a) masalning tuzilishi va kompozistiyasini aniqlash (o‘qish, reja tuzish va hok.);
b) qatnashuvchilarning xatti-harakati, fe’l-atvori, xarakteriga xos xususiyatlarini tushuntirish (tanlab o‘qish, so‘z bilan va grafik tasvirlash, savollarga javob berish);
O‘zbek xalqi og‘zaki ijodi juda uzoq tarixga ega. Og‘zaki ijodning qadimdan shakllangan janri dostondir. U eng murakkab, yirik va keng tarqalgan shakllardan hisoblanadi. «Doston» so‘zi «qissa», «hikoya», «ta’rif», «maqtov», «shon-shuhrat», «sarguzasht» ma’nolarida ishlatiladi. U adabiy atama sifatida yirik hajmli, liro-epik asarlarni anglatadi. Dastlab xalq og‘zaki ijodida shakllangan bu janr keyinchalik yozma adabiyotda ham salmoqli o‘rin tutgan.
Xalq dostonlari maxsus ijrochilar tomonidan kuylangan. Ular hozir ham baxshi, oqin, shoir nomlari bilan ataladi. Xalq dostonlarining matni nazmiy va nasriy parchalardan iborat bo‘lib, mavzusiga ko‘ra xilma-xildir. Xalq dostonlari quyidagi turlarga bo‘linadi: