Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar



Yüklə 381,93 Kb.
səhifə3/70
tarix25.12.2023
ölçüsü381,93 Kb.
#194044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org

MUSO AL-XORAZMIY (783-850). Buyuk matematik, astronom va geograf. U algebra fanining asoschisi. «Algebra» so’zi uning «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala» asaridan olingan. Bizgacha yetib kelgan «hind hisobi haqida kitob», «qo’shish va ayirish haqida kitob», «Kitob surat-ul-arz», «Zij», «Asturlob bilan ishlash haqida kitob» kabi o’nga yaqin asari mashhurdir.
Beruniy o’zining “Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kabi asarlarida jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlash zarurligini, qonun ustuvorligini talqin etgan. Beruniy davlat shakli mamlakatni shohlar ­ mutloq hokimlik emas, balki maorifatparvar shohlar boshqarishi tarafdori edi.


ABU NASR FOROBIY (873-950). «SHarq Aristoteli» nomini olgan qomusiy olim. 160 dan ortiq asar yaratgan. «Mantiqqa kirish kitobi». «Isbot kitobi», «Falsafaga izoxlar», «Musiqa haqida katta kitob», «Inson aozolari haqida kitob». «Lug’atlar haqida kitob», «SHaharni boshqarish», «Fazilatli hulqlar» kabi asarlari jahon madaniyatiga qo’shilgan katta hissadir.
SHu davrning yirik namoyondalardan biri Abu Nasr Forobiy o’zining “Fozil odamlar shahri” asarida insoniyat jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishining muayyan tabiiy - davlatga bo’lgan eqtiyojlarning paydo bo’lishini, unda adolat va axloqning shakllanishi qonuniyatlarini nazariy tamoyillarini yaratganligi bilan mashhurdir. U - «Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo’lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, Hamma bab-barobar bo’ladi, kishilar o’rtasida farq bo’lmaydi, har kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar chin mahnosi bilan ozod bo’ladilar. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton bo’lmaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo’ladi». SHu tariqa olim bugun bizning tasavvurimizdagi demokratik davlat shakllari va unda boshqaruvning siyosiy va falsafiy mohiyatini yaratishga erishadi. Masalan, fozillar shaharining (davlat nazarda tutilgan) tarkib topishi va unda qanday axloqiy sifatdagi shaxsning raqbar bo’lishi tasniflari bugungi demokratik jamiyat qurishning bevosita nazariy talablari bilan uyqun keladi. Bu borada Abu Nosir Forobiy - «Ularning o’zlaridan saylangan raqbar yoki boshliqlar hokimi mutloq bo’lmaydi. Ular odamlar ichidan ko’tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, raxbarlikka loyiq kishilar bo’ladilar. SHuning uchun bunday raxbarlar o’z saylovchilarini to’la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muqofaza qiladilar», deb davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta’minlash bilan bog’liq axloqiy va madaniy qadriyatlarni tizimlashtiradi. Ehtiborli jihati shundaki, Forobiy qarashlaridagi «hokimi mutloq bo’lmasligi», «saylovchilar irodasi», «ozodlik» kabi fikrlari nafaqat shu davrda, balki, bugunda ham insoniyat madaniyati noyob mahsuli hisoblangan - demokratiyaning bosh g’oyasi bo’lib xizmat qiladi.



Yüklə 381,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin