Reja lotin amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik kurashi uning boshlanishi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə7/7
tarix30.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#150980
1   2   3   4   5   6   7
Lotin America va Afrika davlatlari 8- sinf

1922-yilda Angliya Misrga cheklangan «mustaqillik» berishga rozi bo'ldi. Angliya Misrda o'z qurolli kuchlarini go'yoki chet el agressiyasidan himoyalanish uchun saqlab qoldi. Parlamentga saylovlar o'tkazilib, unda «Vafd Misri» g'olib chiqdi. Ular Yevropa andozasidagi bozor munosabatlarini o'rnatish yo'lidan borib, mamlakatda islohotlarni amalga oshirishga kirishdilar. «Bank Misri» nomi bilan banklar guruhi tashkil qilindi, milliy savdo, sanoat va transport kompaniyalari tuzildi. 1927-yilga kelib Misrda 238 ta xorijiy hissadorhk jamiyatlari faoliyat ko'rsatardi.
  • Jahon iqtisodiy inqirozi yillari (1929—1932)da bozor munosabatlari Misrda yanada rivojlandi, chet davlatlar bu yerga o'z mamlakatlarida to'xtab yotgan qator to'qimachilik va shakar ishlab chiqarish korxonalarini ko'chirib keltirdilar. Sanoat korxonalari bilan birga Misrda ishchilar sinfi ham o'sib, yirik, mayda va o'rta tadbirkorlar sinflari faollashib bordi. Bu sinflarning vakillari milliy-vatanparvarlik harakati saflarini to'ldirdilar.
  • 1930—1935-yillarda ommaviy ish tashlash, namoyish va norozilik mitinglari yana barrikada janglariga o'sib o'tdi. 1935-yil 21-noyabrda Misrning barcha shaharlarida umumiy ish tashlashlar bo'lib o'tdi. Qohirada kuni bo'yi qo'zg'olonchilar va politsiya o'rtasida otishma bo'ldi. Bu voqealar bo'ron darakchilari edi va ular Misr xalqining kuchi va uyushqoqligi ancha o'sganini ko'rsatdi.
  • Inglizlar yangi yon berishlarga borishga majbur bo'ldilar va yangi shartnomaga ko'ra 1936-yilda Angliya qo'shinlari faqat Suvaysh kanali hududi, Qohira va Aleksandriyadagina qoldirildi. Boshqa hududlarda yangi tashkil bo'layotgan Misr milliy qo'shini harbiy qismlari joylashtirildi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Misr betaraflik e'lon qildi.
  • Adabiyotlar ro`yxati:
  • 1. Karimov I. A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. T.5. -T.: "O`zbekiston", 1997.
  • 2. Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.10. - T.: "O`zbekiston", 2002.
  • 3. O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.1-7. - T.: O`zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2001-2004.
  • 4. Ahmedov B. Lotin Amerikasi. T.O’z dav nashr. 1963.
  • 5. Jahon mamlakatlari. Spravochnik. T.O’zbekiston. 1990 y. 82 ta avtor.
  • 6. www.ziyonet.uz
  • www.arxiv.uz

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin