Reja: ”Sharq yulduzi” jurnalida e’lon qilingan romanlar tahlili


Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romani atrofida munozaralar



Yüklə 142,5 Kb.
səhifə5/7
tarix01.06.2022
ölçüsü142,5 Kb.
#60344
1   2   3   4   5   6   7
Sharq yulduzi” jurnalida 2011-2020 yillarda chop etilgan hikoyalar biografiyasini tuzish.

6.Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romani atrofida munozaralar.
Izzat Sulton yozadi:"Men Qodiriydan: "O'tkan kunlar" romaningiz voqeiy asarmi, deb so'radim". "Yo'q, - dedilar u kishi, - romandagi besh-o'n foiz ayrim tarixiy voqealar, shaxslargina voqeiy. Qolganlari yozg'uvchining mahorati..."
Bu javob mening "O'tkan kunlar"ga bo'lgan e'tiqodimni juda susaytirdi. To'g'risi, shunday deb javob berganlari uchun xafa ham bo'ldim. Chunki o'sha choqqacha men "O'tkan kunlar"ni voqeiy asar deb yurardim..."
Habibullo Qodiriy: Dadamning:
- O'zbek oyim - bu Josiyat bibing, Oftob oyim xonim bibing, Kumush esa - Oykumush opang, - deb kulganlarini xotirlayman.
Garchi Qodiriy bu so'zlarni kulib aytgan bo'lsalar ham o'ylab turib, bunga ishongiz keladi. Chunki Qodiriy ishora qilgan shaxslar nazarimda xuddi roman qahramonlariga o'xshar edi. Josiyat bibim - dumbul, tabiatli, gapdon, bir uy xotinni o'z og'ziga qaratib o'tiruvchi, uncha-munchani pisand qilmovchi, omi bo'lsa ham donolikda hatto dadamdan o'zini yuqori tutuvchi, qiziq fe'lli ayol edi. Bibim hamma to'ylarga ham "kavshim ko'chada qolgan emas", deb boravermas, borsalar ham to'y albatta u kishining ra'iga qarab jo'nashtirilar edi. Bibim bug'doyrang, quralayko'z, cho'ziqa moyil kelishgan yuzli, baland, mutanosib qomatli edilar. U kishi, to'y, mehmonlarga borsalar, qorami, mo'kmi dakana ustidan, dika ro'mol o'rar, ko'zlariga surma qo'yar, egnilariga xonatlas ko'ylak, ustidan mursak, oyoqqa amirkon mahsi kavsh kiyar edilar. Movzin qomatlariga bu kiyimlar shunday yarashib tushardiki, chindan O'zbek oyimga aylanar edilar...
Xonim bibim - oyimning onasi, o'rta bo'y, chiroyli oq yuzli, yumshoqtabiat, mayin so'zli, mulohazali ayol edilar. Ular ba'zan biznikiga mehmon bo'lib kelsalar, uyimiz go'yo to'lib ketganday bo'lardi. Dadam bibini juda hurmat qilar, "oyi" deb atar edilar.
Oykumush opam - qo'ng'iroqdek tovushli, aql-idrok, husnda haqiqatdan Kumushni eslatuvchi edi.
Eshonguzar mahallamizda mulla Alijon ismli dadamning domlasi bo'lardi. Qodiriy bu kishini "ham ustoz, ham yetuk inson" deb nihoyatda hurmat qilardilar. Domlaning yaxshi xislati shundaki, u oqko'ngil, kibrsiz, ta'magir emas, sabr-qanoatli, kamtar, mutolaasi zo'r olim, der edilar otam. Domlaning ichki dunyosi ham nurga to'lgan kabi edi. Gapni o'ylab, bosiq, sodda, yoqimli so'zlardilar. Soz'alrida mantiqsiz ortiqcha iboralar mutlaqo bo'lmas, tinglovchi go'yo huzurlanar, yana-yana tinglasam der edi. Bunday otalar garchi ko'p uchrasa-da, negadir ayniqsa bu kishini Yusufbek hoji obraziga juda-juda o'xshataman.
Asar voqealari asosan ikki shaharda: Toshkent va Marg'ilonda bo'lib o'tadi. Ko'proq bilganim Marg'ilon shahri bo'lgani uchun shunga to'xtalaman. Asar Marg'ilondagi markaziy bozor yaqinidagi musofirlar saroyi tasviri bilan boshlanadi. Bu joy hozirda ham mavjud bo'lib, Marg'ilon shahrining markazidan Go'ravval tarafga ketishdadir. Kumushbibining mahallasi ham shu yerda. Otabek bilan Kumushni uchrashtirgan ariq hali ham bor. (Mana shu ariqqa teskari yo'nalishda ikki mahalla kezilsa, bizning xonadonga boriladi). Shu ko'chadan ozgina yuqoriga yurilsa asarda tasvirlangan jome' masjidi (Xonaqa masjidi) va poyabzal rastasiga chiqiladi. (Ilgari bu yerda juda katta hunarmandlar, kosiblar bozori bo'lgan, hozirda esa ulgurji savdo bozoriga aylangan).
Garchi Marg'ilonning tarixiy darvozalari aslicha saqlanmagan bo'lsa-da, nomlari o'shaligicha qolgan: Toshloq, Qo'qon, Yormozor...
"O'tkan kunlar"da Usta Olimning mahallasi "B..." mahalla deyiladi. Poyabzal rastasidan yuqori tomondagi bu mahalla menimcha Bahrin mahallasidir. Bu mahalla asarda aytilganidek, Marg'ilon shimoliy darvozasiga yaqindir. Hatto bu mahhalladan ancha uzoqda hozirda Usta Olim mahallasi mavjud. Mening ayamlar shu mahallada o'sishgan. Lekin buning asardagi Usta Alimga dahli bormi-yo'qligini aniq bilmayman. "O'tkan kunlar" da Usta Alimning yori Saodatning uyi "Ch..." mahallasida, otasi miltiqsoz bo'lgan deyiladi. Menimcha bu Childuxtaron mahallasi bo'lib (Bu mahhalada Uvaysiy tug'ilgan), Miltiqsoz mahallasi bilan yonma-yondir. Bu mahalla ham hunarmandlar rastasiga yaqindir.
Asarda birnecha marta ta'kidlangan "Ho'ja Ma'oz" mozori hozirda ham mavjud. hali ham ko'hna chinorlar, qabrlar o'sha-o'sha. Aytishlaricha, bu yerga sahobalardan Mu'oz r.a. dafn etilgan ekanlar. Bu mozor ziyoratgoh joy bo'lib, Qodiriyning o'zlari ham bu mozorda tunab qolgan ekanlar.

Yüklə 142,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin