Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar



Yüklə 381,93 Kb.
səhifə61/70
tarix25.12.2023
ölçüsü381,93 Kb.
#194044
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org

II. Prezident Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” (tarixchi olimlar bilan 1998 yil 26 iyundagi suhbati) asarida quyidagi muhim mafkuraviy g’oyalar ilgari surilgan:
* Mamlakatimiz kommunistik mafkura hukmronligi yillarida butun ma’naviyatimiz, milliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimiz toptalganligi, tariximiz, milliy davlatchilik tarixi buzib ko’rsatilganligi ta’kidlab o’tildi. Bu nuqson va qarashlarga mustaqillik yillarida aniq bir fikrga kelinmaganligi, milliy davlatchilik taraqqiyoti, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti atroflicha tahlil etilgan birorta jiddiy ilmiy tadqiqot yaratilmaganligi aytildi.
* Davlatchiligimiz tub burilish pallasiga kirgan ayni bir paytda o’zimizning zamon va makondagi o’rnimizni aniq belgilab olishimiz, nasl-nasabimizni, kimligimizni bilishimiz kerak.
* Komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi deb ehlon qilindi. Komil inson deganda biz, avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, mahrifatli kishilarni tushunamiz.
* Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qola oladigan yagona kuch – mahrifatdir. Millatning madaniy saviyasi uning o’z tarixiga bo’lgan munosabati bilan belgilanadi.
* O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Buni davlat siyosati darajasiga ko’tarish zarur va shunday bo’ldi ham.
* Faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo’lgan xulosalargina bizga to’g’ri yo’lni ko’rsatadi.
* Ma’naviyat, mahrifatni targ’ib qilish har bir ziyolining vijdon ishidir. Har bir ziyoli fidoiy mahrifatchi bo’lishi kerak.
* Inson uchun tarixidan judo bo’lish – hayotdan judo bo’lish demakdir.
* Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson. Uni yo’ldan urish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o’rgatadi. Tarix qadimiydir. Xorazm davlati 2700 yillik tarixga ega. Bundan 3 ming yil avval “Avesto” bizning zaminimizda yaratilgan.
* Milliy birligimiz, madaniyatimiz ildizlari, tomiri o’troq bo’lgan. “O’zbek” degan nom SHayboniyxon davridan meros emas, balki qadimiy millat bo’lib shakllangan. O’zbek tom mahnoda bunyodkordir.
* “Qurhoni Karim”ni yod bilgan Amir Temurdek inson yovuz bo’lmagan. Qonxo’r odamning “Kuch – adolatda” deyishi mumkin emas. Prezidentimiz I.A.Karimov Amir Temurning “Kuch – adolatda” degan g’oyasini rivojlantirib “Kuch – bilam va tafakkurda” g’oyasini ilgari surgan.
* O’zbek xalqining iligi to’q, baquvvat. Biz o’zbekligimizdan farlanamiz va g’ururlanamiz.
* Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixning tag-tomirigacha nazar tashlaymiz.
* Tarix – xalq ma’naviyatining asosidir.
* Biz Beruniylarga, Buxoriylarga, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Mirzo Boburlarga vorismiz.
* Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo’lmaydi. CHunki mafkuraning falsafiy asoslari o’z davrida tarixiy haqiqat tufayli tug’ilgan. Tarix va falsafa mantiqiy ravishda bir-biri bilan uzviy bog’liq, uni o’rganish kerak. O’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz kerak.
* Fan – jamiyat taraqqiyotini olg’a siljituvchi kuch va vositadir.
* Izlanish, bahs, munozara bor joyda haqiqat yuzaga chiqadi.
* Dovyurak, zamonaviy fikrlaydigan, xalqaro anjumanlarda bahslasha oladigan olimlar (etishmaydi) zarur. Tarixchi mutaxassis kadrlarni tayyorlashni yaxshilash, tarixga ixtisoslashgan maktablar ochish lozim. Yosh istehdodli olimlarni akademiklar safiga kiritish zarur. O’zR FAsining Tarix, SHarqshunoslik, Etnografiya institutlari faoliyatini takomillashtirish darkor. Oliy o’quv yurtlarida tarixchi mutuxassis olimlar faoliyatini tanqidiy nazoratdan o’tkazish lozim.
* Har bir xalq o’z tarixini har xil tahsir va tajovuzlardan asrashi kerak.
* Haqqoniy tarixni bilmasdan, uni falsafiy tahlil qilmasdan turib, o’zlikni anglash mumkin emas. Biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur.



Yüklə 381,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin