Ko‘krakning turli xil shikastlanishlari
Qovurg'alar sinishi yolg'iz bitta yoki ko‘plab bo'lishi mumkin. O’z navbatida qovurg'alarning ko‘plab sinishi bir chiziq bo‘yicha va ikki chiziq bo ‘yicha (“darcha” shaklida) tasawur etiladi. Belgilari nafas olganda o’tkir mahallly og'riq, yo’tal va tana harakatlarida og’riq kuchayadi, paypaslaganda ham mahalliy og'riq aniqlanad i.
Qovurg’a(lar) sinishining so’zsiz (mutlaq) belgilari:
1. Suyak siniqlarining g'ichirlashi.
2. Teriosti emflzemasi (qovurg'a qirralari o ‘pka to'qimasini shikastlaganda).
3. Qon tuplash (tupurish).
Jabrlanuvchining tanasini shikastlangan tomoniga egib turish holati
va shu tomonda ko'krak qafasining nafas harakati cheklanishi xarakterlidir.
Ayrim qovurg’alar sinishlarida ter osti emfizemasi kam uchraydi.
Ko‘krak qafasining shakli o'zgarishi (deformatsiyasi) qovug‘alarning
ko‘plab sinishidan dalolat beradi, bunday holatlar ko'pincha leriosti
emfizemasi, pnevmatoraks va gematoraks bilan kuzatiladi.
To‘sh suyagi sinishlari alohida o ‘zi kuzatilishi mumkin, biroq
ko‘pincha qovurg‘alarning ko‘plab, hattoki ikki tomonlama sinishi b ilan
uchraydi. To‘sh suyagining singan joyida shish va deformatsiya
aniqlanadi. Ko‘krak oralig'i organlari shikastlamasa-da, to ‘sh suyagining
sinishlarida ko‘krak oralig‘i oid qismi kletchatkasiga qon quyilishi
kuzatiladi. Shikastlanish kuchi katta bo ‘lib, bemorda entikish, sianoz,
ko‘pik aralash qon ajratmali yo‘tal, arterial qon bosimining pasayishi
va puls tezlashgani kuzatilsa, o‘pka yoki ko‘krak oralig’i organlari ja -
rohatlanishi va ichki qon ketishi to ‘g‘risida o ‘ylash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |