Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org
Jamiyatning ma’naviy yangilanishi - demokratik fuqarolik jamiyat barpo etish omili. Sobiq totalitar tuzum davrida olib borilgan xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosati o’zbek xalqini ham o’z tarixidan, madaniyatidan, ma’naviy quvvatidan, milliy hissiyotidan, o’zligidan ayirishga ancha-muncha ulgurdi. Sovetlar davridan qolgan bunday og’ir “meros” haqida keyinchalik Prezident I.A.Karimov shunday fikr bildiradi: “Bu tuzum o’z xalqining tarixini, uning ruhi va urf odatlarini, o’z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi”50.
Uzoq yillar davom etgan tutqunlik, g’ayriinsoniy mafkuraning yakka hukmronligi bizga mutelikni singdirdi. Mutelik o’zbek xalqining azaliy qadriyatlari – andisha, nazokat libosini kiydi va haqiqatni dadil aytish, o’z fikrini ochiq bildirish, yumshoq aytganda, beodoblikka, beandishalikka yo’g’rildi. Vaholanki, demokratiya – yaxshi niyatli rostgo’ylikni, fikr erkinligini taqozo etadi.
Afsuski, sobiq ittifoq hududida bu kabi eski kasalliklardan xalos bo’lmagan kimsalar hamon uchramoqda. Buni I.Karimov Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi mahruzasida yana bir bor alohida ta’kidlab, shunday deydi: “...o’z umrini yashab bo’lgan, siyosiy jihatdan kasodga uchragan, kommunistik mafkuraga asoslangan tizimni sog’inib-qumsab gapirayotgan ayrim siyosat va davlat arboblari – eski tuzum tarafdorlari yana qaytadan bosh ko’tarayotganiga guvoh bo’lmoqdamiz “... Bir so’z bilan aytganda, SSSRning g’oyasi sobiq ittifoq mintaqasidan hali beri butunlay ko’tarilgan emas va buni biz doimo inobatga olishimiz, hamisha sergak va hushyor bo’lib yashashimiz zarur”51.
SHukrlarkim, xalqimiz ongi, qalbiga chuqur singigan minglab yillik ma’naviy qadriyatlarimiz, milliy anhanalarimiz uni zo’rlik bilan kiritishga harakat qilingan kommunistik mafkuraning domiga to’liq tushib qolishdan asradi. Ammo Abdulla Qahhor tahbiri bilan aytganda: “erning sho’rini yuvish oson ekan-u, odamning ongidagi sho’rini yuvish qiyin” ekan-ki, “manqurtlik kasali”ning asoratlari bahzi kishilarimiz ongi va ruhiyatida hanuzgacha saqlanib qolmoqda. Erkin fuqarolik jamiyatini qurishda tarixni, ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni o’rganish va amalda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tariximiz qancha ko’p o’rganilsa, undan bugungi ma’naviyat, g’oyaviy islohotlar uchun shuncha ko’p amaliy tavsiyalar chiqaveradi. Hazrat Navoiyning: “Ozod bo’lmoq istasang, o’zingni ozod tut”, degan so’zlari bugungi voqelik bilan bog’liq emasmiq Yoki yana bir misol: O’rta asrlar tibbiyot ilmining bir tarmog’i – ma’naviyat tibbiyoti deb atalgan ekan. “Ma’naviy tibbiyot” degan bitta nomda Al-Kandi (800-860 y.y.), Abu Bakr Ar-Roziy (865-925 y.y.), Abu al-Farax Abu ar-Rahmon ibn Javziy (vafoti-1201 y.), Abu Ishoq Irohim ibn Yusuf Ash-SHeroziy (vafoti – 1093 y.) kabi ko’plab SHarq allomalari o’z kitoblarini yozib qoldirganlar. Tan tabobati inson jismi bilan bog’liq kasalliklarning oldini olish va davolash bilan shug’ullangan bo’lsa, ma’naviy tibbiyot inson qalbi, ongini illatlardan forig’ etishga, insoniy fazilatlarni takomillashtirishga xizmat qilgan. Tarixning achchiq saboqlaridan yana biri shuki, ma’naviyat, axloq-odob inson xatti-harakatlari, faoliyati va ehtiyojlarining mezoniga aylanmay turib, jamiyat bironta muammolarni samarali hal etishi va ijtimoiy taraqqiyotga erishishi mumkin emas.
Turkiston o’lkasining XIX asr 70-yillarida Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylanishi tarixi buning yorqin misoli bo’la oladi. Xalqimiz tarixidagi bu qayg’uli hodisaning ko’plab sababini keltirish mumkin. Ammo eng asosiysi, jamiyatning ruhiy evrilishga uchragani, elga bosh bo’lishi lozim bo’lgan hukmdorlardan tortib, boy va ulamolargacha o’z shaxsiy manfaati doirasida o’ralashib qolganligi, istiqlol uchun kurashgan ziyolilarning sahy-harakatlariga qaramay, jamiyat kishilari birlasha olmagani ekanligi, desak xato qilmaymiz.