy (lokal) urushlarda bu ko‘rsatkich 7—8% gacha tushgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.M. KARIYEV, R. ALIMOV A. SAIDOV “HARBIY-DALA JARROHLIGI”
2. www.ziyouz.com kutubxonasi
3. e-univer21.adti.uz
4. www.vikipediya.uz
Dostları ilə paylaş: |