Rеja: Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari


Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.Orbeli tomonidan, hayvonlarda P.K.Anohin, odamlarda esa N.A.Bernshteynlar tomonidan o'rganilgan



Yüklə 371,43 Kb.
səhifə4/5
tarix16.05.2023
ölçüsü371,43 Kb.
#114037
1   2   3   4   5
1MI-22IMS-Nekboyeva Sangcha-Psixologiya

Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.Orbeli tomonidan, hayvonlarda P.K.Anohin, odamlarda esa N.A.Bernshteynlar tomonidan o'rganilgan.
Psihologik ma'lumotlarga ko'ra, gavdaning fazodagi holati, sezgirligi statik sezgilarda o'z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo'lib, ular o'zaro bir-biriga perpendikulyar bo'shliqda tutash holatda yotadi.
Sezgining quyidagi turlari mavjud:
  • Eshitish sezgilari;
  • Tam bilish sezgilari;
  • Teri sezgilari;
  • Mustaqil harakat(kinestetik);
  • statistic sezgilari;
  • Organik sezgilari;

Ranglar quyidagi turlarga ajratiladi:
Hromatik ranglar psihofiziologik qonunga ko'ra yorug`lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o'tib singanda hosil bo'ladigan rangga aytiladi va ularga kamalak ranglar, ya'ni qizil, zarg`aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko'k, binafsha tuslarini qamrab oladi.
Ahromatik ranglar odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko'rinishlariga aytiladi.
Kolbachalar yordami bilan hromatik, ya'ni kunduzgi ranglar ko'riladi.
Tayoqchalar yorug`likni yahshi sezuvchan bo'lib, hira va qorong`u paytlarda o'z funksiyasini bajaradi, ahromatik ranglarni aks ettiradi.
Uch rangli sezgi nazariyasining asosiy qoidalari 1756 yilda M.V.Lomonosov tomonidan bayon qilingan bo'lsa, 1856 yildan keyin nemis fizigi G.Gelmgols tomonidan uni to'la isbotlab berilgan
Ushbu nazariyaga binoan to'r pardaning kolbachalarida uchta asosiy element mavjuddir, ulardan birining qo'zg`alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi qo'zg`alishi yashil rang sezgisi va uchinchi qo'zg`alishi binafsha rang sezgisini hosil qiladi. Nazariyaga ko'ra yorug`lik to'lqinlari birdaniga uchta elementni bir hilda qo'zg`atsa, oq rang sezgisi vujudga keladi. Lekin yorug`lik to'lqinlari ikki yoki uch elementga ta'sir qilsa-yu, ammo bu bir tekis kechmasa, u holda sezuvchi elementlardan har birining qanchalik qo'zg`aluvchanligiga qarab, har xil rang sezgilari namoyon bo'ladi.
Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo'lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi tonli, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi.
Ta'm bilish sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho'r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ta'm bilish sezgilarining organi tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidan tashkil topgan. Tilning shilliq pardasida maxsus ta'm bilish so'rg`ichlari mavjud bo'lib, ularning tarkibi tayoqchasimon hujayralardan tuzilgan maxsus ta'm bilish “kurtaklari”ga ega. Ta'm bilish so'rg`ichlari til yuzasida bir tekis taqsimlanmaganligi uchun uning orqa qismi achchiqni, uchi shirin mazani, chetlari esa nordon mazani sezadi.
Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo'lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili bu retseptorlarning tarkibi va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidadir.
Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega:
Birinchisi tegish va tarqalishini tuyish sezgilari;
Ikkinchisi esa silliq yoki g`adir – budurni tuyish bilan tavsiflanadi..
Psihologiyada tuyish tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari zichligi ekstiziometr asbobi yordami bilan o'lchanadi. Asbob keriladigan ikki oyoqli sirkuldan tashkil topgan, bo'lib, uning o'zagidagi darajalar oyoqlarning uchlari o'rtasidagi masofani o'lchaydi.
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po'stining orqadagi markaziy nuqtasida joylashgan deb tahmin qilinadi. Tuyish sezgilarining tashqi, ya'ni fizik sababi bu biron- bir narsalarning teriga bevosita tegishidir.
Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar deb nomlanib, ularga og`irlikni, qarshilikni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari–gavda muskullari, paylar, bo‘g`imlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo'lib, ularning ta'sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi.
Muskul – harakat sezgilarining fizik sababi muskullarga ta'sir etuvchi narsalarning mehanik tazyiqi va gavda harakatlaridir.
Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilari deb ataladi.
Organik sezgilarga quyidagilar kiradi:
  • Og`riq sezgilari;
  • Nohush tuyg`ular;
  • Ochlikni sezish.

Sezgilarning hususiyatlari quyidagilardan iborat:
Sifat – mazkur sezgining asosiy hususiyati bo'lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi doirasida o'zgarib turadi. Sezgining jadalligi uning miqdorini ifoda etadigan hususiyat bo'lib, ta'sir kelayotgan qo`zg`atuvchining kuchi va reteptorning funksional holati bilan belgilanadi. Sezgining davomiyligi uning vaqtinchalik hususiyati hisoblanadi.
Bilinar – bilinmas sezgi hosil qiluvchi qo`zg`tuvchining minimal kuchi sezgirlikning quyi chegarasi deyiladi.
Sezgi chegarasining me'yori ?anchalik kichik bo'lsa, mazkur analizatorning sezgirligi shunchalik yuksak bo'ladi.

Yüklə 371,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin