tartib – bularning hammasi o‘quvchilarni intizomlilik va davlat mulkini ehtiyot qilish ruhida tarbiyalash uchun katta ahamiyatga egadir.
Sanitariya – gigiнena qoidalariga amal qilgan holda ovqat tayyorlash ozodalikni, sanitariya – gigiyena qoidalariga to‘la rioya etishni talab qiladi. Ko‘pincha, oshqozon – ichak kasalliklari va ovqatdan zaharlanish sababchisi oshxona buyumlari va qurilma – moslamalarining sanitariya holatiga javob bermasligi, ovqat tayyorlash jarayonida yo‘l qo‘yilgan pala-partishlik va betartiblik hamdir.
Mahsulotlarni dastlabki tayyorlashga ham pishirish yoki qovurishdagi holatlariga e‘tibor berish zarur. Yuqori sifatli va yangi xom go‘shtda ham mikroblar bo‘lishi mumkin, shuning uchun bunday go‘shtni boshqa mahsulotlar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bilan birga qo‘yish tavsiya etilmaydi. Xom go‘shtni to‘g‘rash uchun ishlatilgan pichoq va oshtaxta qaynoq suv bilan yaxshilab yuvilishi lozim. Xom go‘shtni bo‘laklarga bo‘lish uchun alohida oshtaxta va pichoq tutish tavsiya etiladi. Go‘sht qiymalagichni ishlatishdan avval qaynoq suvda chayib olish kerak.Go‘sht va baliq qiymada mikroblar ayniqsa tez ko‘payadi, shuning uchun qiymalarni bevosita, ovqat tayyorlashdan oldin hozirlash yoki xarid qilish kerak.Qiymali go‘shtdan tayyorlangan barcha taomlar yaxshilab qovurilishi kerak. Dastlabki ishlov berish jarayonida xom baliq oqib turgan ichimlik suvida yuvilishi kerak: baliq birinchi marta tangachalari bilan va ichak – chovoqlari olib 15 tashlangach ikkinchi marta yuviladi.Turli sabzavotlar va mevalar ham suvni oqizib qo‘yib yuvilishi kerak.Yangi tayyorlangan taomni ilgari tayyorlangan taom bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi. Sutning ustini ochiq holda qoldirish mumkin emas.