1-bosqich qo’l mehnatiga asoslangan oziq
ovqat va asosan paxtani
toylash va birlamchi tozalash manifakturalari hamda mayda ishlab chiqarish
bilan xarakterlanadi. 2-bosqich mulk, sanoat korxonalarini natsionalizatsiya
qilish, mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan kichik sanoat tarmoqlarini
shakllantirish va sobiq ittifoq, markaz manfatiga xizmat qiladigan sanoat ishlab
chiqarishiga asos soldi. 3-bosqich sobiq ittifoqning yevropa qismidagi Nemislar
tomonidan bosib olingan hududlardan zavod-fabrikalarni O’zbekistonga
ko’chirib keltirilishi bilan izohlanadi. 4-bosqich mustaqillik yillarida mamlakat
sanoatining tarmoq va hududiy jihatdan takomillashuviga asos soldi.
Mamlakatimiz sanoatida 175 tarmoq, 1500 ga yaqin yirik va o’rta
sanoat
korxonalari mavjud, uning industrial qiyofasini energetika, kon-ruda, oltin
qazib oluvchi
va avtomobilsozlik sanoatlari, elekrotexnika va elektron sanoat,
mashinasozlik va qurilish materiallari sanoati belgilab bermoqda. Bugungi
kunda O’zbekistonda yuzdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Bunday ulkan ishlab chiqarish salohiyati mustaqillik yillarida tubdan o’zgardi
va ma’lum turdagi mahsulotlar bo’yicha har qanday xorijda ishlab chiqarilgan
mahsulotlar bilan bemalol raqobatlasha oladi. Mustaqillik yillarida mamlakat
yalpi ichki mahsulotida sanoat mahsulotlarining ulushi muttasil o’sib
bormoqda. O’zbekiston sanoatining
bazaviy tarmoqlari - neft-gaz, oltin qazib
chiqarish, rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoatining jadal
rivojlanishi makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Natijada O’zbekiston sanoatining tarmoq
tuzilmasida sezilarli sifat
o’zgarishlari ro’y berdi.