Reja: Masofali o’qitish



Yüklə 47,39 Kb.
səhifə1/7
tarix02.01.2022
ölçüsü47,39 Kb.
#40874
  1   2   3   4   5   6   7
Masofaviy ta'lim ma'ruza


Mavzu 1: Masofaviy ta’lim texnologiyalari” fani xaqida asosiy tushuncha..
Reja:

  1. Masofali o’qitish.

  2. Uzluksiz ta’lim..

  3. Masofaviy ta’lim bo’yicha O’zbekistonda va xorijda bajarilgan ishlar.

Kalit so’zlar: O’qitish tizimi, masofali o’qitish, uzluksiz ta’lim.

Ключевые слова: Система обучения, Дистанционное обучение, непрерывное образование( обучение).

Keywords: System of training, Remote training, continuous formation(education) (training).


Jaxonda masofali o’qitish tizimi rivojlanishining muxim omillaridan biri — yer yuzining qaysi xududida yashayotganligidan qat’iy nazar xar bir o’quvchiga ixtiyoriy ta’lim muassasasida o’qish imkoniyati mavjudligidir. Bu «talabalarni bir davlatdan boshqa davlatga jismonan siljishi» kontseptsiyasidan «ta’lim ashyolarini almashinishi orqali bilimlarni taksimlash maksadida ko’plab goya, bilim va ta’lim» kontseptsiyasiga o’tishni ko’zda tutadi.

Masofali o’qitish - o’qituvchi bilan o’quvchining ma’lum bir masofada joylashgan xolda ta’lim berish va ta’lim olish tizimidir. Bunda dars jarayonini kompyuterlar, sun’iy yo’ldosh alo-qasi, kabel televideniesi kabi vositalar asosida tashkil etish talab qilinadi. Zamonaviy kompyuter uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikatsiya coxasida o’ziga xos tarixiy o’zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizning ta’lim tizimiga ham masofali o’qitish asta-sekin kirib kelayotgan bir paytda, uning mazmuni, tamoyillari, tashkil etish usullari, modellari, uning asosiy komponen-talaridan biri bo’lgan elektron darslik yaratish kabi dolzarb vazifalarni yechish zaruratga aylandi.

XX acr boshidan beri fan va texnikaning deyarli barcha sohalarida juda ko’p kashfiyot va ixtirolar qilindi. Ilm-fan jamiyatimizning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. Tabiat va jamiyat qonunlarini o’rganuvchi xar bir fan soxasida ulkan kashfiyotlar va ixtirolar qilish odat tusiga kirmoqda. Shunday qilib, XX asr o’rtalariga kelib. kishidai ko’p mexnat va iroda talab etadigan xisob ishlarini avtomatlashtirish, xisoblash mashinasidek murakkab xamda qimmatbaho asbob yaratish zarurati tug’ildi. Bunday «chaqqon xisobchi» mashinalarni yaratishdan maqsad-inson aqlu zakovatini ijodiy faoliyatidan chalg’itmaslik edi.

Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini islox qilish va takomillashtirish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish va ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. «Ta’lim to’grisida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimining asosi yaratildi.

Ma’lumki, uzluksiz ta’lim tizimi jamiyatning ma’naviy va intellektual saloxiyatini kengaytiradi, davlatning ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi; xar bir inson uchun axborot texnologiyalarining tez almashinuvi (o’zgarishi) jarayonida o’z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytiradi.



Uzluksiz ta’lim - chuqur, xar taraflama asosli ta’lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli-tuman shakl, usul. vosita, uslub va yo’nalishlarining mukammal uygunligidan iboratdir. Uning turli komponentlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik. muayyan usul va uslublarning ta’lim sharoitiga oqilona tatbiq etilishi uzluksiz ta’lim sifatini ta’minlaydi.

Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish xolati. birinchi navbatda, jamiyatning intellektual saloҳiyatiga, jumladan, ta’lim soxasining rivojlanishiga bogliq. Ta’lim mazmu va sifati masalalari jamiyatda ustuvor yo’nalish sifatida ko’rilmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni axborotlashtirishga aloxida e’tibor qaratilmoqda. Shu borada, ta’limni rivojantirish, uning samaradorligini oshirish yo’llari izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish masalasi ommalashmoqda. Bugungi kunda Masofali o’qitish ochiq ta’lim tizimining muxim bo’gini sifatida e’tirof etilmoqda.

Ҳozirda barcha ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jixozlanmoqda. Bu esa, pedagoglarning o’z mexnat faoliyatiga yangicha yon-dashuvni talab etadi. O’quv jarayonida yangi texnologiyalarning joriy etilishi, o’qituvchini tex-nikaviy vositalar tomonidan siqib chiqarishga emas, balki o’qituvchilik faoliyatining murakkab-lashuviga olib keladi, o’qituvchining vazifalari va rolini o’zgartiradi,.

Ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik muammo-o’quvchi va talabalar-ning mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ularning fanga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish va faolligiii oshirishdan iboratdir. Zamonaviy axborot texno-lo-giyalarini qo’llash o’quvchilarni dars jarayoniga kiziktirish, ularning faolligini oshirish uchun xizmat qiladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, mamlakatimizni axborotlashtirish muam-mosiga ҳukumat tomonidan aloxida e’tibor qaratilmoqda.xususan, Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi «Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’ini tashkil etish va jaxon axborot tar-moqlaridan foydalanishni tartibga solish' to’g’risida»gi; 1999 yil 22 apreldagi «1999-2003 yil-larda O’zbekiston Respublikasi ma’lumotlar uzatish Milliy tarmog’ini modernizatsiya qilish va rivojlantirish Dasturi to’grisida»gi; 2002 yil 6 iyundagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojla-ntirish va axborot -kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risidagi; 2005 yil 29 dekabrdagi «ZIONET axborot texnologiyasini yanada rivojlantirish to’g’risida»gi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005yil 29 sentyabrdagi «O’zbekiston Respublika-sining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’grisida»gi Qarorlari qabul qilindi.

Shu munosabat bilan respublikamiz ta’lim muassasalarining texnikaviy bazasi, jumladan, kompyuter texnikasining yangi avlodi bilan jixozlanishi, shuningdek, ularning Internet tarmo-g’iga ulanishi,elektron aloqalar bilan ta’minlanishiga e’tibor yanada kuchaydi. Bularning ham-masi ta’lim mazmuiining samaradorligini oshirish maqsadida respublika ta’li.m muassasalarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish,o’quv rejalariga kiritilgan fanlarni yan-gi interfaol usul va vositalardan foydalangan xolda o’tkazishga, jumladan, masofadan turib o’qi-tish, kompyuterlashtirilgan anjumanlar o’tkazish, elektron darsliklarni yaratish va ularni o’quv-tarbiya jarayonida qo’llashga qaratilgan tadbirlardir.

Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalardan kelib chi-qib. davlat ta’lim standartlari xayotga tadbiq qilinilayotgan bir paytda, ta’lim muassasalaridagi o’quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish uchun darsliklarniig yangi avlodini yaratish masofali o’qitish texnologiyasini yanada tezroq rivojlanishiga zamin bo’lib xizmat qiladi.

Ta’lim tizimining bugungi vazifasi — talaba (o’quvchi, tinglovchi)larni kun sayin ko’payib borayotgan axborot-ta’lim muxiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatishga o’rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash sharoitiii yaratib berish zarur.

Ta’lim tizimiga masofali o’qitishni joriy etish muammolariga bagishlangan ko’plab ilmiy tadqiqotlar olib borilayotganligi xaqida turli axborot vositalarida bayon qilinmoqda. Darxaqiqat. masofali o’qitish nima va undan uzluksiz ta’lim tizimida qanday foydalanilish mumkin, degan masala bugungi kunda dolzarb xisoblanadi. Uning qanday shakl, modellari mavjud? Masofali o’qitish muhitida ta’lim qanday rejalashtiriladi? Masofali o’qitish jarayonida qatnashayotgan o’qi-tuvchilar qanday bilim va ko’nikmalaringa ega bo’lishlari kerak kabi savollarga javob berish vaqti keldi. Shu sababli ushbu mavzuda axborot, uning paydo bo’lish omillari, axborot texnologiyalari, ularning ta’lim jarayonidagi o’rni, axborot xavfsizligi va ximoya qilish usullari, masofali o’qitish-ning xozirgi kundagi zarurati, uning paydo bo’lishi xamda masofali o’qitishni xorijiy mamlakat-larda yo’lga qo’yilishini o’rganish va uni respublikada tashkil etish usullarini nazariy va amaliy jixatdan o’rganish. taxlil qilish, tizimga solish, amaliyotda qo’llash usuli. vosita va modellarini tartibga solish, masofali o’qitishning axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, amalda qo’llanilayotgan masofali o’qitish usullarini bayon qilish, shuningdek, masofali o’qitishni rivojlantirish yo’llarini ishlab chiqish kabi masalalarni o’rganishga xarakat qilinadi.

Rivojlangan xorijiy mamalakatlarning, jumladan, AQSH texnologiyalar milliy universiteti, Gollandiya va Isroilning ochiq universitetlari, Ispaniyaning masofadan o’qitish milliy universi-teti. Xitoyning Shanxay teleuniversiteti, Britaniya va Avstraliyaning ochiq universitetlarida ma-sofadan turib o’qitish bo’yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini aloxida ta’kidlash zarur. Mazkur oliy o’quv yurtlarida yaratilgan masofali o’qitish kurslarini, elektron darsliklarni, virtual kutubxonalarni va ulardan foydalanish tartib-qoidalarini taxlil qilish, o’quv materiallarini talaba-lar oson tushunib olishga mo’ljallanganligini. ko’p ma’lumotlar olish imkoniyatining yaratil-ganligini, kam vaqt sarflab ixtiyoriy vaqtda va ixtiyoriy joyda o’qish imkoniyati bo’layotgan-ligini, yakkama-yakka va gurux asosida o’qishni tashkil kilish imkoniyatlarini ko’rsatadi. Res-publikamiz va xorijiy mamlakatlarning olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida masofali o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqish, ularni o’quv-tarbiya jarayoniga kiritishning nazariy va uslubiy asoslari o’z aksini topgan. Xususan, ushbu masala bilan S.S.G’ulomov, A.A. Abduqodirov, A.A.Abduqodirov (O’zMU), M.Aripov, R.X.Ҳamdamov, N.Toyloqov, E.S.Polat, R. England, A.S. Lauzen, CNovas, W.Souder va boshqa bir qator olimlar shug’ullanganlar.

Elektron darsliklar va qo’llanmalarni, virtual stendlarni yaratish va ularni o’quv-tarbiya ja-rayonida qo’llash masalalari A.Abduqodirov, U.SH.Begimqulov, A.N.Tixonov, A.D.Ivannikov. Q.T.Olimov. A.V.Solovovlar tomonidai o’rganilgan.

Masofadan o’qitishni oliy ta’limga qo’llash borasidagi ilmiy tadqiqotlar A.Abduqodirov, T.F.Bardina, R.Boqiev, V.D.Orexova, R.Hamdamov, S.I.Raxmanqulova. U.Yuldashev, N.Ham-mond. AJones va boshqalar tomonidan olib borilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi qoshidagi Masofali o’qi-tish markazida 2004 yildan buyon respublika ta’lim muassasalarining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarini masofadan malaka oshirishi yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti portalida tashkil etilgan masofali o’qitish kurslarida o’rta maxsus, kasb-xunar ta’lim muassasalarining o’qituvchilari malakasini oshirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

Masofali o’qitishni tashkil etish texnologiyasi nazariy jixatdan o’rganish, taxlil qilish, ama-liyotda qo’llash, shuningdek, uning vosita va modellarini tizimga solish natijasida respublika-mizning oliy. o’rta maxsus. kasb-xunar va umumiy o’rta ta’lim muassasalarida masofali o’qitish texnologiyasidan foydalanishga zamin yaratiladi.


Yüklə 47,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin