2-mavzu bo’yicha nazorat savollari:
Ochiq universitetlarga misollar keltiring.
Sirtqt ta’lim nima?
Akademik daraja nima?
O’qish xarajatiga nimalar kiradi?
Axborot ta’lim muhitini tushuntirib bering.
Tashkiliy uslubiy ta’minotni tushuntirib bering.
Moderator kim?
Tyutor ning vazifasi nima?
Edvayzer nima ish bajaradi‘
Fasilatorning vazifasini tushuntiring.
Inviligatorning vazifasi nimalardan iborat.
EATR nima?
Aralash o’qitish nima?
Mavzu 3:Masofaviy ta’lim ning yutuq va kamchiliklari..
Reja:
1.Masofali ta’limning yutuqlari.
2.Masofaviy ta’limning kamchiliklari.
3.Masofali ta’lim kurslarini yaratish.
Kalit so’zlar Texnologik jixat, qulaylik, ochiqlik, moslashuvchanlik, erkinlik, individuallik, Internet-o’qish, yuzma-yuz muloqot, individual-psixologik shartlar.
Ключевые слова: Технологическая сторона,( технологическое отношение), удобство, открытость, согласованность, свобода, индивидуальность, Интернет-учёба, встреча лицом к лицу, индивидуально-психологическое условие.
Keywords: the technological party, (technological attitude(relation)), convenience, openness, coordination, freedom, individuality, Internet - study, meeting by the person to the person, individual - psychological condition
Masofaviy ta’lim ning yutuqli tomonlarini ko’rib chiqamiz.
*Технологиk jixati – Hozirgi zamon dasturiy va texnik vositalaridan foydalanish elektron ta’limning samaradorligini yanada oshiradi. Yangi texnologiyalar vizual informatsiyani yorqin va dinamik qilish imkonini yaratadi, ta’lim jarayonini talaba va o’qitish tizimi orasida faol o’zaro harakatni tashkil qilishga imkon yaratadi.
* Internet tarmoqlarining rivojlanishi, multimedia texnologiyalaridan foydalanish, Internet tarmog’iga tez murojayy qila olish, ovoz va videolardan foydalanish masofaviy ta’limni to’laqonli va qiziqarli qilishga olib keladi.
AQSHlaridagi o’qituvchilarning 57% ining fikricha Masofaviy ta’lim natijalari an’anaviy o’qitish natijalaridan qolishmaydi, ba’zi jixatlari bo’ticha esa undan ustun turadi.
33,3% so’rovda qatnashgan o’qituvchilarning fikriga ko’ra Masofaviy ta’lim natijalari auditoriya ta’limi natijalaridan o’tib ketadi.
* Masofaviy ta’limning qulayligi va ochiqligi–o’qish joyidan uzoqda ham o’z uyi yoki ofi-sini tark etmasdan ta’lim olish imkoniyati. Bu esa hozirgi zamon mutaxassisiga hayoti davomida xizmat safarlarisiz, ishdan ta’til olmasdan, asosiy ishi bilan birgalikda o’qiy olish imkonini beradi Bunda u o’qishni asosan kechqurun yoki dam olish kunlarida bajaradi.
* Yer yuzining istalgan joyida turib o’qishni davom etdirishi mumkin. Buning uchun faqat kompyuter va Internetning bo’lishi kifoya qiladi.
* Odatda Masofaviy ta’lim oddiy ta’limga nisbatan arzon, birinchi navbatda, yo’l xarajatlari, boshqa shaharda yashash xarajatlari hamda kurslarning o’zlarining xarajatlari kamayishi hisobiga (mashg’ulot uchun xona kerak bolmaydi, xizmat qiluvchi xodimlar soni kamayadi, o’qituvchilar-ga sarflanadigan mablag’ tejaladi.
* Moslanuvchanlik va erkinlik, sifatli ta’limga yaqinlashish- o’quv kurslarini tanlashning yangi imkoniyatlari patdo bo’ladi. Turli mamlakatlardagi bir qancha universitetlarning bir necha kurslarini tanlab olish mumkin.
Bir vaqtning o’zida bir nechta kurslarda o’qish mumkin. Bunda kurslarni turli jixatlarini taqqoslash mumkin bo’ladi. Eng obro’li o’quv yurtlarida, malakali o’qituvchilarda, eng samarali texnologiyalar bilan o’qish imkoniyati paydo bo’ladi.
Ixtiyoriy vaqtda o’qish talabalarga o’zlari uchun odatiy joyda qolish, yashash tarzini o’zgartirmaslik va o’zi hohlagancha individual grafik asosida o’qishga imkon yaratadi,
Insom masofada turib turli sabablarga ko’ra kimligini to’la oshkor qilmasdan ( yoshini, ijtimoiy ahvolini, mansabinimi, va hokazolarni ) o’qishi mumkin.
Invalid va itabiiy mkoniyatlari cheklangan shaxslarning ta’lim olishlari imkoniyatlari,.
Masofaviy ta’limdan foydalanilganda o’quv yurti ko’plab boshqa mamlakatlardan xorijiy talabalarga ega bo’ladi. Buning natijasida universitetlar o’z kontingetlarini boshqa shahar va mamlakatlar xisobiga ko’paytirish imkoniga ega bo’ladilar.
Masofaviy ta’lim tizimining individualligi. Masgfaviy ta’lmda o’qitish boshqa ta’limlar-ga nisbatan individualroq, talabaga yaqinroq, talabaning o’zi o’qish – o’rganish tempini tanlay-di, bir xil mavzularga bir necha bor qaytishi mumkin, ba’zi bir bo’limlarni esa tashlab ketishi mumkin va h.k. Tinglovchi o’quv materiallarini faqat sessiya davridagina emas, balki, butun o’qish davomida o’rganib boradi, bu esa chuqur bilim olishligini kafolatlaydi. Bunday ta’lim tizimi talabani mustaqil tayyorlanishga va mustaqil ta’lim olishning ko’nikmalarini rivojlani-shiga olib keladi.
Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, masofaviy ta’lim oluvchi boshqalarga nisbatan musta-qilroq, mobilroq va ma’suliyatliroq bo’lar ekan. Agar bu xislatlar oldin mavjud bo’lma-gan bo’lsa. Albatta bu xislatlar masofaviy o’qish jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Bunday xislatlarsiz talaba bilim olishga qiynaladi. Bu holat esa bunday mutaxassislarga mehnat bozo-rida talabninig kuchayishiga olib keladi.
O’quv jarayonini xujjatlashtirib borish-ta’lim oluvchida o’qish kurslari va tyutor bilan aloqa yozuvlari unda saqlanib qoladi va u bu xujjatlarga keyinchalik ham talabga ko’ra muro-jaat qilishi mumkin.
Masofaviy ta’lim ko’plab insonlarning o’qishiga imkon yaratadi. O’qishga bo’lgan xavas -ishtiyoq ortadi, o’qitishning maxsuldorligi ortadi, kerakli vaqtda o’qish imkoniyati yaratiladi, bu esa turli yoshdagi guruhlarni o’qishi uchun keng imkoniyatlar ochib beradi,
Masofaviy ta’lim o’qishning ijodkorligini va individualligini orttiradi, talabaning o’zi-ning qirralarini ko’rsatishga imkon yaratadi.
Masofaviy ta’lim talabaning imtixon va zachetlarda asabiylashishini kamaytiradi.
Masofaviy ta’lim individuallashgani sababli har bir talaba va o’qituvchining ish uslubiga moslashish imkoniyatini yaratadi, va ularning bir-biriga moslashib olishlari uchun turli xil vosi-talarni yaratadi,
Hozirgi zamon Internet texnologiyalaridan foydalanish turli xildagi kasbiy virtual guruh-larni yaratish (masalan, o’qituvchilar) imkonini beradi. O’qituvchilarning o’zaro muloqotini tashkil qilish, muammolarni muxokama qilish, umumiy masalalarni birgalikda yechish, tajriba va ma’lumot almashish va hokazolarga imkon beradi.
Masofaviy ta’limning rivojlanishi o’qitishning yangi vosita va usullaridan foydalanishni talab qiladi. O’qitishning yangi modellari paydo bo’ladi.
O’qitishda izlash mashinalaridan foydalanish butunlay yangi imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi zamon izlash mashinalari o’zida milliardlab ma’lumotlarni jamlagan bo’ladi. Bu juda ham katta axborot bazasidir. Bizning vazifamiz esa bu bazadan o’qish davomida samarali foydalanishdir.
Yuqorida keltirilgan yutuqlardan tashqari masofaviy o’qitish o’zining ba'zi bir kamchilik-lariga ham egadir:
O’qituvchi va ta’lim oluvchi orasida yuzma-yuz muloqot mavjud emas, bu esa o’qitish jarayoniga minus bo’lishi mumkin.
Shaxsiy kompyuterning albatta mavjud bo’lishi va uning internetga ulangan bo’lishlik sharti.
O’qitish jarayoniga qo’yiladigan talablarning yuqoriligi, jarayonning ma’murlashtirilishi, tinglovchilarning motivatsiyasining murakkabligi.
Internet-o’qishning asosiy muammolaridan biri-bu foydalanuvchining bilimini tekshirish-dagi autentifikatsiyadir. Ko’pchilik masofaviy ta’lim dasturlarida imtixonlar yuzma-yuz olib bo-riladi. Bu muammoning qisman yechimi-bu o’quvchi tomoniga videokameralarni qo’yish va shunga mos dasturiy ta’minotni o’rnatishdir.
Bir qator individual-psixologik shartlarning mavjud bo’lishi: Masofaviy ta’lim uchun juda qattiq o’z-o’zini boshqara oladigan tartib-intizom bo’lishi kerak. Uning natijasi esa o’quv-chining mustaqil ishlay olishi va ongliligiga bog’liq bo’ladi.
O’quvchida amaliy mashg’ulotlar kamga o’xshagan fikr paydo bo’lishi mumkin.
O’quvchini doimo nazorat qilib turish imkoni mavjud emas, bu esa ba’zi bir o’quvchilar-ni xotirjamlikka olib kelishi mumkin.
Boshlang’ich bosqichda masofaviy ta’lim tizimini yaratish uchun, masofaviy ta’lim kurslarini yaratish uchun, texnik ta’minotni sotib olish uchun juda katta mablag’lar kerak bo’ladi.
Masofaviy ta’lim kurslarini yaratish sermexnatlilikni talab qiladi. 1 soatlik xaqiqiy interak-tiv multimedialio’zaro aloqali kurs qismini yaratish uchun professional kasb egasidan 1000 soatni talab qiladi. Ushbu muammoni yechish sifatida hozirda mavjud bo’lgan audio va video fayllardan hoydalanish va masofaviy kurslarni asta-sekinlik bilan mukanmallashtirib borishdir.
3-mavzu bo’yicha nazorat savollari.
Masofaviy ta’imning qanday texnologik jixatlari mavjud?
Masofaviy ta’imning qanday qulaylik jixatlari mavjud?
Ochiqlik deganda nimani tushunasiz.
Moslashuvchanlikni tushuntirib bering
Erkinlik nima?
Masofaviy ta’limning individualligi qayerlarda namoyon bo’ladi?
Internet-o’qish ni tushuntirib beringG‘
Yuzma-yuz muloqot nima?
Individual-psixologik shartlar ni tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |