Re’JA: Ko’rak qafasi jarohatlarining umumiy tavsifi. Pnevmotoraks va gemotorask. Bosqichli davolash qoidalari. Jang maydonida ko‘krak jarohatlanishi



Yüklə 33,25 Kb.
səhifə10/22
tarix28.01.2022
ölçüsü33,25 Kb.
#51737
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
HDJ TMI

Yurakning yopiq shikastlari

Yurakning lat yeyishi, tashqi va ichki yirtilishiari hamda perikardning

jarohatlari tafovut etiladi. Xususan, yurak lat yeyishining

uchta shakli mavjud — infarktsimon, stenokardiyaga o ‘xshash va atipik

shakllari hamda uning kechishining uch davri: o ltkir (davomiyligi 3

sutkagacha), yarim o ‘tkir (12,14 sutkagacha) va funksional tiklanuvchi

(30,45 sutka).

Yurakning tashqi yirtilishida yurak mushagining toialari uzilib,

yurak kameralarining biri perikard b o ‘shlig‘i bilan qo'shilib ketadi,

chunonchi bunday shikastlarning tashxisi yurak tamponadasi tashxisi

bilan tengdir.

Yurak tamponadasi uchun bo ‘yin sohasidagi venalar kengayishi

(bo‘lmachalar ezilishi hisobiga venalardan qon qaytishi qiyinlashgan),

zaif va tezlashgan puls, yurak nisbiy to ‘m toq, yangi chegarasining

kengayishi xosdir. Yurak ichki yirtilishiari uchun klapanlar va ichki

devorlarining shikastlanishi hisobiga yurak xastaligi belgilari x arakterlidir.

Gemodinamik o‘zgarishlar va sistolik shovqinlar aniqlanadi.

Ularning kechishida bir nechta davri tafovut etiladi:

1. Birlamchi samaralar davri. 2. Travmatik miokardit. 3. G em o -

dinamikaning stabil bo'lishi davri. 4. Oxirlash davri.

Perikard yirtilishiari alohida holda kam va ko‘proq yurakning boshqa

shikastlari bilan uchraydi. Yurakning og‘ir shikastlari qatoriga shox

tomirning klapanlari va uning yoy qismi bo ‘g‘zining shikastlari kiradi.

Diafragma shikastlari ko‘krak va qorin b o ‘shliqlarining birlashib

ketishiga olib keladi, qorin b o ‘shlig‘i organlari (me’da, ichak va

boshqalar) ko‘krak bo‘shlig‘iga siljishi nafas faoliyati va qon aylanishining

og‘ir o ‘zgarishlariga sabab bo ‘ladi.

Qizilo‘ngach va ko‘krak limfatik yoMining yopiq shikastlari kam

uchraydi. Ko‘krak yopiq shikastlarining asoratlari:

1. Pnevmotoraks: a) yopiq; b) klapanli (kuchlangan). Klinik belgilari:

ko‘krak qafasining perkussiyasida qutisimon tovush aniqlanadi,

auskultatsiyada nafas olishi eshitilmaydi.

2. Gematoraks qovurg‘alararo arterialar, o ‘pka to ‘qimasi yoki

o ‘pkaning yirik qon tomirlari hamda perikard yoki diafragma shikastlanishlari

natijasida plevra bo‘shlig“ida qon to ‘planishi. Agar qon

oz miqdorda faqat sinuslarda to‘plansa, bu kichik gematoraks deb

nomlanadi, ko‘krak burchagi sathigacha qon to ‘plansa — o ‘rta, uchinchi

qovurg‘a satxigacha to ‘plansa katta gemotoraks deyiladi. Klinik

tekshirishda perkussiyada o ‘pka tovushlari to‘m toqlangan yoki eshitilmaydi,

auskultatsiyada nafas olishi zaiflashgan yoki eshitilmaydi.

Travmatik asfiksiya. Bu shunday patologik holatki, tananing

(k o ‘krak, qorin) bir necha daqiqa davomida qattiq bosilish (ezilishi)

natijasida yuzaga keladi bunda ko‘krak suyaklarining sinishi qayd etilmasligi

ham mumkin. Yirik qon tomirlar, xususan yuqori kavak venaning

keskin ezilishi uning tizimida bosimi ko‘tarilib, nafas to ‘xtab

qolishiga olib keladi. Bosh, yuz va bo‘yin sohalarida teri ko‘karib

t o ‘qimalarda shish paydo b o ‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, ovoz pardalari

shilliq qavatlarida va bo'yin sohasi terisida mayda nuqtali qon

quyilishlari paydo bo‘ladi. Doimiy ravishda konyuktiva ostiga va kamroq

ko‘zning to ‘r pardasiga qon quyilishlari kuzatiladi. Travmatik

asfiksiya uchun xos b o ‘lgan belgilardan biri bemor yuzining rangi

to ‘q qizildan qora ranggacha o ‘zgarishi. Tili shishganidan og‘iz

bushlig‘iga sig‘may qoladi, qusish va nafas yo‘llaridan ko‘piksimon

ba!g‘am ajralishi mukin.

Shunday qilib, k o ‘k rak n in g yopiq ja ro h a tid a g i morfologik va

funksional o ‘zgarishlari pirovardida gipoksiya, giperkapniya, travm

a tik shok va q o n y o ‘q o tish g a olib k elad i. Bu o ‘zg a rish la r

“darcha” shaklidagi qovurg’alarni mexanik shikastlari natijasida

yuzaga keladi.

Boglov xonasida shokka qarshi tadbirlar bajariladi, kislorod beriladi,

novokainli blokadalar bajariladi (Vishnevskiy usuli bo‘yicha bo'yin

vagosimpatik blokadasi, umurtqa oldi blokadasi, qovurg'alar sinishida

spirt-novokainli blokada), zarur bo'lganda plevra bo‘shligi punksiyasi,

oshib boruvchi klapanli ichki pnevmatoraksda — Dyufo ignasi

yordamida II qovurg‘alar oraligidan plevra b o ‘shlig‘ining punksiyasi

yoki ko'rsatma b o ‘yicha perikard punksiyasi. Analgetik va antibiotikla

r yuboriladi, infuzion terapiya bajariladi: shokka qarshi eritmalar

vena ichiga oqim bilan q o ‘yiladi, nafas va yurak faoliyati uchun

dori-darmonlar.

Nafas yoilarining o ‘tkazuvchanligini tiklash zarur. Ushbu guruhdagi

bemorlar birinchi navbatda ko‘chiriladi.

II guruh - nisbatan qoniqarli holatdagi jabrlanuvchilar. BrTP ning qabul-saralash chodirida ularga yurak-qontomir vositalari va analgetiklar

yuboriladi. Qovurg'alarning yopiq sinishlarida ko‘krakka maksimal

nafas chiqarish holatida zieh bog‘lam q o ‘yiladi (ko‘chirish davr

immobiiizatsiyasi). Ayrim holatlarda qovurg‘alar singan joyini spirtnovokainli

blokada qilish, umurtqa oldi blokadasi va vagosimpatik

blokadalar bajariladi.

A.V.Vishnevskiy usuli bo ‘y icha b o 'y in vagosimpatik blokadasi

texnikasi :

1. Jarblanuvchini chalqancha yotqizib, yelkalari ostiga yostiqcha

qo‘yish kerak va boshini sog' tomonga o'girish zarur.

2. IV—V bo‘yin umurtqali sathida (bu esa qalqonsimon tog‘ayning

yuqori qirrasiga to ‘g‘ri keladi) to ‘sh -o ‘m rov-so‘rg‘ichsimon mushakning

orqa qirrasining o ‘rtasidagi nuqtadan teri ichiga 0 ,2 5 -0 ,5% li

novokain yuboriladi.

3. 20,0 grammli shprisga o ‘rn a tilg an uzun igna y o rd am id a

umurtqaning yon tomoni yo‘nalishida 0,25% novokain eritmasi yuboriladi.

Vaqti-vaqti bilan qon tom irla r jarohatini oldini olish uchun

shprisning porshen qismini tortib ko‘rish kerak.

4. lgnaning uchi umurtqaga taqalgach, uni 2—3 mm qaytarish

kerak.

5. Shprisni ignadan ayirib ignadan qon chiqmayotganiga ishonch



hosil quinadi.

6. Igna holatini o ‘zgartirmasdan 0,25% novokain eritmasidan 5 0 -

60 ml yuboriladi.

Umurtqa oldi fastsiyasi b o ‘ylab taqalgan novokain adashgan va

simpatik hattoki, diafragma nervlariga ham ta ’sir qiladi.

Agar ushbu blokada to‘g‘ri bajarilsa, jabrlanuvchining umumiy ahvoli

yaxshilanib ko‘krakdagi og'riqlar kamayadi, tomir urishi va yurak

faoliyati ancha durust boMadi. Mahalliy belgilardan Klod Bernar-

Gorner sindromi yuzaga keladi: k o ‘z qorachig'i torayadi, ko‘z kosasi

ichkariga tortiladi, yuqori qovoq pastga tushadi (ptoz).

Qovurg‘a la r singan joyining sp irt-n o v o k a in li anesteziyasi tex n ik a si

1. Shikastlanishning turiga q a rab (bitta-ikkita qovurg‘a yoki

qovurg‘alarning ko‘plab sinishi) bem o r o'tirishi, chalqancha yotishi

yoki sog‘ biqinida yonboshlab yotishi mumkin.

2. Qovurg‘a singan joyiga (eng kuchli og‘riq nuqtasi, qovurg‘a

siniqlarining g‘ichirlashi) 8 ml 0,5 foizli novokain eritmasi yuboriladi

(dastlabki anesteziya).

3. Shundan so‘ng qovurg‘a singan joyga uning pastki qirrasiga

yaqinroq 2 ml spirt-novokain aralashmasi yuboriladi. Qovurg‘alarning

ko‘plab sinishida umurtqa oldi segmentli qovurg'alararo blokadasi b ajariladi.




Yüklə 33,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin