Reja: Mehnat xavfsizligi ishlarini tashkil etishdagi mutaxassis va rahbar shaxslaming


Ishchilarning bilimini tekshirish



Yüklə 150,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix24.12.2023
ölçüsü150,2 Kb.
#191828
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Ishchilarning bilimini tekshirish
. Dastlabki yo’riqnomadan va malaka 
oshirishdan keyin (mustaqil ishlashga ruxsat berishdan yoki boshqa ishga 
o’tkazishdan avval) ishchilarning xavfsiz ishlash usullari bo’yicha bilimlarini 
tekshirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ma’muriyat tomonidan maxsus 
komissiya tuziladi va unga rais qilib bo’lim boshliqlaridan bin belgilanadi. 
Agar tekshiruv paytida ishchi bilimining qoniqarsizligi aniqlansa, unga 
mustaqil ishlashga ruxsat berilmaydi va ikki haftadan oshmagan muddat ichida 
qayta tekshiruvdan o’tishi kerak. Qayta tekshiruvga kelmaslik yoki sababsiz 
tayyorlanmasdan kelish mehnat intizomini buzish deb qaraladi. Ushbu 
kamchiliklarga yo’l qo’ygan ishchiga ichki mehnat intizomi qoidalarida 
belgilanganidek intizomiy choralar qo’llanadi. Agarada ishchi belgilangan vaqtda 
korxonaning ishi bilan xizmat safarida yoki boshqa bir shoshilinch ishlar bilan 
band bo’lgan bo’lsa, va asosli dalil va hujjatlar asosida qayta tekshiruv muddati 
orqaga surilishi mumkin. 
Mutaxassis va rahbar xodimlarnin

mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlarini 
oshirish uchun xo’jalik boshqaruv bo’limlarida davlat nazorat tashkilotlari, ilmiy 
tadqiqot institulari va tarmoq mutaxassislarini jalb qilgan holda kurslar, seminarlar, 
leksiyalar hamda maslahatlar tashkil qilinadi. Xodimlar rahbarlik lavozimiga 
tayinlanishda quyidagilar bilan tanishtirilishlari kerak: 
-mehnat muhofazasi va sharoiti ; 
-xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoyalash vositalari; 
-jarohatlanish va kasb kasalliklarining tahlili; 
-mehnat sharoitlarini yaxshilashning kerakli tadbirlari hamda 
mehnat muhofazasi bo’yicha qo’llanma va lavozim 
vazifalari ro’yxati. 
Mutaxassis va rahbar xodimlarning mehnat muhofazasidan bilimlarini 
tekshirish yuqori tashkilot, viloyat mehnat muhofazasi bo’limlarining doimiy 
imtihon komissiyalari tomonidan bajariladi. Komissiya tarkibi yuqori tashkilot 
rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyalarini boshqaruv 
tashkilotlarining rahbarlari boshqaradi. Imtihonlarni tashkil qilish va o’tkazish


xo’jalik ma’muriyatiga hamda imtihon komissiyalari raislari zimmasiga 
yuklatiladi. Imtihonlar tasdiqlangan reja bo’yicha o’tkaziladi. Bu reja imtihon 
komissiyasining barcha a’zolariga bir oy oldin tarqatiladi. Tekshiriluvchi esa 
imtihon kuni va o’tkazilish joyi haqida kamida 15 kun oldin ogohlantiriladi. 
Komissiya a’zolari uch kishidan kam bo’lsa imtihon o’tkazishga ruxsat berilmaydi. 
Imtihon komissiyasi tarkibiga kiritilgan rahbarlar va mutaxassislar boshqaruv 
tashkilotlari komissiyalariga imtihon topshirgan bo’lishlari kerak. 
Imtihonda qoniqarsiz baho olgan rahbar shaxs bir oy ichida imtihonni qayta 
topshirish sharti bilan o’z lavozimida qoldirilishi mumkin. Imtihonni qayta 
topshira olmagan rahbar haqidagi materiallar korxonaning attestatsiya 
komissiyasiga, uning lavozimiga mos emaslgini ko’rib chiqish uchun yuboriladi. 
Imtihon komissiyasining qarori yuzasidan nizolar Mehnat muhofazasi Davlat 
texnik inspektsiyasi yoki sud tomonidan ko’rib chiqiladi. Mehnat muhofazasi 
bo’yicha bilimlarni tekshirishni tashkil qilish va o’tkazish xo’jalik rahbarlari 
hamda yuqori tashkilot mehnatni muhofaza qilish bo’limlari zimmasiga yuklanadi. 
Nazorat huquqi Mehnat muhofazasi Davlat texnik inspektsiyasiga yuklanadi. 
Mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlari tekshirilishidan bo’yin tovlagan mutaxassis 


va rahbarlar lavozimlaridan chetlashtiriladi. 

Yüklə 150,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin