Reja: Masofali o’qitish



Yüklə 47,39 Kb.
səhifə3/7
tarix02.01.2022
ölçüsü47,39 Kb.
#40874
1   2   3   4   5   6   7
Masofaviy ta'lim ma'ruza

Reja:


  1. Masofaviy ta’lim tarixi.

2. Masofaviy ta’lim mutaxassislari.

3. Masofaviy ta’lim elementlarining turlari.


Калит so’zlar: Ochiq universitet, sirtqt ta’lim, akademik daraja, o’qish xarajati, Axborot ta’lim muhiti, tashkiliy uslubiy ta’minot, moderator, Tyutor, edvayzer, fasilator, inviligator, Elektron axborot ta’lim resurslari –EATR, aralash o’qitish.

Ключевые слова: Открытий университет, заочная учеба, академическая степень, расходы (издержки) учебы, Информационная учебная среда, организационное-методи-ческое обеспечение, тьютор, фасилатор, инвилигатор, Электронные информационые учебнoые ресурсы-ЭИУР, комбинированное обучение

Keywords: opening university, correspondence study, academic degree, charges (costs) of study, Information educational environment(Wednesday), organizational-methodical main-tenance, Tyutor, edvayzer, fasilator, inviligator,, Electronic information educational resources - EIER, combined training
Masofaviy ta’lim texnologiyasi 1969 yilda Angliya premer-ministri G.Vilson tashabbusiga ko’ra shakllantirilgan deb hisoblanadi. Ammo masofadan o’qitish ancha oldinroq, ya’ni, birinchi barqaror, muntazam pochta aloqasining shakllanish davrida yuzaga kelgan. 1858 yildan boshlab London universitetida barcha hohlovchilarga ularning mustaqil bilim olishlari, barcha ixtisosliklar va barcha sohalardagi akademik daraja uchun imtihon topshirishlariga ruxsat etilgan. 1938 yildan buyon Sirtqi ta’lim bo’yicha Xalqaro kengash, 1982 yildan boshlab, Masofaviy ta’lim bo’yicha Xalqaro Kengash nomi bilan mashhur xalqaro ta’lim tashkilotlari sifatida faoliyat ko’rsatmoqda.

Ochiq universitetlardagi o’qish xarajatlari an’anaviy institutlarda o’qitishga qaraganda 8-10 marta arzon. M: Angliyada turg’un o’qishga 3000, masofaviy o’qitish orqali bilim olishga esa atiga 300 funt sterling to’lanadi. Binolarga xizmat ko’rsatish, jihozlar va laboratoriya uchun xarajatlar, o’qituvchi, ma’muriyatlar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar shtati qisqaradi. Ta’lim oluvchilarga filiallar tarmog’i, telestudiya va kompyuter tarmog’i orqali maslahatlar beriladi. Angliyada o’quvchilarni tayyorlash dasturi 130 ta kursni o’z ichiga qamrab oladi, ularning ko’plari fanlararo bog’lanish xususiyatiga ega.

Masofaviy ta’lim AQSHda o’tgan asrning 60-yillarning o’rtalaridan, Evropada esa 70-yil-larning boshlarida jadal rivojlana boshlandi. O’qitishning bu shakli ta’lim oluvchilar va o’qituv-chilarning bir-birlari hamda o’qitish vositalari bilan o’zaro ta’sirining maqsadga yo’naltirilgan interfaol jaraѐnidan iborat bo’lib, bunda ta’lim jaraѐni ularning geografik fazoviy joylashishiga bog’liq bo’lmaydi. Ta’lim jaraѐni kichik tizimlardan iborat, ya’ni o’qitish maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllari, nazorat, o’quv-moddiy, moliyaviy-iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy va marketing kabi elementlarni qamrab olgan o’ziga xos pedagogik tizimda kechadi.

Axborot-ta’lim muhiti ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot resurslari, o’zaro muloqot baѐnlari, foydalanuvchilarning ta’lim olishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan apparat-dasturiy, tashkiliy-uslubiy ta’minot va boshqalar masofadan ta’limning tizimiy-tashkiliy majmui sanaladi.

Masofaviy ta’lim o’qitishning an’anaviy usullaridan foydalanish, turg’un sharoitda o’qish imkoniyatiga ega bo’lmagan, imkoniyatlari tibbiy shart-sharoitlar tufayli chegaralangan shaxslar, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining tinglovchi-lari, xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalarida o’qitish istagida bo’lgan abiturientlar, ik-kinchi mutaxassislikni egallashni hohlovchi kadrlarga juda qulay sharoitni yaratib beradi.

Mazkur ta’limni tashkil etishda o’qituvchilarning faoliyati faqat o’quv axborotlarini uzatish bilan cheklanmaydi. Shu sababli bu turdagi ta’limni tashkil etishga bir necha mutaxassis jalb qilinadi. Ular o’z vazifalariga ko’ra turlicha nomlanadi. Xususan:




  1. Yüklə 47,39 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin