Reja: ”Sharq yulduzi” jurnalida e’lon qilingan romanlar tahlili


”Kitob dunyosi” gazetasida e’lon qilingan qissalar tahlili



Yüklə 142,5 Kb.
səhifə3/7
tarix01.06.2022
ölçüsü142,5 Kb.
#60344
1   2   3   4   5   6   7
Sharq yulduzi” jurnalida 2011-2020 yillarda chop etilgan hikoyalar biografiyasini tuzish.

3.”Kitob dunyosi” gazetasida e’lon qilingan qissalar tahlili.
“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” hamda “Kitob dunyosi” gazetalarining 2013-yilgi sonlarida eʼlon qilingan hikoyalarda ana shu masalalarning koʻtarilayotganligi quvonarli holdir. “Kitob dunyosi” gazetasi sahifalarida ijodkorlarimiz asarlarining jahon adabiyotining mashhur namoyandalari ijodi bilan yonma-yon berilishi nafaqat adabiyotshunoslarimizni, balki oʻquvchilarimizni ham asarlarni tanqidiy koʻz bilan kuzatishga ruhlantirayapti.
2013-yil bu ikki gazetada chop etilgan jami hikoyalar soni 80 ga yaqin. Ular adabiyotimizning oʻq tomiriyu tanasiga aylangan ijodkorlardan tortib, badiiy ijod olamiga endi qadam qoʻyayotgan, hali kitobxonu adabiy jamoatchilikka yaxshi tanish boʻlmagan qalamkashlar hikoyalaridan iborat.
Qoʻchqor Norqobilning “Nozi,… Nozigul” (“Kitob dunyosi”), “Oqibat daraxti” (“OʻzAS”) hikoyalari eʼlon qilingan. “Nozi,… Nozigul” hikoyasi bir muhabbat haqidagi anʼanaviy uslubda yozilgan. Mavzu garchand yangi boʻlmasa-da, muallif muhabbatning boqiyligi, koʻngilga tashrif buyurgan ilk tuygʻuning yillar oʻtgani sayin mustahkamalanishi haqida yana bir bor eslatadi. Ammo asarda bugungi ijtimoiy hayotimizning katta muammolari aks etgan, deya olmaymiz. Shunday boʻlsa-da, syujet va kompozitsion qurilish jihatidan ancha mukammal hikoyalar sirasiga kiradi. Adibning ikkinchi hikoyasi “Oqibat daraxti” abadiy mavzulardan biri boqiy qadriyatlarimiz haqida. Koʻchat ekib, bogʻ yaratish, uni kelajak avlodlarga meros qoldirish asriy anʼanalarimizdan biri. Lekin bu meros haqida har kimning oʻz hayot falsafasi bor. Yozuvchining asl maqsadi ham shu, bu falsafa kimga qanday xizmat qiladi. Oʻtgan yili nashr etilgan hikoyalar orasida Abduqayum Yoʻldoshning “Koʻrinmas farishtalar” (“Kitob dunyosi”) hikoyasi kundalik turmushda uchrab turadigan, ammo eʼtiborimizdan chetda qoldirishimiz mumkin boʻlgan “yaxshilik farishtalari”, aniqrogʻi, insonning oʻzini oʻzi taftish qilishi haqida. Hikoyada muallif qahramonning mulohazalari orqali insonning tizginsiz nafs oqibatida uning quliga aylanib qolishidan oʻquvchini ogohlantiradi. Har bir insonning ichki meni, uning oʻzi bilan oʻzi kurashuvini badiiylashtiradi.
Abdunabi Boyqoʻziyev “Toʻqol kampir” (“Kitob dunyosi”) hikoyasida xalqona qarash va ijtimoiy motivlarga yangicha nigoh bilan yondashib, taʼsirchan syujet yarata olgan. Toʻqol kampirning oʻtmishi misolida bugungi kun muammolarini ham koʻrsatadi. Hikoya chuqur dramatizm bilan yozilgan. Muallif qahramon xarakterini chizishda hech qanday ortiqcha taʼrif tavsiflardan foydalanmaydi. Oddiygina qilib “Nosqovoqni bolam deb ovundi”, deyilishining oʻzi Toʻqol kampirning holatini koʻz oldimizda gavdalantiradi.
Eʼlon qilingan hikoyalarning soni va salmogʻiga nazar tashlaydigan boʻlsak, oʻzbek hikoyachiligi rivojlanishda davom etayotganidan quvonib, adabiyotimizda voqeaga aylanadigan hikoyalar yaratilishi, “adabiyotdagi izlanish, yuksalish ruhi”ning balandlashishidan umidvor boʻlib qolamiz.


Yüklə 142,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin