III. Birinchi shifokor yordami (BrTP). Tibbiy saralash vaq tid a
yaradorlar 3 guruhga bo‘linadi:
1-guruh — BrTP ning bogMov xonasida hayotiy ko ‘rsa tm a la r
bo‘yicha birinchi shifokor yordamiga muhtoj b o lg an og‘ir ja ro h a tlangan
klapanli pnevmatoraks, yurak tamponadasi belgilari b o lg a n la r,
k a tta p n evm a to rak s va o g ‘ir o ltk ir k am q o n lilik , 2 - 3 - d a r a j a l i
plevrapulmonal shoki b o ‘Igan yaradorlar kiradi. Agar bu bemorlarga
BrTP da tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, keyingi bosqichlarga
k o ‘chirish ularning nobud boMishigacha olib keladi.
2-guruh — yengil yaradorlar: ko‘krakning teshib kirmagan jarohatiari,
ochiq yoki klapanli pnevmatoraksi bo ‘lmagan kichik kirish
va chiqish teshikli teshib o ‘tuvchi yoki ko‘r ko‘krak jarohatlari.
Ko‘krak ichki yoki tashqi qon ketishi b o lm ag an va nafas faoliyati
buzilmagan yaradorlar. Bu yaradorlarga tibbiy yordam BrTP ning
qabul-saralash chodirida ko‘rsatiladi: bog‘lamlar sozlanadi, antibiotiklar,
qoqshol ana toksini va og‘riqni qoldiruvchi dori-darmonlar
yuboriladi va keyingi bosqichga ko‘chirishga tayyorlanadilar.
3-guruh - 0‘lim arafasidagi bemorlar. Ular BrTP da simptomatik
davoianib parvarish uchun qoldiriladi.
Berkituvchi (okklyuzion) bog‘lam q o ‘yish texnikasi.
1) Ko'krakning teshib kiruvchi jarohatlarini berkitish uchun avvaldan
tayyorlangan steril salfetkalar qo‘llaniladi, ularning dastlabki qavatlari
steril vazelin moyi yoki Vishnevskiy malhami bilan shimdiriladi
va ko‘krak keng bint yoki yopishqoq tasma bilan mahkamlanadi.
2) Ko'krakning katta jarohatlarida Vishnevskiy malhami bilan
shimdirilgan dokali yostiqcha (tampon) bilan jarohat teshigi to‘ldiriIadi
(tamponada).
3) Moyli tam p o n ustidan katta aseptik bog‘lam q o ‘yiladi va
ko ‘krakka bint yoki yopishqoq tasma bilan mahkamlanadi.
Qovurg‘alarning «darcha» shaklidagi sinig‘ida kurakning barakatchan
qismini mahkamlash. I. Darchaning ustiga undan kattaroq paxta
va dokadan tayyorlangan yostiqcha q o ‘yiladi.
2. Mazkur y o stiq ch a (bog‘lam) yopishqoq tasma yordamida
mahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: |