Qullik bekor etilganini e'lon qildi va shu tariqa qora tanli qullarning bir qismini o`z qo`shiniga jalb etdi. Hindu dehqonlarga esa urush tamom bo`lishi bilanoq ular o`z yerlariga ega boiishiga va'da qildi. Bolivar Yevropaning ilg`or jamoatchiligiga murojaat etib yordam so`raganida, uning da'vatiga ko`plab ko`ngillilar javob berib, asoratga soluvchi mustamlakachilarga qarshi kurashayotgan Lotin Amerikasi xalqlariga yordam berishga qaror qildilar.
Qullik bekor etilganini e'lon qildi va shu tariqa qora tanli qullarning bir qismini o`z qo`shiniga jalb etdi. Hindu dehqonlarga esa urush tamom bo`lishi bilanoq ular o`z yerlariga ega boiishiga va'da qildi. Bolivar Yevropaning ilg`or jamoatchiligiga murojaat etib yordam so`raganida, uning da'vatiga ko`plab ko`ngillilar javob berib, asoratga soluvchi mustamlakachilarga qarshi kurashayotgan Lotin Amerikasi xalqlariga yordam berishga qaror qildilar.
Irlandiyaliklar, inglizlar, nemislar, italyanlar, polyaklar, ruslar Venesuelaga keldilar. 1819- yil boshlarida Venesuela mustaqil deb e'lon qilindi. O`sha yilning o`zida Bolivar Venesueladan And tog`ining qorli cho`qqilari orqali o`tib, Yangi Granadaning ispanlardan ozod bo`lishiga yordam berishga qaror qildi. Mashaqqatli And tog`i yo`llaridan mardonavor o`tildi. Bolivar qo`mondonligidagi qo`shin ispan qo`shinlari ustidan g`alaba qozondi. Yangi Granada Venesuela bilan birlashdi va Bolivar birlashgan respublika - Buyuk Kolumbiya Prezidenti lavozimini egalladi. Bolivar hindularga solinadigan o`lponni bekor qildi. Yirik pomeshchiklarning yerlarini musodara qilish to`g`risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Ammo bu tadbir pomeshchiklarning qarshiligiga duch kelib, amalga oshmay qoldi. Bolivar Ispaniyadan ozod qilingan barcha Amerika respublikalari konfederatsiyasini tuzishni orzu qilar edi. Inqilobning eng qiyin, hal qiluvchi davrida Bolivar xalq bilan birga bo`ldi va unga fidokorona xizmat qildi. Shuning uchun ham u yirik pomeshchiklarga yoqmadi. Ular Bolivarni jismonan yo`q qilishga qaror qildilar. Oxir-oqibatda u 1830- yilda iste'foga chiqishga majbur bo`ldi. U afsus bilan bunday deb yozgan edi: «Inqilobga xizmat qilish - bu dengizni shudgor qilish bilan barobardir». Lotin Amerikasi xalqlari shu paytga qadar atoqli qahramon - Amerikadagi mustamlakalarning xaloskori Bolivarni hurmat bilan eslaydilar.
Mustaqillik yoiidagi urushlarning tugashi.Argentinada mustaqillik uchun qurolli kurash 1810- yilda boshlandi. Kurash boshlangan 25- may kuni Argentina xalqining milliy bayram kuni bo`lib qoldi. Argentinani Xose San-Martin qo`mondonligidagi inqilobiy qo`shin ozod qildi. So`ngra uning qo`shini Chili bilan Peruning ozod bo`lishiga yordam berdi.
Mustaqillik yoiidagi urushlarning tugashi. Argentinada mustaqillik uchun qurolli kurash 1810- yilda boshlandi. Kurash boshlangan 25- may kuni Argentina xalqining milliy bayram kuni bo`lib qoldi. Argentinani Xose San-Martin qo`mondonligidagi inqilobiy qo`shin ozod qildi. So`ngra uning qo`shini Chili bilan Peruning ozod bo`lishiga yordam berdi.