QISQACHA XULOSA
Demak, jamiyatdagi demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish uchun ma’naviyat siyosatning bosh tayanchi bo’lmog’i kerak. SHuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov demokratik fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish uchun “insofli, diyonatli odamlarninggina rahbarlik to’nini kiyishga ma’naviy haqi bor”ligini ta’kidlab kelmoqda.
Prezidentning Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi “O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari” mahruzasida islohotlarning bosh yo’nalishini va samaradorligini belgilab beradigan quyidagi ustuvor vazifani belgilab berdi: “Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma’naviyat va mahrifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdan iborat.
Bu hayotiy haqiqat biz hamisha amal qiladigan tamoyilga, jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmog’i hamda o’zida yaxlit bir tizimni mujassam etmog’i lozim. Bu tizim markazida ma’naviyat, axloq-odob, mahrifat kabi o’lmas qadriyatlar turmog’i kerak”.1
Ma’naviyat inson ruhiyatida voqe bo’ladi. SHuning uchun u avvalo, alohida olingan inson bilan bog’liq tushuncha. Ammo inson jamiyatdan ajralmas bo’lib, jamiyatdan tashqarida o’z insonlik mohiyatini yo’qotar ekan, ma’naviyat insonni o’zga odamlarga, jamiyatga, butun borliqqa daxldor qiladi. SHu jihatdan ma’naviyat ijtimoiy mazmun kasb etadi. “Inson o’zini xalqning bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o’ylab, mehnat qilib yashagandagina, ma’naviyat bilan tutashadi”2. Demak, har bir kishi o’zining yashash tarziga, o’zgalar bilan bo’lgan munosabatiga jiddiy ehtiborni qaratmasdan turib, jamiyat bironta muammoni hal etishi mushkul.
Bugungi kunda har qanday milliy tiklanish va milliy rivojlanishning asosi bo’lgan ma’naviy meros, urf-odatlar, anhanalar, yuksak qadriyatlar, tarixiy xotira xalqimizga qaytarildi. Milliy o’zligini, huquqlarini tobora teranroq anglab borayotgan xalqimiz uchun buyuk kelajakni barpo etish yo’lida bu boy imkoniyatlardan foydalanish, barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni milliy rivojlanishga, O’zbekistonda demokratik-huquqiy jamiyat qurish ishiga yo’naltirishga safarbar etishdek ulkan imkoniyatlar yaratildi.
MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR
Ma’naviy yangilanishning mustaqillik bilan bog’liqligi nimadaq
Milliy-ma’naviy merosning yangicha mahno va mazmunini bayon etingq
Agressiv millatchilik, shovinizm nima uchun demokratiya va milliy-ma’naviy negizlarga zidq
Ekstremizmning terrorizm bilan bog’liqligini izohlab beringq
Qanday shaxs demokratik jamiyat mezoni bo’ladiq
Prezident Islom Karimovning “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” mahruzasini sharxlab beringq
Dostları ilə paylaş: |