Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o ’z kasblari va ish
turlari bo ’yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda o
’qishlari, yo ’l-yo ’riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o ’tkazishlari hamda
qayta attestatsiyadan o ’tishlari shart.
Ma ’muriyat barcha yangi ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga o
’tkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini o ’rgatishni tashkil
etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam
ko ’rsatish bo ’yicha yo ’l-yo ’riqlar berishlari shart.
O’ta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasbiy tanlov talab qilinadigan ishga
kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo ’yicha imtihonlar
topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestatsiyadan o ’tiladigan o ’quv
o ’tkaziladi.
Mehnatni muhofaza qilish bo ’yicha belgilangan tartibda o’qitish, yo’l-
yo’riqlar berish va bilimlarni tekshirishdan o ’tmagan shaxslarni ishga qo ’yish
taqiqlanadi.
Ma ’muriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo ’yicha
malakasi muntazam oshirib borilishini ta’minlashi shart.
Dostları ilə paylaş: