Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar


O’zbekistonda kechayotgan demokratik o’zgarishlarning jamiyatning ma’naviy yangilanishiga bog’liqligi



Yüklə 381,93 Kb.
səhifə51/70
tarix25.12.2023
ölçüsü381,93 Kb.
#194044
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org

O’zbekistonda kechayotgan demokratik o’zgarishlarning jamiyatning ma’naviy yangilanishiga bog’liqligi. O’zbekistonda kechayotgan demokratik o’zgarishlarlarning jamiyat ma’naviy yangilanishi bilan bog’liqligining yana bir jihati bor. Ana shu bog’liqlik Prezident I.A.Karimovning bir qator risolalarida va mahruzalarida alohida ta’kidlangan. U O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi umumiy yig’ilishida (1994 yil 7 iyulda) so’zlagan nutqida shunday degan edi: «Buyuk ajdodlarimizning beqiyos ma’naviy merosi ming yillik tariximiz va madaniyatimizga asoslangan ma’naviy hayotimizni tiklay boshladik. Dinimiz va tilimizga qaytdik, milliy urf-odatlarimiz va anhanalarimiz, xullas, inson ma’naviyatiga daxldor barcha boyliklarimiz qaytadan qad rostlayapti»43. Darvoqe, Prezidentimizning ma’naviyat, uning mohiyati to’g’risida nazariy-ilmiy fikrlari g’oyat chuqur va keng qamrovlidir. SHuningdek, u ma’naviy tarbiya - mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti ekanligiga alohida ehtibor beradi. Dunyo tarixida mustaqillik va ozodlik kurashchilari timsoliga aylanganlardan biri, XX asr buyuk hind davlat arbobi Maxatma Gandi: “Insoniyat – bu yagona oila, bo’linmas oila. Uning har bir ahzosi sodir qilgan jinoyat uchun har birimiz javobgarmiz”, - degan edi. U yoki bu millat yoki davlat ana shu insoniyat degan katta oilaning ichidagi kichik oila. Ana shu oila ahzolarida bahamjihatlik, ma’naviy mushtaraklik bo’lmas ekan, ular Gandi so’zlarida aks etgan ma’naviy burch hissasi bilan yashamas ekan, yorug’ kelajak haqidagi o’ylar xomxayol bo’lib qolaveradi. Zero, demokratik rivojlanish barqarorlik va ijtimoiy hamkorlikka tayanadi.
Odamlar ma’naviyat rishtalari bilan bog’langandagina, ular xalq, millatga aylanadi. CHunki “ma’naviyat - insonni ruhiy poklanish va yuksalishga dahvat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, ehtiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli botiniy kuch”dir.44
Ma’naviyat mavhum tushuncha emas. U millat bilan, milliy tafakkur bilan, millatning tarixi, asrlar mobaynida to’plangan bilim va tajribasi, tushunchalari, tasavvurlari bilan bog’liq. Frantsuz mahrifatchisi Jan Jak Russo Yevropa jamiyati hayotida ulkan siljishlar sodir bo’layotgan XVIII asrda xalqda milliy xarakterni shakllantirishni birinchi vazifa, deb bilgan edi. CHunki uning nazdida “har qanday yaxshi o’zgarishlarning umumiy maqsadlari har bir davlatda mahalliy shart-sharoit va aholining o’ziga xos xususiyatlari asosida shakllanadigan munosabatlarga muvofiq shakl olishi kerak”45. J.Russoning fikrlarini bugungi kun nuqtai-nazaridan talqin qilsak, demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, adolatli, ma’naviyati yuksak insonlar jamiyatini qurishda jahon tajribasiga tayangan holda, avvalo, milliy mentalitetni inobatga olish kerakligi ma’lum bo’ladi. Ayni paytda shuni alohida ta’kidlash lozimki, O’zbekistonda kechayotgan demokratik o’zgarishlar jamiyat ma’naviy yangilanishiga bog’liqligini faqat o’zbek millati ma’naviyati bilan bog’lash va uni shunday deb baholash adolatdan emas. Balki uning bilan yagona bir mamlakat hududida yashayotgan turli xalq va millatga mansub bo’lgan barcha aholining, turli etnik birliklar va ijtimoiy guruhlarning ham umumiy boyligi, deb qarash haqiqatga yaqinroq bo’ladi.
Demak, O’zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish vazifasini ma’naviy yangilanishlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Bu haqiqatni hech qachon unutmaslik kerak.
Demokratiya - bu kishilarning birgalikda hayot kechirishi, muammolarni bahamjihatlik bilan hal qilishi, shaxsiy manfaatlarni jamoa, millat, davlat manfaatlari bilan uyg’un ko’rishi, bir so’z bilan aytganda, murosa qilish madaniyatidir.
1983 yili jahonning 29 mintaqasi olimlari, jamoat arboblaridan iborat “Gumanitar muammolarni o’rganish bo’yicha Xalqaro Komissiya” tuzildi. Komissiya XX asrdagi gumanitar vaziyat va uni takomillashtirish ustida izlandi. Jazoir, SHveytsariya, Polg’sha, Avstriya, Xitoy, Hindiston, Meksika, Eron, SHvetsiya, Yaponiya - jami 29 mamlakatning mahrifatparvarlari dunyodagi gumanitar muammolarni amaliy o’rgandilar. “Insoniyat axloqi”, “Global masalalar” (ya’ni ekologiya, qashshoqlik, qurollanish, terrorizm, narkomafiya), “Ommaviy qirg’in qurollari”, “Qurolli to’qnashuvlar”, “Daydi bolalar”, “Oziq-ovqat inqirozi”, “CHo’l-sahrolarning kengayib borayotganligi”, “Favquloddagi vaziyatlar”, “Urushlar” kabi halokatli holatlarning kelib chiqish sabablarini tahlil etib, barcha muammolar insoniy tuyg’ularning susayishi, ya’ni ma’naviy qadriyatlarning qadrsizlanishi bilan bog’liq, degan xulosaga keldilar. Ularning to’rt yillik mehnati natijasi bo’lgan kitob “Insoniyat insoniyligini saqlab qola oladimiq” (Ng’yu Jersi, 1989) degan iztirobli nom bilan jahon tillarida nashr qilindi.
2006 yil 2-3 noyabrda Xiva va Toshkentda Xorazm Mahmun akademiyasining 1000 yilligiga bag’ishlangan “Xorazm Mahmun akademiyasining jahon ilm-fani taraqqiyotidagi o’rni» mavzuida xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. Xorazm Mahmun akademiyasining 1000 yilligini nishonlash haqida Prezidentning (2004) qarori qabul qilingan edi. Bu yubiley YuNESKO ishtirokida o’tdi. Prezidentning 1997 yilda qayta tiklangan Xorazm Mahmun akademiyasi, Xorazmning XI asrdagi tarixi, madaniyati, uning tashkil topishi va faoliyati, u yerda Ibn Sino, Beruniy, Ibn Iroq va boshqa olimlar ishlaganligi qayd etildi.
2007 yil 24–26 mayda Samarqand shahrining 2750 yilligi nishonlandi. Samarqand Buyuk Ipak yo’lida joylashgan. Samarqand Rim, Bobil, afina tengdoshi. YuNESKO Bosh konferentsiyasi 33-sessiyasining 2005 yil 20 iyuldagi qaroriga ko’ra 2750 yilligini nishonlash ko’zlangan edi. Ulug’bek madrasasida 150 dan ko’p mahruza tinglandi.
YuNESKO tomonidan Toshkentning 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti, deb ehlon qilinishi munosabati bilan 2007 yil 14–15 avgustida Toshkent va Samarqand shaharlarida “O’zbekistonning islom tsivilizatsiyasi ravnaqiga qo’shgan hissasi” mavzuidagi xalqaro konferentsiya o’tkazildi.
Demokratik jamiyat qurishning milliy-ma’naviy, axloqiy negizlarining 1) falsafiy ildizlari haqida fikr yuritganda, uning barcha ilmlarning otasi bo’lgan falsafa fani xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi. Bunga uyg’onish davri va o’rta asrlarda milliy davlatchiligini tiklay boshlagan Yevropa xalqlarining har biri o’ziga xos ma’naviyatini yaratganini misol keltirish mumkin. Mazkur qadriyatlar Rim imperiyasi parchalangandan keyin o’z davlatchiligiga ega bo’lgan xalqlarning o’ziga xos qadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan milliy falsafalar asosida shakllandi. SHu bois o’sha davrdagi italg’yan, ingliz, frantsuz falsafasi o’zi mansub bo’lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat qildi. SHu bilan birga, bu milliy maktablar zaminida vujudga kelgan falsafiy tahlimotlar, mahrifiy qarashlar insoniyat madaniyati xazinasiga katta hissa bo’lib qo’shildi.
Jamiyat va tsivilizatsiyalar rivojiga ulkan tahsir ko’rsatgan nazariyalar, tahlimotlar va mafkuralar mavjud. Zardusht, Sokrat, Platon, Konfutsiy, Alisher Navoiy, Maxatma Gandi va boshqalarning bunyodkor g’oyalari tarixda o’chmas iz qoldirgan. Sohibqiron Amir Temurning bunyodkorlik g’oyalari va faoliyati SHarq madaniyatining gurkirab rivojlanishiga buyuk hissa qo’shdi.
Kant, Gegelg’, Nitsshe kabi mutafakkirlar nomi bilan shuhrat topgan nemis falsafasi xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Jumladan, haqiqiy milliy xususiyatlarga ega bo’lgan Gegelg’ falsafasi Avstriya imperiyasidan ajralib, mustaqillik yo’lini tutgan Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi darajasigacha ko’tarilgan.
Milliy-ma’naviyatning 2) dunyoviy ildizlari mahrifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Asrlar mobaynida insoniyat bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umumehtirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi. Insonning haq-huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi ham qonun yo’li bilan kafolatlanadi. Bunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas» degan tushuncha asosida rivojlanadi, ya’ni dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni va ahamiyatini aslo inkor etmaydi.


Yüklə 381,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin