Undosh tovush talaffuzi. Undosh tovush orfoepiyasi ko`proq fonetik hodisaga bog`liq bo`ladi. Xususan: 1) b, d jarangli undoshi so`z oxirida jarangsiz p, t tarzida talaffuz etiladi, bu hol o`zbek adabiy talaffuzi uchun me’yor hisoblanadi: kitob>kitop, borib>borip, yozib>yozip, savod>savot, obod>obot kabi; 2) b, d undoshi jarangsiz undosh bilan yonma-yon qo`llanganda assimilyatsiyaga uchrab, p, t holida talaffuz etiladi, bu hol ham adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi: ibtidoiy>iptidoiy, ketdi>ketti; 3) j, z undoshining jarangsiz undoshlar ta’sirida sh, s deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun me’yor: ijtimoiy > ishtimoiy, mazkur > maskur kabi; 4) b, q undoshining sirg`aluvchi v, g` undoshiga o`tishi ham adabiy talaffuz me’yoriga xilof emas: bora ber > boraver, keta ber > ketaver kabi.
V undoshi chetdan kirgan avtobus, avtomat, Ivanov so`zida f kabi aytiladi. G undoshi k, qbilan tugagan so`zda k va q tarzida aytiladi: ek+gan=ekkan, chiq+gan=chiqqan. D undoshi obod, ozod kabi so`zda kelganda tkabi aytiladi, xursand, farzand kabi so`zda undoshdan keyin kelganda esa tushib qoladi. J qorishiq-portlovchi undoshi avj, mavj so`zida chkabi aytiladi. J sirg`aluvchi undoshi chetdan kirgan furajka, telejka kabi so`zda shkabi aytiladi. Z undoshi sakkizta, tuzsiz kabi so`zda yonidagi tovush ta’sirida s kabi aytiladi. N undoshi manba, tanbur, shanba kabi so`zda mkabi aytiladi. F undoshi fakt, taft kabi so`zda p kabi aytiladi. Q undoshi maqsad, taqsimot, to`qson, oqshom kabi so`zlarda xkabi aytiladi.
Asos va qo`shimcha talaffuzi. 1. Q, k bilan tugaydigan otning egalik qo`shimchasi bilan turlangan shakli quyidagicha talaffuz etiladi: a) ko`p bo`g`inli so`zda qishloq>qishlog`imiz, qishlog`ingiz, qishlog`i; telpak>telpagim, telpaging, telpagi kabi. Bir bo`g`inli so`zlarda bunday o`zgarish bo`lmaydi: o`q>o`qi, tok>toki kabi (yoq, yo`q so`zlari bundan mustasno).
2. Q, k, g bilan tugagan otning jo`nalish kelishigidagi shakli quyidagicha talaffuz qilinadi: qishloq + ga > qishloqqa, chelak + ga > chelakka, tog` + ga > toqqa, pedagog + ga > pedagokka kabi. Boshqa barcha holatda: a) jarangsiz undoshdan so`ng -ka, jarangli undoshdan va unlidan so`ng -ga talaffuz etiladi: otka, oshka, qopka, uyga, ovga, tolga, tomga, bolaga, akaga kabi.
3. Fe’lda: a) ong + la > angla, son + a > sana, yosh + a > yasha kabi; b) ek + gan > ekkan, ket + gan > ketkan, oq + gan > oqqan, tush + gan > tushkan kabi.
4. Olmoshda: u + n + da > unda, bu + n + da > bunda, shu + n + da > shunda (bir “n” orttiriladi), men + ning > mening, sen + ning > sening (bir “n” tushirib qoldiriladi).
5. Bir so`zidan dona son yasalganda, o`zakdagi “r” undoshi “t”ga o`tadi: bir + ta > bitta kabi.