natijasida salomatlikning boshqa xil zararlanishlari.
■
kasb kasalliklari (sog’liqni saqlash vazirligi o’rnatgan va tasdiqlagan
ko’rsatmalar bilan tekshiriladi)
■
agar mehnat qobiliyatini 1 ish kunidan kam bo’lmagan holda yo’qotilsa (H-1
shakldagi dalolatnoma to’ldirilib qayd qilinadi va bu dalolatnoma 4
nusxada
to’ldiriladi va 45 yil arxivda saqlanadi);
■
ish bilan ta’minlovchi topshiriq bermagan bo’lsa ham, lekin korxona
manfaatlarini ko’zlab qandaydir ishni amalga oshirayotganda;
■
avtomobil, temir yo’l, havo yo’llari,
dengiz va daryo transportida, elektr
transportida yo’l harakati hodisasi natijasi;
■
korxona transportida yoki, shartnomaga muvofiq o’zga tashkilot transportida
ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotganda;
■
ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarlarda ishlatish huquqi
berilganlik haqida ish beruvchi farmoyishi bor bo’lganda;
■
shanbalik (yakshanbalik) o’tkazilayotganida, qayerda bo’lishidan qat’iy
nazar, korxonalarga otaliq yordami ko’rsatilayotganda;
■
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobilyati
tibbiy xulosaga muvofiq kamida bir kunga yo ’qotilsa.
15-modda. Xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy
sug’urta qilish.
Korxonalarning xodimlari O’zbekiston Respublikasi qonunlarida
belgilangan
tartibda va shartlar bilan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy
sug’urta qilinishlari shart.
(Ozbekiston respublikasi MMQQ).
Ish bilan ta’minlovchi jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya
qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz
hodisa to’g’risidagi H-1 shakldagi dalolatnomani berish tartibi mehnat kodeksining
222-moddasida quyidagicha o’z aksini topgan:
222-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni
hisobga olib borish va
tekshirish
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o ’z vaqtida tekshirishi
va hisobga olib borishi shart.
Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e’tiboran uzog ’i
bilan uch kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to’g’risida
dalolatnoma
berishi shart.
Dostları ilə paylaş: