(Ozbekiston respublikasiMMQQ). 211- modda. Mehnatni muhofaza qilish talablari
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan
mehnat sharoitlari yaratilgan bo ’lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish
beruvchining majburiyatiga kiradi.
Mehnatni muhofaza qilish talablari ushbu Kodeks, mehnatni muhofaza qilish
to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar, shuningdek texnik standartlar
bilan belgilanadi.
(Ozbekiston respublikasi MK).
212- modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish me’yorlari, qoida va
yo’riqnomalariga rioya etish majburiyati
Xodim mehnatni muhofaza qilish me’yorlariga, qoida va yo ’riqnomalariga,
shuningdek ma ’muriyatning ishni bexatar olib borish haqidagi farmoyishlariga
rioya qilishi, olingan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi, insonlar hayoti va
sog’lig’iga bevosita xavf soladigan har qanday holat haqida, shuningdek ish
jarayonida yoki u bilan bog ’liq holda sodir bo ’lgan har qanday baxtsiz hodisa
haqida o ’zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, hudud boshlig ’i va
boshqalarni) darhol xabardor qilishi shart.
(Ozbekiston respublikasi MK). 215- modda. Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berish va
o’qitish
Xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong ’in
chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo
’l-yo ’riqlar berish hamda xodimlarning mehnatini muhofaza qilishning hamma
talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ish beruvchi
zimmasiga yuklatiladi.
Ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo ’yicha o ’qishlarini
ta ’minlashi va ularning bilimlarini tekshirib turishi shart.
Mehnatni muhofaza qilish bo ’yicha o ’quvdan, yo ’l-yo ’riqdan o ’tmagan va
bilimlari tekshirilmagan xodimlarni ishga qo’yish taqiqlanadi.