Reja: Masofali o’qitish


VI. Blendedlearning (aralash o’qitish)



Yüklə 47,39 Kb.
səhifə6/7
tarix02.01.2022
ölçüsü47,39 Kb.
#40874
1   2   3   4   5   6   7
Masofaviy ta'lim ma'ruza

VI. Blendedlearning (aralash o’qitish) zamonaviy ta’limning nisbatan yangi, biroq, tobora ommalashib boraѐtgan shakli sanaladi.

Blendedlearning (aralash o’qitish) – onlayn o’quv materiallari hamda o’qituvchi rahbarligida guruhda ta’lim olishga asoslangan o’qitish shakli

Ushbu shakldagi o’qitish jaraѐnida talaba mustaqil ta’lim oladi, ammo ayni vaqtda unga guruh va o’qituvchi tomonidan yordam ko’rsatiladi. Guruhli mashg’ulotlar davomida “blended-learning” (aralash o’qitish)ning qo’llanilishi tufayli har bir talaba o’quv materiallarini o’zlashti-rish borasida o’zida ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarni namoyon etgan holda muloqot ko’nik-malarini o’zlashtirib boradi, o’tilgan materiallarni takrorlaydi va yangi mavzuni o’rganishga tayyorlanadi.

Blendedlearning (aralash o’qitish) ko’p holatlarda topshiriqlarga tayanadi va asosiy, muhim ma’lumotlar negizida tashkil etiladi, qo’shimcha materiallar esa talabaga onlayn platforma orqali uzatib beriladi.

Talaba mustaqil ta’lim olar ekan, guruhning boshqa a’zolari bilan onlayn rejimda tashkil etilaѐtgan muhokamada ishtirok etish orqali hamkorlik qiladi. Auditoriyada va onlayn rejimda tashkil etilaѐtgan mashg’ulotlar vaqt miqdori bo’yicha o’zaro mos kelishi turlicha o’zgarib tu-rishi mumkin. Ta’limning turli bosqichlarida masofaviy va mustaqil ta’lim samarali ravishda qorishtirib yuboriladi.

Aralash ta’limda o’qituvchi rahbarligida tashkil etiladigan mashg’ulotlar uchun soatlar haj-mi kamaytiriladi degan faraz noto’g’ridir.

Vlendedlearning (aralash o’qitish)ning muvaffaqiyati ta’lim vositalarining to’g’ri tanlanishi bilan belgilanadi. Bu ta’lim shaklining afzalligi shundaki, talabaning o’zi o’quv materialini o’zlashtirish tezligi va ta’lim jaraѐnining intensivligini o’zi belgilaydi.

Aralash o’qitish o’zida quyidagi Evropa ta’limi modellarini jamlaydi:


  1. 1. Masofaviy ta’lim (distance learning).

  2. 2. Auditoriya ta’limi (face-to face learning).

  3. 3. Internet ta’limi (online learning).

4. Uzluksiz ta’lim (lifelong learning)

Bu shakldagi ta’lim quyidagi shaxslar uchun nihoyatda ahamiyatlidir: ish vaqti qat’iy tartibga solinmagan sohalarning xodimlari; ishlab chiqarish ajralmagan holda ta’lim olishlari lozim bo’lgan korxona, tashkilot va firmalarning xodimlari; “jonli muloqotga asoslangan ta’lim” muhitida o’qishni xohlovchi shaxslar uchun.

Aralash ta’limning tarkibiy tuzilmasi ham o’zgaruvchan hisoblanadi. Ayni vaqtda xorijiy mamlakatlarda aralash ta’limning o’ndan ortiq shakllari mavjud.

O’qitish amaliyotida aralash ta’lim o’z “o’lcham” (ko’rsatkich)lariga ega. Ular quyidagilardir:



  1. - malakali kadrlar guruhining shakllantirilganligi;

  2. - mahorat darslariga asoslangan ta’lim;

  3. - yuqori darajadagi yutuqlari kafolatlovchi muhit;

  4. - talabalarning o’z shaxsiy ta’limiy yutuqlari uchun javobgarligi

OTMda blendedlearning (aralash o’qitish) quyidagilarga asoslanadi:

  1. 1. Onlayn ma’ruza mashg’ulotlari.

  2. 2. Onlan amaliy mashg’ulotlar.

  3. 3. Internet tarmog’ida muhokama qilinadigan loyiha va guruh ishlari.

  4. 4. Onlayn rejimda tashkil etiladigan laboratoriya mashg’ulotlari.

  5. 5. Onlayn rejimda mustaqil topshiriladigan test.

  6. 6. Onlayn rejimda tashkil etiladigan maslahat



Yüklə 47,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin