Qishloq xo’jaligi taraqqiyotida mintaqalar tabiiy-iqlim sharoiti va
relefning ahamiyati.
Tabiiy omillar har qanday hudud taraqqiyotining asosini, ya’ni
poydevorini tashkil etadi. Ularga joylarning relefi, geologik tuzilishi, iqlimi,
suvlari, tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Har bir omil ma’lum
darajada xalq ho’jaligining u yoki bu tarmog’iga katta ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonning markaziy, janubiy va sharqiy qismlari yer yuzasi sharqqa –
tog’ oldi va tog’larga tomon asta-sekin ko’tarilib boradi. G’arbiy qismi esa
cho’ldan iborat. Joy balandlashgan sayin tuproq-o’simliklar o’zgarib dashtga
o’tiladi. O’zbekistonning markaziy va sharqiy qismlarida xalq xo’jaligi uchun
juda muhim bo’lgan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo, Sirdaryo,
Chirchiq va Ohangaron daryolari vodiylari va nihoyat tog’lar o’rtasidagi
Farg’ona vodiysi bor. O’zbekistonning qolgan qismi tekislik–cho’ldan iborat.
Respublikaning chekka shimoliy–g’arbida Qoraqalpog’iston Respublikasi
yerida Orol dengiziga taqalib kelgan cho’l va suvsiz keng Ustyurt platosi
joylashgan.
Mamlakatimiz hududini tabiiy sharoiti va xo’jalikdagi ahamiyatiga ko’ra
cho’l, adir, tog’, yaylovlarga bo’lish mumkin. Dengiz sathidan 400 m
balandlikgacha bo’lgan joylar cho’l mintaqasi hisoblanadi. Bu yerlardan yaylov
chorvachiligida foydalaniladi, ammo cho’lning ozuqa boyligi juda kam. 1 ta
qo’y uchun 2–3 gektar o’tloq talab etiladi. SHu hisobdan O’zbekiston
cho’llarida 10 mln boshgacha qorako’l qo’y boqsa bo’ladi. Cho’l yaylovlarini
yaxshilash va kengaytirish hisobiga qorako’l qo’ylarini soni 11–12 mln boshga
yetkazish mumkin. O’zbekiston iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi
ancha sovuq. Mamlakat ichida esa chekka shimol va shimoli-g’arbda mo’’tadil,
qolgan tekislik hududlarda subtropik xususiyatga ega. Yillik o’rtacha harorat
shimoldagi +8,9 janubdagi +18 darajagacha farqlanadi.
Respublikaning
boy
agroiqlim
resurslari
qishloq
xo’jaligini
rivojlantirishda muhim omildir. Agroiqlim resurslari issiqsevar texnika ekinlari
(paxta, kanop, tamaki, zig’ir), don ekinlari (sholi, makkajo’xori) uzum,
syershira mevalar
(jumladan, subtropik mevalar) va poliz ekinlari ko’plab yetishtirish imkonini
beradi.
O’zbekiston ichki suvlariga daryo, ko’l, yer osti suvlari, muzlik, suv
omborlari, kanal va ariqlardagi suvlar kiradi. Mamlakat yer maydonining 71
foizini ishg’ol qilgan tekislik qismida va tog’larda vujudga kelgan suvlar va
shimilish natijasida sarflanib ketadi. Chunki tekislik qismida yog’in juda kam,
aksincha bulutsiz jazirama issiq kunlarning uzoq davom etishi tufayli mumkin
bo’lgan bug’lanishning ko’pligi oqibatida daryolar juda kam, yer osti suvlari
nisbatan chuqurda joylashgan, tekislik qismida tranzit daryolarni hisobga
olmaganda doimiy oqimga ega bo’lgan daryolari yo’q hisobi.
Sug’orma dehqonchilik maydonlari 4,3 mln gektarga yaqin, uning
yarmidan ko’prog’i tekislik hududlarga, qolgan qismi tog’ va tog’ oldi
hududlarga to’g’ri keladi. Lalmikor yoki tabiiy holda namlanib dehqonchilik
qilinadigan yerlarning umumiy maydoni 750 ming ga, ularning 3/5 qismi tabiiy
namgarchilik bilan to’liq ta’minlangan. Tabiiy yaylovlar 22 mln. ga yoki
respublika umumiy maydonining teng yarmiga yaqinini tashkil qiladi.
O’zbekiston yer fondining 1/10 qismi foydalanilmoqda. Mutaxassislar
hisobiga ko’ra, o’zlashtirish mumkin bo’lgan hali anchagina maydonlar bor.
Respublikaning mavjud suv resurslaridan to’liq va oqilona foydalanilsa, 5 mln
gektar yerni sug’orish mumkin. O’zbekiston hududida yer osti suvlari hajmi 6–
7 km
3
ga teng.
|