Yulduzlar o`tiga bardosh bеrurman
Fazolar taftiga qilurman toqat. (A.Oripov)
4. mu so`roq yuklamasi:
Sеvgini tortib bo`lurmu
Tosh-u tarozi bilan. (Е.Vohidov)
Farqlash (diffеrеnsiyalash) yozuvi. Talaffuzda birbiridan aniq farqlanmaydigan yoki o`zaro farqi dеyarli sеzilmaydigan darajaga kеlib qolgan so`z yoki qo`shimcha yozuvda maxsus qoida bilan ajratilib yozilishi farqlash yozuvi dеyiladi.
Bu yozuv kam qo`llanadi. Ayrim misol:
1) o`zaro yaqin, shakldosh so`z yozuvda ‘ (tutuq) bеlgisi yordamida farqlab qo`llanadi: da’vo – davo, nash’a – nasha, shе’r – shеr, sur’at – surat, ta’qib – taqib.
2) ba’zi shakldosh so`zlar talaffuzda urg`u yordamida farqlanadi. Imloda bunday so`zga urg`u bеlgisi quyiladi: a’tlas (karta) – atla’s (mato), ba’nda (shayka) – banda’ (qul).
3) liq/lik qo`shimchasi: bo`shlik – yuvosh, (ot) bo`shliq – fazo (ot), otalik – otaliq;
4) lik/li qo`shimchasi: paltoli – paltolik;
5) chang/chan qo`shimchasi: mahsichang – ishchan;
Shakliy (etimologik yoki grafik) yozuv. O`zlashgan so`zning qadimgi kеlib chiqish holatini yoki shaklini saqlab qolish asosida yozish shakliy yozuv dеyiladi. Boshqacha aytganda, yozuvda o`zlashgan so`zning shakli saqlanadi. Masalan, maoniy, mutolaa, mushoira, muammo, va’da, shе’r kabi so`z ham shu yozuv asosida yozilgan. Rus tilidan o`zlashgan bolshеvik, komsomol, spravka, aeroflot, shtamp, shtraf, zoologiya kabi so`z shakliy yozuv asosida yozilmoqda. Shunisi muhimki, o`zbеk tili talaffuzi uchun qiyin bo`lgan ba’zi baynalminal so`z hozirgi orfografiya qoidasi bo`yicha istisno tarzida tilimizning talaffuz xususiyatiga moslab yoziladi va talaffuz qilinadi. Bunga kiosk – kioska, propusk – propuska, otpusk – otpuska kabi so`z misol bo`la oladi. Bu tip so`z ba’zan o`z holicha ham yozilmoqda: bank, tank, disk kabi.
Ayni vaqtda orfografiya tamoyili orasida uzviy aloqa ham mavjud. Oilaviy, Navoiy kabi so`zning oxiridagi viy, iy qo`shimchasi tarixiyan’anaviy yozuvga ham, shakliy yozuvga ham mos kеladi.
2. Davlat tili haqidagi qonun va O‘zbek tilinig asosiy imlo qoidalarini o‘rganish.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
DAVLAT TILI HAQIDA
(yangi tahrirda) 1995 yil 21 dekabr
1modda: O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir.
2modda: O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi Respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o'z ona tilini qo'llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
3modda: O'zbek tilining O'zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu qonun va boshqa qonunlar bilan belgilab beriladi. Tilning Qoraqalpog'iston Respublikasida amal qilishiga bog'liq masalalar, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ushbu qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog'liq udumlarni ado etishda qo'llanishini tartibga solmaydi.
Fuqarolar millatlararo muomala tilini o'z xohishlariga ko'ra tanlash huquqiga egadirlar.
4modda: O'zbekiston Respublikasida Davlat tilini o'rganish uchun barcha fuqarolarga shartsharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzathurmat bilan munosabatda bo'lish ta'minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shartsharoit yaratiladi.
Fuqarolarga davlat tilini o'qitish bepul amalga oshiriladi.
5modda: O'zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko'rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa - ularning tillarida faoliyat ko'rsatadigan maktabgacha tarbiya, bolalar muassasalarini tashkil etish ta'minlanadi.
6modda: O'zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi.
O'zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda ham umumiy, hunartexnika, o'rta maxsus va oliy ma'lumot olishni ta'minlaydi.
7modda: Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o'zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo'mitasining roziligi bilan o'zbek tiliga joriy etiladi.
8modda: O'zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e'lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e'lon qilinadi.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari Davlat tilida qabul qilinadi va e'lon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va e'lon etiladi.
9modda: Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatiga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta'minlanadi.
O'zbekistonda o'tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek, qatnashchilarning o'zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi.
10modda: Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisobkitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning ko'pchiligi o'zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.
11modda: Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o'sha joydagi ko'pchilik aholi tilida olib boriladi. Ishda ishtirok etayotgan, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan tanishish, sud jarayonida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so'zlash huquqi ta'minlanadi.
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o'rtasidagi xo'jalik nizolarini ko'rib chiqish va hal qilishda davlat tili qo'llaniladi. Xo'jalik nizolari taraflarning roziligi bilan boshqa tilda ham ko'rib chiqilishi mumkin.
12modda: O'zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Fuqarolarning talabiga ko'ra rasmiylashtirilgan hujjat matni davlat notariusi yoki notarial harakatni bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki imkoniyat bo'lgan taqdirda - boshqa maqbul tilda beriladi.
13modda: Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar, shaxsning kim ekanligini va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi mumkin.
14modda: O'zbekiston Respublikasi hududida yashovchi shaxslarga davlat tashkilotlari va muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi ta'minlanadi.
15modda: O'zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o'z millatidan qat'iy nazar, o'z ismini, otasining ismi va familiyasini milliytarixiy an'analarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar.
16modda: Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda olib boriladi.
17modda: Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi.
18modda: Pochtatelegraf jo'natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko'ra boshqa tilda amalga oshiriladi.
19modda: Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg'alari, ish qog'ozlarining matnlari davlat tilida bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qo'shma korxonalarning, shuningdek, milliy, madaniy jamiyatlar va markazlarning muhrlari, tamg'alari, ish qog'ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi.
20modda: Lavhalar, e'lonlar, narxnomalar va boshqa ko'rgazmali hamda og'zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e'lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin.
21modda: Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo'riqnomalar, etiketkalar bilan ta'minlanadi.
22modda: Respublikaning ma'muriyhududiy birliklari, maydonlari, ko'chalar va geografik ob'yektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi.
23modda: O'zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o'zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi.
24modda: O'zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay, yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o'zaro muomala, tarbiya va ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to'sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.
IMLO QOIDALARI
Imlo qoidalari haqida. Orfografiya, aytilganidek, to`g`ri yozish qonunqoidasini o`rganadi. Buning asosini imlo to`g`risidagi qoida tashkil etadi. Qoidada to`g`ri yozishning deyarli barcha tomoni batafsil izohlanadi.
Lotin yozuviga o`tilgandan keyin bu yozuvda ham imlo to`g`risidagi qoida qabul qilish ehtiyoji tug`ildi va u 1995 yil 24 avgustda tasdiqlandi.
Hozirgi qoidalar tizimi 7 bo`lim, 82 paragrafdan iborat. Quyida faqat 31- paragrafdan keyingisini keltiramiz:
31. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:
1) baland, Samarqand, poyеzd; do`st, artist, g`isht kabi so`zlarda d, t tovushi ba’zan aytilmasa ham, yoziladi;
2) metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi o`zlashma so`z oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday so`zga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qo`shilsa, so`z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall + lar = metallar, kilogramm + mi = kilogrammi kabi.
32. ’ – tutuq belgisi:
1) a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim; ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la kabi o`zlashma so`zda oldingi unli tovushning cho`ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo`yiladi; mo`jiza, mo`tadil, mo`tabar kabi so`zlarda o` unlisi cho`ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qo`yilmaydi;
2) in’om, san’at, qat’iy, mas’ul kabi o`zlashma so`zda unli oldingi undoshdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qo`yiladi.
Asos va qo`shimcha imlosi.
33. Qo`shimcha qo`shilishi bilan so`z oxiridagi unli o`zgaradi:
1) a unlisi bilan tugagan fe’lga -v, -q, -qi qo`shimchasi qo`shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla – saylov, sina – sinov, aya – ayovsiz; so`ra – so`roq, bo`ya – bo`yoq; o`yna – o`ynoqi, sayra – sayroqi kabi;
2) i unlisi bilan tugagan ko`pchilik fe’lga -v, -q qo`shimchasi qo`shilganda bu unli u aytiladi va shunday yoziladi: o`qi – o`quvchi, qazi – qazuvchi, sovi – sovuq kabi. Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe’lga -q qo`shimchasi qo`shilganda bu unli i aytiladi va shunday yoziladi: og`ri – og`riq, qavi – qaviq kabi.
Eslatma:
1) undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv qo`shiladi: ol – oluv, yoz – yozuv kabi;
2) undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo`shiladi: uz – uzuq, yut – yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq, uchuriq (shuningdek, bulduriq) kabi so`zning uchinchi bo`g`inida i aytiladi va shunday yoziladi.
34. k, q undoshi bilan tugagan ko`p bo`g`inli so`zga, shuningdek, bek, yo`q kabi ayrim bir bo`g`inli so`zga egalik qo`shimchasi qo`shilganda k undoshi g undoshiga, q undoshi g` undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak – tilaging, yurak – yuragim, kubok – kubogi, bek – begi; tayoq – tayog`i, qoshiq – qoshig`i, yaxshiroq – yaxshirog`i, yo`q – yo`g`i kabi. Lekin ko`p bo`g`inli o`zlashma so`zga, bir bo`g`inli ko`pchilik so`zga egalik qo`shimchasi qo`shilganda k, q tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: ishtirok – ishtiroki, ocherk – ocherki, erk – erki, huquq – huquqim, ravnaq – ravnaqi, yuq – yuqi kabi.
35. Quyidagi qo`shimcha qo`shilishi bilan so`zning tarkibida tovush tushadi yoki ortadi:
1) o`rin, qorin, burun, o`g`il, bo`yin, ko`ngil kabi ba’zi so`zga egalik qo`shimchasi, qayir, ayir kabi fe’lga nisbat shaklini yasovchi -il qo`shimchasi, ikki, olti, yetti so`zlariga -ov, -ala qo`shimchasi qo`shilganda ikkinchi bo`g`indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi: o`rin – o`rnim, qorin – qorni, burun – burning, o`g`il – o`g`ling, ko`ngil – ko`ngli, yarim – yarmi; qayir – qayril, ulug` – ulg`ay, sariq – sarg`ay, ikki – ikkov, ikki – ikkala, yetti – yettov kabi;
2) u, bu, shu, o`sha olmoshiga -da, -dan, -day, -dagi, -da, -gacha, -cha qo`shimchasi qo`shilganda n tovushi qo`shib aytiladi va shunday yoziladi: unda, bunday, shunda, o`shancha kabi; bu olmoshlarga egalik qo`shimchalari quyidagicha qo`shiladi: buningiz, o`shanisi kabi;
3) o, o`, u, e unlisi bilan tugaydigan so`zga egalik qo`shimchasi quyidagicha qo`shiladi:
a) ko`pchilik so`zga egalik qo`shimchasi -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si (yoki -lari) shaklida tovush orttirmay qo`shiladi: bobom, bobong, bobosi; bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz, orzungiz, orzusi kabi;
b) parvo, obro`, mavqe, mavzu, avzo so`ziga I, II shaxs egalik qo`shimchasi qo`shilganda bir y tovushi qo`shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro`yim, obro`ying; obro`yimiz, obro`yingiz kabi; III shaxs egalik qo`shimchasi parvo, avzo, obro`, mavqe so`ziga -yi shaklida, xudo, mavzu so`ziga esa -si shaklida qo`shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi y undoshi bilan tugagan so`zga ham III shaxsda -si qo`shiladi: dohiysi kabi);
4) men, sen olmoshiga -ni, -ning, -niki qo`shimchasi qo`shilganda qo`shimchadagi n tovushi aytilmaydi va yozilmaydi: meni, mening, meniki; seni, sening, seniki kabi.
36. Quyidagi qo`shimchaning birinchi tovushi ikki xil aytilsa ham, bir xil yoziladi:
1) -bon, -boz qo`shimchasi ba’zan -von, -voz aytilsa ham, hamma vaqt -bon, -boz yoziladi: darvozabon, masxaraboz kabi.
Lekin -vachcha qo`shimchasi hamma vaqt shunday aytiladi va yoziladi: amakivachcha, xolavachcha kabi;
2) o`rin va chiqish kelishigi qo`shimchasining, o`tgan zamon yasovchisi va III shaxs ko`rsatkichi -di qo`shimchasining boshidagi undosh ba’zan t aytilsa ham, hamma vaqt d yoziladi: ishda, misdan, ketdi, kelmabdi kabi.
37. Quyidagi qo`shimchaning bosh tovushi ikki yoki uch xil aytiladi va shunday yoziladi:
1) taqlid so`zdan fe’l yasovchi -illa (chirilla, taqilla) qo`shimchasi so`z tarkibida v yoki u tovushi bo`lganda -ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla, lovulla, gurulla kabi;
2) nisbat shaklini yasovchi -dir qo`shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo`g`inli so`zga (kel so`zidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchisidan keyin qo`shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; o`tkazdir, tomizdir kabi. Qolgan barcha holda bu qo`shimcha -tir aytiladi va shunday yoziladi: tiktir, kestir, uyaltir, chaqirtir kabi;
3) jo`nalish kelishigi qo`shimchasi -ga, chegara bildiruvchi -gacha, ravishdosh shaklini yasovchi -gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini yasovchi -gan, buyruq maylining II shaxs ko`rsatkichi -gin, shuningdek, -gina qo`shimchasi uch xil aytiladi va shunday yoziladi:
a) k undoshi bilan tugagan so`zga qo`shilganda bu qo`shimchaning bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo`lakkacha, ko`nikkach, zerikkuncha, to`kkani, kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina kabi;
b) q undoshi bilan tugagan so`zga qo`shilganda bu qo`shimchaning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha, chiniqqani, qo`rqqudek, achchiqqina kabi;
d) qolgan barcha holda, so`z qanday tovush bilan tugashidan va bu qo`shimchaning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’iy nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bug`ga, sog`ga, og`gan, sig`guncha kabi.
3.3. Qo`shib yozish. Quyidagi qo`shib yoziladi:
38. Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so`z yordamida yasalgan qo`shma ot va qo`shma sifat: qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, bug`doyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi.
39. -(a)r (inkori -mas) qo`shimchasi bilan tugaydigan qo`shma ot va qo`shma sifat: o`rinbosar, otboqar, cho`lquvar, ishyoqmas, qushqo`nmas kabi.
40. Takror taqlid so`zga qo`shimcha qo`shish bilan yasalgan ot va fe’l: pirpirak (pir-pir+ak), hayhayla (hay-hay+la), gijgijla (gij-gij+la) kabi.
41. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o`xshatish yo`li bilan bildiruvchi qo`shma ot va qo`shma sifat: karnaygul, qo`ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg`iyko`z kabi.
42. Narsani uning rangi, mazasi, o`zidagi biror narsasi va shu kabi belgisi asosida bildiruvchi qo`shma ot: olaqarg`a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.
43. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo`ljallanganligini bildiruvchi qo`shma ot: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, ko`zoynak molqo`ra, nosqovoq kabi.
44. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo`shma ot: tog`olcha, cho`lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.
45. Marosim, afsona kabini bildiruvchi qo`shma ot: kiryuvdi, kelintushdi, qoryog`di, Urto`qmoq, Ochildasturchon kabi.
46. Qaratuvchili birikmaning bir so`zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo`shma ot: mingboshi, so`zboshi, olmaqoqi kabi.
47. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so`zi bilan ifodalangan joy nomi: Yangiyo`l, To`rtko`l, Mirzaobod, Xalqobod kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo`lgan joy nomi ajratib yoziladi: O`rta Osiyo, Ko`hna Urganch, O`rta Chirchiq kabi.
48. Rus tilidan aynan o`zlashtirilgan yoki so`zma-so`z tarjima qilish yo`li bilan hosil qilingan qo`shma so`z: kinoteatr, radiostansiya, fotoapparat, elektrotexnika, teleko`rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti kabi.
49. Qisqartmaning barcha turi va ularga qo`shiladigan qo`shimcha: SamDU, ToshDUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: O`zXDP MK (O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi) kabi.
50. Bir tovush ikki yoki undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish bilan ko`rsatiladi: yo`o`q, nimaa, himm, ufff kabi.
3.4.Chiziqcha bilan yozish. Quyidagi holda so`z chiziqcha bilan yoziladi:
51. Juft so`z va takror so`z qismi: el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-to`rt, o`n-o`n beshta (10-15ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, o`ylab-netib, so`ramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab), bitta-bitta (bitta-bittalab), baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-yaqinlargacha, hamma-hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan kabi.
Eslatma:
1) juft so`zdan qo`shimcha yordamida yasalgan so`z ham chiziqcha bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo`shlashmoq kabi;
2) juft so`z qismi orasida -u (-yu) bog`lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo`yiladi va juft so`z qismi ajratib yoziladi: do`st-u dushman (do`st-dushman), kecha-yu kunduz (kecha-kunduz) kabi;
3) yetakchi va ko`makchi fe’l bir xil shaklda bo`lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-oldi, borasan-qo`yasan, uxlabman-qolibman kabi.
52. Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, to`ppa-to`g`ri, bab-barobar kabi so`z shakli chiziqcha bilan yoziladi (lekin oppoq so`zi qo`shib yoziladi).
53. So`zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismi chiziqcha bilan yoziladi: ko`chama-ko`cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so`z qo`shib yoziladi: ro`baro`, darbadar kabi.
54. Rus tilidan aynan yoki so`zma-so`z tarjima qilish yo`li bilan olingan so`z asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt-soat kabi.
55. -chi, -a (-ya), -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-еy) yuklamasi chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, yaxshi-yu, yaxshi-da, qo`y-e, yashang-e, o`g`lim-ey, keldi-еy kabi. Ammo -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina, -qina) yuklamasi o`zidan oldin kelgan so`zga qo`shib yoziladi: keliboq, o`ziyoq, ko`rganov, ko`rdiyov, mengina, qo`shiqqina kabi.
56. Tartib son arab raqami bilan yozilsa, -nchi qo`shimchasi o`rniga chiziqcha (-) qo`yiladi: 7- sinf, 5-„A" sinfi, 3-, 7-, 8- sinf o`quvchilari, 60- yillar, 1991- yilning 1- sentabri kabi. Tartib sonni ko`rsatuvchi rim raqamidan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.
3.5. Ajratib yozish.
57. Qo`shma fe’lning qismi ajratib yoziladi: sarf qil, ta’sir et, tamom bo`l, sotib ol, olib kel, olib chiq, miq etma kabi.
58. Ko`makchi fe’l va to`liqsiz fe’l mustaqil fe’ldan ajratib yoziladi: aytib ber, olib ko`r, so`rab qo`y, ko`ra qol, bera boshla, yiqila yozdi; ketgan edi, ketgan ekan, ketgan emish kabi. Lekin mustaqil fe’l bilan yordamchi fe’l orasida tovush o`zgarishi bo`lsa, bunday qism qo`shib yoziladi: aytaver (ayta ber), boroladi (bora oladi), bilarkan (bilar ekan) kabi.
59. Ko`makchi ajratib yoziladi: shu bilan, soat sayin, borgan sari, bu qadar, kun bo`yi kabi. Lekin bilan ko`makchisining -la shakli, uchun ko`makchisining -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi.
60. Hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o`sha so`zi o`zidan keyingi yoki oldingi so`zdan ajratib yoziladi: hamma vaqt, har kim, hech qaysi, qay kuni, u yerda, shu yoqdan, o`sha yoqqa kabi. Lekin birpas, biroz, birato`la, birvarakayiga, birmuncha, buyon so`zi qo`shib yoziladi. Shuningdek, qay so`zi yoq, yer so`zi bilan ishlatilganda bir y tovushi tushsa, bu so`z qo`shib yoziladi: qayoqqa, qayerda kabi.
61. Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to`q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so`z ajratib yoziladi: to`q qizil, jiqqa ho`l, tim qora, liq to`la, lang ochiq, och sariq kabi.
62. Murakkab son qismi ajratib yoziladi: o`n bir, besh yuz, qirq ming olti yuz bir, bir ming yetti yuz sakson beshinchi kabi.
63. Yildan yilga, tomdan tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo`nalish kelishigida bo`lgan birikma ajratib yoziladi.
64. Belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko`pdan ko`p, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizidi kabilar ajratib yoziladi.
65. Izofali birikma ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan so`zlarga i shaklida, unli bilan tugagan so`zga yi shaklida qo`shiladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi. Lekin izofa yozilmaydigan so`z, shuningdek, qismidan biri yoki har ikkisi o`zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan so`z qo`shib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisar kabi.
3.6.Bosh harf imlosi.
66. Kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Dilbar, O`rinova, Muhabbat Majidovna, Azamat Shuhrat o`g`li, Hamza Hakimzoda, Muhammadsharif So`fizoda, Mannon Otaboy, Navoiy, Furqat; Yelpig`ichxon, Salomjon Alikov kabi.
67. Joy nomi bosh harf bilan boshlanadi: Andijon, Yangiyo`l (shaharlar), Naymancha, Buloqboshi (qishloq), Bodomzor, Chig`atoy (mahallalar), Zavraq (dara), Yorqoq (yaylov), Qoratog`, Pomir (tog`), Oqtepa, Uchtepa (tepa), Zarafshon, Sirdaryo (daryo), Yoyilma (kanal); Turkiya, Hindiston (mamlakat) kabi. Bunday atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: Shimoliy Kavkaz, Markaziy Qizilqum kabi.
68. Yulduz va sayyora, boshqa xil osmon jismining atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Hulkar, Qavs, Mirrix (yulduz va sayyoralar nomi), Tinchlik dengizi (Oydagi relyef nomi) kabi. Yer, quyosh, oy turdosh otlari sayyora nomi bo`lib kelgandagina bosh harf bilan yoziladi: Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi.
69. Madaniy-maishiy va savdo korxonasiga, adabiyot va san’at asariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotiga, shuningdek, transport vositasi, sport inshootiga qo`yilgan nom bosh harf bilan boshlanadi: “Tong” (mehmonxona), „Saodat” (firma), „Navro`z” (xayriya jamg`armasi), „Kamalak” (matbaa birlashmasi), „G`uncha” (bog`cha), „Botanika” (sanatoriy), „Paxtakor” (stadion), „Qutlug` qon” (roman), „Dilorom” (opera), „Tanovar” (kuy), „Ozodlik” (haykal), „Jasorat” (yodgorlik), „Sino” (sovutgich) kabi.
70. Muhim tarixiy sana va bayram nomi tarkibidagi birinchi so`z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navro`z bayrami kabi.
71. Davlat, davlat oliy tashkiloti va mansabining, xalqaro tashkilot nomidagi har bir so`z bosh harf bilan boshlanadi: O`zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Misr Arab Respublikasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Tinchlik Kengashi kabi.
Boshqa tarkibli nomda oliy mansabni bildiruvchi birinchi so`zgina bosh harf bilan boshlanadi: Bosh vazirning o`rinbosari, Mudofaa vaziri, Yozuvchilar uyushmasi, O`zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi kabi.
Vazirlik va idora, korxona va tashkilot nomi tarkibidagi birinchi so`z bosh harf bilan boshlanadi: Sog`liqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qo`mitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti kabi.
72. Davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir so`z bosh harf bilan boshlanadi: „O`zbekiston Qahramoni” (unvon), „Oltin Yulduz” (medal). Boshqa mukofot, faxriy unvon, nishon nomidagi birinchi so`zgina bosh harf bilan boshlanadi: „Sog`lom avlod uchun” (orden), „O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi” (faxriy unvon), „Matbaa a’lochisi” (nishon) kabi.
73. Gapning birinchi so`zi bosh harf bilan boshlanadi: Yer tagidan Muqaddasga bir qarab oldim (O.Yoq.).
Eslatma:
1) ko`chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi so`zi (agar u atoqli ot bo`lmasa) kichik harf bilan yoziladi: „Bu men”, – qo`rqibgina javob berdi ko`laga (O.Yoq.) ;
2) xatboshiga gapning sanaluvchi qismi chiqarilganda bunday qism oldidan chiziq qo`yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi:
Ma’muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishni ko`rishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalani:
– mazkur ishni ko`rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-kirmasligini;
– ma’muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi protokol va ishga old boshqa material to`g`ri tuzilgan-tuzilmaganligini ... hal qiladi;
3) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo`yib sanalsa, bunday qism ham kichik harf bilan yoziladi:
Hozirgi o`zbek adabiy tilining lug`at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan: 1) umumturkiy so`z; 2) o`zbekcha so`z; 3) tojik tilidan kirgan so`z; 4) arab tilidan kirgan so`z; 5) rus tilidan kirgan so`z („O`zbek tili" darsligidan).
74. Tarkibli nomning bosh harfidan iborat qisqartma, atoqli ot bo`lmagan ba’zi birikmaning qisqartmalsi bosh harf bilan yoziladi: AQSH (Amerika Qo`shma Shtatlari), BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AES (atom elektr stansiyasi) kabi. Qisqartma tarkibida bo`g`inga teng qism bo`lsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan yoziladi: ToshDTU (Toshkent davlat texnika universiteti) kabi.
3.7. Ko`chirish qoidasi.
75. Ko`p bo`g`inli so`zning oldingi satrga sig`may qolgan qismi keyingi satrga bo`g`inlab ko`chiriladi: to`q-son, si-fatli, sifat-li, pax-takor, paxta-kor kabi. Tutuq belgisi oldingi bo`g`inda qoldiriladi: va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi.
76. So`zning bosh yoki oxirgi bo`g`ini bir harfdan iborat bo`lsa, quyidagicha ko`chiriladi:
1) so`z, boshidagi bir harfdan iborat bo`g`in yolg`iz o`zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi;
2) so`z oxiridagi bir harfdan iborat bo`g`in yolg`iz o`zi keyingi satrga ko`chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi.
77. O`zlashma so`zning bo`g`ini chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko`chiriladi:
1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko`chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi;
2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko`chiriladi: silin-drik kabi.
78. Bir tovushni ko`rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko`chiriladi: pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiqchi, si-ngil, de-ngiz kabi.
79. Bosh harfdan yoki bo`g`inga teng qism va bosh harfdan iborat qisqartma, shuningdek, ko`p xonali raqam satrdan satrga bo`lib ko`chirilmaydi: AQSH, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi.
80. Harfdan iborat shartli belgi o`zi tegishli raqamdan ajratib ko`chirilmaydi: 5-„A” sinf, V „B” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.
81. Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomi ajratilgan holda keyingi satrga ko`chirilmaydi: „Navro`z–92” (festival), „O`qituvchi–91” (ko`rik-tanlov), „Andijon–9”, „Termiz–16” (g`o`za navi), „Boing–767” (samolyot), „Foton–774" (televizor) kabi.
82. A.J.Jabborov, A.D.Abduvaliyеv kabida ism va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartma familiyadan ajratib ko`chirilmaydi. Shuningdek, v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartma ham oldingi so`zdan ajratib ko`chirilmaydi.
3. O‘zbek tilinig talaffuz lug‘ati tuzilishi va undan foydalanish.
Adabiy tilning og`zaki shakli me’yori talaffuz va nutqiy ohangda namoyon bo`ladi. Uni tilshunoslikning orfoepiya bo`limi o`rganadi.
Orfoepiya – grekcha orphos – to`g`ri, epos – nutq degan ma’noni bildiradi. To`g`ri talaffuz, avvalo, shaxsning madaniy yetukligidan dalolat beradi. Og`zaki nutqda har xil talaffuz qilinadigan tovush, qo`shimcha va so`zdan adabiy til uchun qabul qilingan bittasi to`g`ri talaffuz me’yori hisoblanadi. Masalan, o`zbek shevasida bir so`z turlicha talaffuz qilinadi: yo`q – jo`q, ko`z – go`z, ota – ata, aka – oka, anor – onar kabi. Hozirgi zamon davom fe’li qo`shimchasi shevada -yap(ti), -op(ti), -utti, -vot(ti) shaklida qo`llanadi: boryapti, boropti, borutti, borvotti kabi. Adabiy tilda shulardan yo`q, ko`z, ota, aka, anor, boryapti variantlari adabiy talaffuz me’yori (orfoepik norma) sifatida saralangan.
Orfoepiyaning yuzaga kelishida orfografiya va xalq og`zaki nutqining talaffuzi asos qilib olinadi.
Adabiy talaffuz me’yorlarini o`rganish orfoepik qoida va orfografik lug`at orqali amalga oshiriladi.
O`zbek tilshunosligida M.Sodiqova, U.Usmonovalarning “O`zbek tilining orfoepik lug`ati” 1977- yilda va O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tomonidan “O`zbek adabiy talaffuz lug`ati” 1984- yilda nashr qilingan. Birinchi lug`atda o`zbek tilida faol qo`llanadigan 8000 ga yaqin so`z, ikkinchisida esa 20 000 dan ortiq so`z va so`z shaklining adabiy-me’yoriy talaffuzi belgilab berilgan, ba’zi so`z va grammatik shaklning talaffuzidagi noto`g`ri ko`rinishi inkor qilinib, uning to`g`ri aytilishi ko`rsatilgan.
Orfoepiya orfografiya bilan zich bog`langan. Biroq talaffuz hamma vaqt ham yozuv bilan teng kelavermaydi. Jumladan, yozuvda bor ayrim tovush sezilar-sezilmas aytilishi, umuman tushirilishi mumkin yoki aksincha orttirilishi mumkin. Nutqda tovush almashtirilishi ham ko`p uchraydi. Masalan, adabiyochchi (adabiyotchi), badbax (badbaxt), ussum (uch so`m), issiz (izsiz), xursan (xursand), go`sh (go`sht), bo`sa (bo`lsa), kesa (kelsa) kabi. Bular yozuv bilan mos kelmasa-da, adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi. Lekin oshshi (oshni), ishshi (ishni), yuzzi (yuzni), o`tta (u yerda), aqqa (u yoqqa), baqqa (bu yoqqa) kabi so`zda adabiy me’yordan chekinish ro`y bergan.
O`zbek adabiy tilining asosiy orfoepik qoidalarini unli talaffuzi, undosh talaffuzi, asos va qo`shimcha talaffuzi hamda boshqa tillardan o`zlashtirilgan so`z talaffuzi tarzida o`rganish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |