Reja: O’zbekistonda ko’ppartiyaviylikning rivojlanishi Siyosiy partiyalar huquqiy maqomi va vazifalari Demokratik institutlar tasnifi O’zbekistonda ko’ppartiyaviylikning rivojlanishi



Yüklə 50,86 Kb.
səhifə3/4
tarix30.09.2023
ölçüsü50,86 Kb.
#151161
1   2   3   4
6. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati.

3. Demokratik institutlar tasnifi
Demokratik institutlar – bu, davlat va jamiyatda demokratik tuzumni shakllantiruvchidemokratik tamoyillarni amalga oshirishning tashkiliy shakllari hisoblanadi. Umumiy demokratik institutlarga yuqori davlat organlarining saylanishi, saylovchilar yoki deputatlar oldida saylab qo’yiladigan organlarning mas’uliyati va hisobdorligi, vakolat muddati tugaganida saylab qo’yiladigan davlat vakillik organlari tarkibining almashinib turishi kabilarni kiritish mumkin.
Demokratik institutlarning shakllari
Har bir mamlakat demokratik institutlarni, xususan parlamentarizm va ko’ppartiyaviylikni shakllantirishda o’z yo’liga ega. O’zbekiston ham bundan mustasno emas. O’zbekiston tanlab olgan yo’lning o’ziga xosligi sobiq sovet totalitar, yakkapartiyaviylik tizimining uzoq vaqt hukmronlik qilganligi bilan izohlanadi. Mustaqillikning ilk yillaridayoq yakkapartiyaviy diktatga barham berildi va ko’ppartiyaviy siyosiy tizimni shakllantirish maqsad qilib olindi. Yakka partiya hukmronligi bartaraf etilgandan so’ng jamiyatimizda siyosiy plyuralizmning vujudga kelishi, siyosiy partiyalarning shakllanishi bilan bog’liq jarayonlar shiddat bilan boshlanib ketdi. Biroq bu yo’l birdaniga yoki dabdurustdan, biror-bir xorijiy mamlakat andozasini qabul qilish evaziga emas, balki asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab olindi.
1992 yil 8 dekabrda Respublika Konstitusiyasi qabul qilingandan so’ng, siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun muhim huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Qisqa fursat ichida mamlakatimizda huquqiy asosda, parlamentda faoliyat ko’rsatuvchi partiyalarning shakllanish jarayoni sodir bo’ldi.
Mustaqillik yillarida respublikada siyosiy institutlarning mafkuralarning, fikrlarning xilma-xilligiga asoslangan va fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda keng ishtirok etishini ta’minlaydigan yangi demokratik siyosiy tizimning negizlari vujudga keldi. Demokratik jamiyatning muhim omillaridan biri bo’lgan ko’ppartiyaviylik tufayli mustaqillik yillarida O’zbekistonda siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari vujudga kelib, ular ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning obyektiv jarayoniga aylandilar.
Siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etib, tegishli organlarga o’z vakillarini o’tkazish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatida ishtirok etadi. Shu bilan birga siyosiy partiyalar zamonaviy jamiyat tizimining muhim qismi bo’lib, ular davlatning siyosiy yo’nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Huquqiy-demokratik davlat qurish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ko’ppartiyaviylikning rivojlanishiga, mustaqil, faol aholining keng qatlami tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan siyosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlarining shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishiga katta ahamiyat berildi.
Alohida ta’kidlash kerakki, “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi Konstitusiyaviy Qonunning qabul qilinishi mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlab, siyosiy partiyalar demokratik tamoyillar asosida faoliyat yuritishlari uchun imkoniyatlar yaratdi. Darhaqiqat, 2-moddasida siyosiy partiyalar fraksiyasi siyosiy partiyadan ko’rsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan deputatlar birlashmasi ekanligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko’pchilik o’rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi ko’pchilikni tashkil etishi, o’z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O’zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko’pchilikni tashkil etishi mumkinligi kabi qoidalar o’z aksini topdi.
Mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyatini erkinlashtirishga doir islohotlar natijasida ularning jamiyatdagi o’rni ancha yuksalib bormoqda. Siyosiy partiyalarning demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko’rsatishlarini ta’minlash maqsadida ularning qonunchilik asoslari yanada rivojlantirildi. Ikki palatali parlamentni shakllantirish islohotlarini amalga oshirish bilan bog’liq holda siyosiy partiyalar Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy vakillik organlari deputatlari nomzodlarini tanlash va ko’rsatish, saylov kampaniyalarini o’tkazishda asosiy siyosiy institut funksiyasini bajarishga o’tdilar.
Har qanday davlatda vakillik demokratiyasi shakllanishini siyosiy partiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohotlar jarayonida siyosiy partiyalarning rolini oshirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Ular faoliyatining qonuniy asoslari mustahkamlanib, vakolatlari kengaytirilmoqda. Natijada siyosiy partiyalarning islohotlar ijtimoiy samarasini yanada oshirishda mas’uliyati kuchayib, hozirda xorijiy mamlakatlar olimlari, xalqaro ekspertlar


Yüklə 50,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin