QO'SHIB YOZISH 1. Xush, ham, baxsh, kam, rang, sifat, talab, xona, noma, poya singari qo'shimchalanma (affiksoid)lar bilan yasalgan qo'shma ot va qo'shma sifatlar qo'shib yoziladi: boloxona,
2.-(a)r yoki -mas sifatdosh shakllari bilan yasalgan qo'shma ot yoki qo'shma sifatlar qo'shib yoziladi: beshiktervatar, kungaboqar, tezoqar, suvyuqmas, o'ziyurar singari.
Z.Takgog taqlidiy so'zlarga qo'shimcha qo'shish bilan hosil bo'lgan ot va fe'llar qo'shib yoziladi: voyvoylamoq, gumburgumburlash kabi.
4. Narsa-jismni boshqa biror narsa-jism yoki voqea-hod-isaga nisbatlash, o'xshatishni anglatuvchi ot va sifatlar qo'shib yoziladi: qo'ziquloq, zag'chako'z, hovkizburan kabi.
5. Narsa-jismni rang, maza, shakl-xususiyat hamda o'rin-joyiga nisbat berish orqali yuzaga kelgan qo'shma otlar qo'shib yoziladi: qizilishton, qirqbo'gln, sassiqpopishak kabi.
6. Narsa-jismni joyga nisbat berish asosida yasalgan qo'shma otlar qo'shib yoziladi: suvilon, tog'echki, uyhayvoni, den-gizmushugi, suvo'ti, qumsichqon, cholkiyigi singari.
7. Qaratuvchi birikmaning bir so'zga aylanishi orqali paydo bolgan qo'shma otlar qo'shib yoziladi:ellikboshi, qo'yboqar, mingboshi, suvtegirmon, toshotar kabi.
8. Slavyan tillari-dan aynan o'zlashgan yoki so'zma-so'z tarjima qilingan qo'shma otlar qo'shib yoziladi: teleko'rsatuv, elektrasbob,yarimo‘kazgich singari.
AJRATIB YOZISH 1. Qo'shma fe'llarning juft qismlari ajratib yoziladi: javob ber, ishtirok et, gurs et, tamom bo'l, xarj qil kabi.
2. Ko'makchi fe'l va to'liqsiz fe'llar mustaqil fe'llardan ajratil-ib yoziladi: o'qiy ber, ayta ol, ishlay ber, o'qir emish kabi. Ammo mustaqil fe'l bilan ko'makchi fe'l tovush o'zgarishi bilan boglangan bo'lsa, har ikki so'z qo'shilib yozildi: aytolmadi, ishlayver, o'qirmish, o'qirkan singari.
3. Ko'makchilar ajratilib yoziladi: u bilan, shu singari, yoz bo'yi, o'qigan sari, kun sayin kabi.
4. Shu, o'sha, har, hech hamma, u, bu so'zlari o'zidan keyingi yoki oldingi so'zlardan ajratilib yoziladi: shu kuni, o'sha mahal, hamma vaqt, i kez, hech qachon, bu asl, ammo qay so'zi alohida qo'llanganda mustaqil lug'aviy ma'no toAlatmaganligi sababli o'zidan keyin keladigan so'zga qo'shilib yozildi: qay-er, qayvaqt, qaypayt kabi.
5. Belgining ortiq yoki kamligini ko'rsatuvchi jiqqa, to'q, tim, och, lang kabi so'zlar sifat-lardan ajratilib yoziladi: jiqqa moy, to'qsariq, tim qora, och ko'k, lang ochiq singari.