mahalliy o’zini-o’zi boshqarish quyi organlarining mustaqil faoliyatini
ta’minlash; j) mahalliy hokimiyat organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish
organlarining sud tartibida himoyalanishga bo’lgan
konstitutsiyaviy huquqini
ta’minlash;
z) mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining davlat hokimiyat
organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar natijasida yuzaga kelgan
qo’shimcha xarajatlarning qoplanishi bilan bog’liq konstitutsiyaviy huquqini
ta’minlash;
i) mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari
berilgan alohida davlat
vakolatlarini amalga oshirishlari uchun zarur moddiy va moliyaviy
resurslarning berilishini ta’minlash;
k) huquqning kompleks sohasi sifatida mahalliy huquqni shakllantirish,
mahalliy qurilish va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish sohasida qonunchilik
faoliyatini takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish.
Mahalliy boshqaruv organlariga davlat
tomonidan kafolatlar berish
hamda davlat hokimiyati va mintaqa boshqaruv organlari tomonidan mahalliy
hokimiyat organlariga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi va mahalliy
boshqaruv sohasida amalda bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ijro
etilishini ta’minlash respublika, mintaqa va mahalliy hokimiyat organlari
o’rtasida vakolatlarni samarali taqsimlashning muhim shartidir.
O’zbekistonda respublika mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari
o’rtasida vakolatlarni taqsimlashning quyidagi asosiy tamoyillariga asoslanadi:
-
davlat, mintaqaviy va mahalliy siyosat maqsadlari, yo’nalishlari,
vazifalari hamda vakolatlarini taqsimlash
mexanizmlarining yagonaligi
prinsipi; Respublika, mintaqa va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda
mahalliy boshqaruv organlari o’rtasida o’zaro hamkorlik va aloqa o’rnatish
prinsipi;