Reja: Mehnat xavfsizligi ishlarini tashkil etishdagi mutaxassis va rahbar shaxslaming


Bosh mutaxassis ( bosh agronom, bosh zootexnik, bosh muhandis, bosh



Yüklə 150,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix24.12.2023
ölçüsü150,2 Kb.
#191828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bosh mutaxassis ( bosh agronom, bosh zootexnik, bosh muhandis, bosh 
texnolog) -
hamma bo’linmalar boshliqlarining xavfsizlik yo’llari hamda ishlab 
chiqarish sanitariyasiga doir me’yorlar va qoidalarni bajarishlarini muntazam 
ravishda nazorat qilib borish, xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha yo’riqnomalar 
ishlab chiqish, o’quv-o’rganish ishlarini nazorat qilish, xodimlarni davriy tibbiy 
ko’rikdan o’tishlarini, ishlab chiqarishda xavfsiz faoliyat usullarini ommaviy 
tadbiq qilinishini, mehnat xavfsizligiga oid ko’rgazmali qurollar va 
ogohlantiruvchi yozuvlar tayyorlanishini nazorat qilish, kasaba uyushmasi 
tashkiloti bilan birgalikda ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligiga oid 
ishlarning holatini tekshirish, belgilangan muddatlarda ishlab chiqarishda ro’y 
bergan shikastlanish to’g’risidagi hisobotlarni tahlil qilish va yuqori turgan 
tashkilotlarga hisobotini berish, mehnat sharoitini sog’lomlashtirishga ajratilgan 
mablag’larning sarflanishini nazorat qiladi. 
Bosh mexanik, energetik -
barcha turdagi inshootlar va turli uskunalarni
bosim ostida ishlaydigan qurilmalarni, elektr qurilmalarni o’z vaqtida texnik 
tekshiruvdan o’tkazish va reja asosida xizmat ko’rsatish ishlarini to’g’ri tashkil 
etilishi hamda o’z vaqtida o’tkazilishiga, shuningdek, ta’mirlash ishlarining xavfsiz 
bajarilishi va uni nazorat qilishga mas’ul. 
Mehnat muhofazasi muhandisi -
mehnat muhofazasi, xavfsizlik yo’llari va 
ishlab chiqarish sanitariyasiga doir ishlarni tashkil qilishga hamda barcha me’yoriy 
hujjatlar ishlab chiqishga va amalga joriy qilinishini nazorat qilishga javobgar 
shaxsdir. 
14-modda. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari 
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assosiatsiyalar, boshqa xo ’jalik organlari 
kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qo ’mitasi bilan kelishib o ’zlari 
tasdiqlaydigan nizomga muvofik, mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib 
boradilar. 
Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus 
tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi 
(lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo ’lgan 
korxonalarda esa bundan tashqari yo ’l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi 
(lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq 
korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish 
rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi. 
Mehnatni muhofaza qilish va yo ’l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba 
uyushmasi qo ’mitasi 
bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o ’z maqomiga ko ’ra 
korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo 
’ysunadi. 
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar 
mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, 
tarmoq bo ’linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida 
bajarilishi shart bo ’lgan ko ’rsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza 
qilish to ’g ’risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida 
korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar. 


Mehnatni muhofaza qilish va yo ’l harakati xavfsizligi xizmatlarining 
mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo ’lmagan ishlarni bajarishga 
jalb etilishlari mumkin emas. 
Mehnatni muhofaza qilish va yo ’l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona 
faoliyati to ’xtatilgan taqdirdagina tugatiladi. 

Yüklə 150,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin