sun`iy shamollatiladigan bo‘lishi me`yorda tabiiy va sun`iy yoritilgan ish o‘rni bo‘lishi, havo temperaturasi qishda 14-16 0 S, yoz davrida esa 20 0 S dan oshmasligi kerak. Yoritish uchun tabiiy yorug‘likdan yoki sharoitga qarab kunduzgi yorug‘lik lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘quv ustaxona devorlari silliq bo‘lib, yorqin bo‘yoqlar bilan shipi oq bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta`minlaydi. Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan bezatilishiga ham e`tibor berish kerak. Yorqin, fiziologik jihatdan asoslangan bo‘yoqlar jihozlarning turli qismlari, ishlanuvchi ob`ektlar bilan ustaxonaning umumiy foni o‘rtasida yaqqol farq bo‘lishini ta`minlaydi. Ustaxonalardagi shovqin va tebranishning kamayishiga shovqin yutuvchi va tebranishni yo‘qotuvchi jihozlardan, eng to‘g‘ri mehnat usullaridan foydalanish yo‘li bilan erishilishi mumkin. O‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalarni joylashtirish vaqtida yong‘inga 14 qarshi choralarga, mehnatni muhofaza qilish va sanoat sanitariyasi talablariga rioya qilish zarur, ustaxonalar asbob-uskunalar bilan to‘ldirilib yubormasligi kerak. Tikuv mashinalar va ularning orasidagi o‘tish yo‘llari belgilangan me`yorlar darajasida bo‘lishi lozim. Dastgohlar, tikuv mashinalarning oxirgi qatorlari bilan ustaxona devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi kerak. Ustaxonada qo‘l yuvish, ustki va maxsus kiyim-kechaklar saqlanishi uchun sanitariya-gigienik talablariga rioya qilgan holda shart-sharot yaratilgan bo‘lishi kerak. Ustaxonalarning maydonidan oqilona foydalanish, ularning toza bo‘lishi, asbob-uskunalarning to‘g‘ri turishi, estetika talablariga rioya qilish va namunali