Reja lotin amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik kurashi uning boshlanishi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə5/7
tarix30.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#150980
1   2   3   4   5   6   7
Lotin America va Afrika davlatlari 8- sinf

Misr

  • Misr
  • Misr xalqi Afrika qit'asida birinchi bo'lib mustamlakachilikka qaqshatqich zarba berdi va u Afrikani qullik zanjiridan xalos etdi. Misr Afrikadagi eng yirik davlat emas (hududi 1 mln. kv. km., aholisi 52 mln. kishi), biroq uning qit'a hayotidagi iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy mavqei beqiyos. Misr arab millatining bir bo'lagi hisoblanib, uning siyosatida arab milliy-ozodlik harakati xususiyatlari Afrika xalqlarining ozodlik uchun kurash umumiy xususiyatlari bilan uyg'unlashib ketgan.
  • Misr hududi bo'ylab Yevropani Osiyo bilan tutashtiruvchi Suvaysh kanali o'tadi va bu G'arb mamlakatlarining strategik va iqtisodiy hayotida Misr muhim o'rin tutishini anglatadi. Shu sababli Misr vatanparvarlarining mamlakat mustaqilligi uchun kurashi o'ta keskin kechib, nafaqat yalpi arab millati, balki butun Afrika qit'asi uchun ham ulkan ahamiyat kasb etdi.
  • Suvaysh kanali — O'rta Yer dengizi va Qizil dengiz o'rtasidagi Suvaysh bo'yni orqali o'tgan. 1869yilda ochilgan. Uzunligi — 161 km, chuqurligi — 16,2 m, kengligi — 120-180 m.
  • XX asrda ozodlik harakati Misrda Birinchi jahon urushi tugashi bilanoq boshlandi. 1918-yil noyabrda Qohirada Misr mustaqilligi uchun kurashni boshqarish jamoat qo'mitasi tashkil qilinib, unga taniqli adabiyot, madaniyat, siyosat va jamoat arboblari kirdilar. U «Vafd Misri» («Misr vakillari») deb nomlandi.
  • Misrda Muhammad Ali sulolasiga mansub qirollar hukmronlik qilardilar. 1918 yildan 1952 yilgacha, ya'ni monarxiya ag'darilgunga qadar ikkita qirol almashdi: Fuod I (1922-1936) va Faruk (1936-1952). Uchinchi qirol Fuod II juda oz, atigi bir yil hukmronlik qildi. 1953 yilda u ag'darildi va u bilan birga qirollik tuzumi ham bekor qilindi.
  • Mamlakatdagi demokratik kuchlar qirol tuzumini inglizlarning Misrdagi bosh tayanchi deb bilib, asosiy kuchni uni ag'darishga qaratdilar. Ularning kurashi keng ko'lam kasb etib, unga bevosita ingliz mustamlakachilariga hamda ularning mamlakatdagi tayanchi— qirol tuzumiga qarshi kurash kiritilgan edi. «Vafd Misri» qo'mitasi juda tez mashhur bo'lib ketdi va aholining turli tabaqasi vakillarini o'z ichiga olgan keng milliy-vatanparvarlik harakati partiyasiga aylandi. Angliya ularning Misrga mustaqillik berish talabini rad etganidan keyingi birinchi nizoyoq siyosiy kuchlarning ochiq qarama-qarshiligiga olib keldi.
  • www.arxiv.uz

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin