Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori hamda “Tahlim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida tahlim tizimini isloh qilish masalalari. 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlis 9-sessiyasida Prezidentimiz Islom Karimov “Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” haqida mahruza qildi. Bu mahruzada tahlim tizimini tubdan isloh qilishning bosh maqsad va yo’nalishlari, strategik yo’nalishlari belgilab berildi. Mazkur sessiyada 2 ta tarixiy xujjat ham qabul qilindi. 1. “Tahlim to’g’risida”gi Qonun va 2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi . “Tahlim to’g’risida”gi qonun 5 bo’lim 34 moddadan iborat. Bunda tahlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 9 ta printsipi bayon etilgan bo’lib, tahlim va tarbiyaning insonparvarligi, demokratik harakterda ekanligi uzluksiz va izchilligi, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb- hunar, uning dunyoviy harakteri kabi tamoillar ko’rsatib berilgan. Prezdentimiz Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish bosqichlari haqida gapirib o’tdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 5 bo’limdan iborat, unda 1) Muammoning va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari deb nomlanib, unda rivojlanishning erishilgan darajasi kamchilik va muammolar, isloh qilish omillari chuqur ochib berilgan. 2) “Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ruyobga chiqarish bosqichlari”da esa dasturning maqad va vazifalari, dasturni ruyobga chiqarishning 3 bosqichi: a) 1997-2001; b) 2001-2005 va; v) 2005 undan keyingi yillar haqida keng fikr yuritilgan. 3) Kadrlar tayyorlash milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz tahlim, uzluksiz tahlimni tashkil etish va rivojlantirish printsiplari, uni isloh qilish yo’llari, uzluksiz tahlim tizimi va turlari: maktabgacha, umumiy urta tahlim, o’rta maxsus, kasb-hunar tahlimi, oliy tahlim, oliy o’quv yurtlaridan keyingi tahlim, kadrlar malakasini oshirish va uni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari tahlim turlari berilgan. Kadrlar tayyorlash tizimida fan, ishlab chiqarish masalalari o’rin olgan. 4) Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari berilgan va 5) dasturni ruyobga chiqarishga doir tashkiliy chora- tadbirlar bayon etilgan. Ushbu Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi juda katta tarixiy ahamiyatga ega ham bo’ldi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida dasturning maqsadi – tahlim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafquraviy qarashlar va sarkitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar milliy tizimini yaratishdir deyiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish uchun qushimcha 65 mlrd. so’m ajratish, qo’shimcha mablag’ berish takidlab o’tilgan edi va u bugungi kunda amalga oshirildi. Birinchi bosqichni ruyyobga chiqarish uchun uning xuquqiy asoslari barpo etildi. Ikkinchi bosqich davrida esa asosiy ehtibor uning sifat bosqichi bo’lib bunda tahlim sohasini yanada takomillashtirish bilan bog’liq jihatlarga ehtibor berildi. 1997 yil 6 oktyabrda Prezidentning “ Tahlim- tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risida” farmoni qabul qilindi. Mazkur qonun va farmonlar asosida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga bag’ishlab, bir qator qonun va normativ hujjatlar qabul qilindi.