Taom tayyorlashda tagi yarim sharsimon idishlardan, qozonlardan foydalanish ham o‘zbek pazandachiligining o‘ziga xosligidir. Pazandachilik har bir xalqning turmush va madaniyati doirasidagi estetik, axloqiy e‘tiqodiy aloqalarini ifodalovchi rasm-rusum, an‘analar mehmondo‘stlik
16 kabi urf-odatlar, xalqning turmush tarzi va tarixiga bog‘liq bo‘ladi. Pazandachilik boshqa san‘at tarmoqlari kabi o‘ziga xos ―janr‖lari bor. Bular o`zbek pazandalagida: oshpazlik, palovpazlik, kabobpazlik, nonvoylik, qandolatchilik, mantipazlik kabilardir. O`zbek oshpazligi va pazandaligi san`atning boshqa turlari kabi doimo o`zgarib takomillashib borgan. Pazandalik fors-tojik tilidan olingan bo`lib, ―pazidan‖ pishirmoq ya`ni pishirmoqlik degan ma`noni anglatadi. Ovqatlanish odam sihat-salomatligining, uzoq umr ko`rishini garovi, yaxshi kayfiyatning vositasi mehnatga bo`lgan qobiliyatning omilidir. Pazandachilikning asosini taomlarning xilma-xil va lazzatli bo`lishini ta`minlash, ularni did bilan dasturxonga tortish tushuniladi.