Gematoraksda plevra bo‘shlig‘ini punksiya qilish texnikasi:
I. Yo‘g‘on ignaga kalta rezina naychasi ulanadi va ikkinchi uchiga
shpris ulanadi, shpris bilan plevra bo‘shlig‘idan suyuqlik (qon)
tortiladi, shpris olingan paytda naychani qisqich bilan qisib qo ‘yish
plevra b o ‘shlig‘iga havo kirishining oldini oladi. 2. Yarador muoloja
vaqtida o'tirish yoki chalqancha yarim yotgan holatda boMishi kerak.
3. Qo‘ltiq orqa chizig‘i b o ‘ylab 6—7-qovurg‘a oralig‘ida to ‘qimalar
0,5%li novokain bilan anesteziya qilinadi (10,15ml). 4. Shu joydan
y o ‘g ‘on igna qovurg‘aning yuqori qirrasi bo'yicha kiritiladi. Ko‘krak
ichki fastsiyasi va parital plevra varag‘idan igna o ‘tish paytida jarroh
to ‘q imalar qarshiligidan keyingi «erkinlik» ni his qiladi. Igna uchi
plevra bo‘sh!ig‘iga tushadi. 5. Plevra b o ‘shlig‘iga to'plangan qonni
shpris yordamida asta sekin iloji boricha to ‘liq olishga harakat qilish
kerak. 6. Qonni tortib olgach plevra bo‘shlig‘iga antibiotik (1 mln.birlik
penitsillin) yuborish zarur. 7. Pirovardida ignani olib tashlab punksiya
o ‘rnini yod bilan surib steril salfetka q o ‘yib yopishqoq tasma bilan
mahkamlanadi.
Pnevmatoraksda plevra bo ‘sh lig ‘ini punksiya qilish tex n ik a si.
Muolajaning dastlabki bosqichlari (1,2) awalgi muolajaga o'xshash.
3. Yumshoq to'qimalar va plevra o ‘mrov o ‘rta chizig‘i b o ‘ylab 2
yoki 3-qovuig‘a oralig‘ida, o ‘tirgan holatda, 6—7-qovurg‘a oralig'ini
sog‘ tomonga yonboshlatib anesteziya qilinadi. 4. Ignadagi rezina
naychani qisqich bilan qisib 2-yoki 3-qovurg‘aning ustki qirrasi b o ‘ylab
punksiya qilinadi. 5. Rezina nayning b o ‘sh uchiga 100, 150 ml hajmli
Jane shprisi q o ‘shiladi, qisqich olinadi va havo tortilgach, qisqich
yana qo'yiladi. 6. Mana shunday havo tortish muolajasi bir n ech a
marta takrorlanadi. 7. Ignani olib tashlashdan awal plevra bo‘shlig‘iga
antibiotik yuboriladi. 8. Punksiya o ‘rniga yod, kleol surtiladi, aseptik
bog'lam. 9. Dinamikada bemomi kuzatish lozim. Zarur b o lg a n d a
punksiya takroriy bajariladi.
Perikardni punksiya qilish texnikasi. 1. Yarador yarim o ‘tirgan
holatda. 2. Larrey usuli bo‘yicha punksiya nuqtasi chap qovurg‘a
yoyi va xanjarsimon o ‘simtaning tutashgan joyida shu nuqtada y um shoq
to ‘qimaIar qavatma-qavat novokain yordamida qilinadi. 3.
Shprits bilan q o ‘shilgan uzun yo‘g ‘o n igna yordamida anesteziya q ilinadi.
4. Sagittal tekislikda igna pastdan yuqoriga 45 gradus b urchak
ostida va biroz chapga qaragan yo ‘nalishda yuboriladi. 2—3 sm ch u -
qurlikda igna taranglashgan perikardga yetib boradi. Igna uchi p e rikardni
teshib yurak qorinchasiga yetib borganda uni biroz orqaga
tortish lozim. 5. Oz miqdorda ham (30, 50 ml) perikard b o ‘shlig‘idan
qon olinsa, yaradorning ahvoli an ch a yaxshilanadi. 6 Igna olingach,
punksiya, o ‘rniga yod surtib aseptik bogMam qo ‘yish kerak. Agar igna
o'rnida ingichka naycha (kateter) qoldirilsa mazkur muolajaning qiymati
yanada ham oshadi.
Dostları ilə paylaş: |