Reja: ”Sharq yulduzi” jurnalida e’lon qilingan romanlar tahlili


Oybek lirikasida tabiat va inson tasviri



Yüklə 142,5 Kb.
səhifə7/7
tarix01.06.2022
ölçüsü142,5 Kb.
#60344
1   2   3   4   5   6   7
Sharq yulduzi” jurnalida 2011-2020 yillarda chop etilgan hikoyalar biografiyasini tuzish.

8.Oybek lirikasida tabiat va inson tasviri.
Musavvir tomonidan chizilgan manzara rangtasvirga xos badiiy ifoda shakl va usullari vositasida retsipiyentga muayyan tuygʻu-fikrlarni yetkazadi. Zero, musavvir tabiat manzarasini qalbidan oʻtkazib, oʻz his-tuygʻularini boʻyoqlarga qorishtirib ijod qiladi. Ayni damda, u odamlarga tabiatni xuddi oʻzi koʻrganiday, his etganiday koʻrsatishga intiladi. Bu borada rangtasvir sanʼati imkoniyatlari juda keng va muttasil boyib boradi. Uning bu boradagi yutuqlaridan boshqa sanʼat turlarida, xususan, badiiy adabiyotda ham keng foydalanilgan va foydalanilmoqda. Yaʼni adabiyotda ham obʼyektni soʻz vositasida xuddi musavvir chizganiday tasvirlash, fikr-tuygʻularni koʻproq koʻrimli (vizual) obrazlar bilan ifodalashga intilishning kuchaygani buning yaqqol dalilidir.
Mumtoz adabiyot va u bilan parallel ravishda rivojlanib kelgan mumtoz miniatyura sanʼatlaridan farqli holda, zamonaviy oʻzbek adabiyotida ham, tasviriy sanʼatida ham obʼyektni jonli, ayni damda, realistik tasvirlash tamoyili kuchaydi. Endi ijodkor borliqni mumtoz sanʼatlardagi kabi shartli unsurlar asosidagina koʻrmay, balki obʼyektning mavjud holida goʻzallik va hikmat koʻrishga intiladi, yaʼni estetik nigohning moʻljali qayta sozlanadi. Oʻtgan asr avvalida zamonaviy rangtasvir, teatr va kinematografiyaning ifoda shakllari oʻzaro uygʻun holda sanʼatning yangi bir bosqichiga asos soldi desak, mubolagʻa boʻlmas. Chunki ahamiyati kundan kunga ortib borayotgan vizual sanʼatlarning taʼsiri badiiy adabiyotni, xususan, sheʼriyatni ham chetlab oʻtmaydi. Endi shoir oʻquvchining estetik ehtiyojiga monand sheʼrda tasviriylikka, his-tuygʻularini vizual obrazlar asosida ulashishga intiladi. Zamonaviy oʻzbek sheʼriyatining rangtasvir bilan sintezidagi dastlabki yorqin namunalarni Oybek ijodida kuzatish mumkin:

Botdi quyosh − qiz,


Yondi uzoqda
Atlas etagi.

Oybek tabiatni shunchaki chizmagan. Bir qarashda bu oʻrinda “chizmoq” soʻzini qoʻllash erish tuyuladi. Boisi, sheʼr misralarida manzara detallashtirilmagan. Shoir yaratgan manzara real hayotdagi koʻrinishidan birmuncha farq qilib, unga ijodkorning real manzaradan olgan taassurotlari yigʻindisi sifatida qarash mumkin. Chunki bu sheʼrni oʻqib ongimizda gavdalanadigan manzara turli tasviriy detallar vositasida emas, balki yaxlit taassurotlar asosida namoyon boʻlayotganini his qilamiz. Sheʼriy parchada goʻzal manzara – kunning botishi lahzalari tasvirlanadi. Keling, oʻsha goʻzal manzarani real hayotdagi koʻrinishini eslaylik: botayotgan quyosh qizgʻish tusga kirgan. Ufq chizigʻi boʻylab uning faqat yarmigina bizga koʻrinadi. Atrofidagi bulutlar esa qizilga moyil, ammo turli ranglarda tovlanadi. Butun ufq boʻylab oʻsha qizil rang, qizillik hukmron… Agar obrazli qilib ifodalashga ehtiyoj tugʻilsa, bu xuddi atlasdan libos kiygan qizil yuzli qizni yodga soladi. Oybek esa manzarani biz kabi detallar asosida chizib oʻtirmaydi. U oʻzida real manzara uygʻotgan ilk taassurotni qalamga oladi va oʻquvchini ham manzarani shunday koʻrishga undaydi. Sheʼrxon manzarini kuzatish asnosida muayyan taassurot hosil qilmaydi, aksincha, taassurotlar asosida yaxlit manzarani koʻradi. Sheʼrni oʻqirkansiz, real koʻrinishdan ozroq farqlanuvchi, koʻproq taʼsirlantiruvchi manzara koʻz oldingizda namoyon boʻla boshlaydi. Xuddi shunday tasvirni shoirning “Kechqurun”, “Qish kechasi”, “Yalta kechasi”, “Yoz kechasi”, “Dengizda oqshom”, “Naʼmatak” va boshqa koʻplab sheʼrlarida ham kuzatishimiz mumkin:


Suvlarda sekin oʻynar,


Oltin qayiqchalardek,
Quyosh alangalari…
Gʻurub yongʻini qoplar,
Samo yuzi anordek,
Bulutlar atlas kabi…
Ufqlar qulochiga
Sigʻmagan buyuk dengiz
Chayqalar sekingina.
Suvlar quyosh sochiga
Oʻralashib tinimsiz
Oʻpar qirgʻoqni asta…

Oybekning “Dengizda oqshom” sheʼri 1930 yilning oktyabr oylari Sochida yozilgan. Demak, sheʼr bevosita dengiz qarshisida bitilgan boʻlishi mumkin. Bu sheʼr ham shoirning koʻplab asarlari qatori toʻlaligicha manzara tasviriga bagʻishlanadi. Shoirga manzaraning har bir unsuri nimanidir eslatadi: “oltin qayiqcha”, “samo yuzi anordek”, “atlas bulutlar”, “ufqlar qulochi”, “quyosh sochi”, “oʻpar qirgʻoqni” kabi obrazlar ana shu taassurotlarning mahsulidir. Eʼtibor qilsangiz, kichik tashbehlar asosida tabiatning butun koʻrinishi namoyon boʻlmoqda. Bu oʻrinda shoir poetik nigohining oʻtkirligi, tasvirlash mahorati shunchaki goʻzal tashbehlar topa bilganidagina emas, birinchi navbatda, oʻsha tashbehlarning vizual (koʻrimli) ekanidadir. Oybek dengizni shunday tasvirlaydiki, oʻquvchi manzarani xuddi koʻzlari bilan koʻrib turganday zavqlana boshlaydi.


Adabiyot – soʻz sanʼati demak. Uning har qanday ifodaviy imkoniyati soʻz bilan chegaralanadi. Ayni damda, soʻzning ifodaviy imkoniyati cheksiz ekanligini taʼkidlamoq zarur. Yuqorida aytib oʻtganimizday, ijodkor soʻz vositasida ham oʻquvchiga musavvirlarday tasvir asosida taʼsir oʻtkazish imkoniyatiga ega. Yaʼni musiqa va tasviriy sanʼatning ifodaviy imkoniyatlaridan keng foydalanishi mumkin. Shoir badiiy ifodada boshqa sanʼat turlari imkoniyatiga murojaat etarkan, muayyan soʻz, jumlaning badiiy-tasviriy imkoniyatiga jiddiy ahamiyat qaratadi.


Musavvir tomoshabinni lol qoldirish maqsadida ranglarni mahorat bilan tanlasa, Oybek oʻquvchi uchun soʻzlarni marjondek teradi. Agar Oybekning eʼlon qilingan sheʼrlari bilan shu sheʼrlarning qoʻlyozma va boshqa toʻplamlardagi variantlari taqqoslab koʻrilsa, tahrir jarayonida soʻzning leksik xususiyatiga, tasviriy koʻlamiga katta eʼtibor qaratilganini sezish qiyin emas. Shoirning “Ogʻochliklarda” nomli sheʼri uning “Mukammal asarlar toʻplami”da quyidagi misralar bilan boshlanadi:


Bahor – quyoshning oltin kulgusi


Yashil yaproqlarda yashnab oʻynaydi.

Oybekning mazkur asari koʻlyozmasi bilan tanishganda, shoirning kichik stilistik tahririga, ammo sheʼrdagi katta ifodaviy-tasviriy yangilanishga guvoh boʻlamiz:


Bahor – quyoshining oltin kulgusi


Yashil yaproqlarda sekin oʻynaydi.

Oybek tasvirdagi gʻalizlikni sezgan holda qoʻlyozmadagi “sekin” soʻzini “yashnab”ga alishtiradi. Albatta, bahor yangilanish, yasharish fasli. Oʻquvchi bahoriy yellar hirpiratib turgan yam-yashil yaproqlarda yorqin nurlarning sekin harakatini aslo tasavvur qilolmasdi. Aslida, bunday oʻxshatish kuz fasli tasvirlariga mos kelardi. Sheʼrda “sekin” soʻzining “yashnab”ga oʻzgartirilishi esa tasvirning toʻkis va jonli boʻlishini taʼminlaydi.


Yuqoridagiga yaqinroq misolni Oybekning “Yana kuz” sheʼrida uchratamiz. Bu safargi tahrir tasvirdagi kuzga xos xarakterni kuchaytiradi:


Ogʻochlardan yaproqlar


Shitirlashib toʻkilar…

Ikkinchi misra qoʻlyozmada “Shildirab toʻkilar”… shaklida uchraydi. Avvalo, shildirab soʻzi maʼno nozikliklari bilan koʻproq suvga, yayrab oqayotgan suvga nisbat beradi. Hazonrezgi esa, ongimizda “shitirlash” bilan, shuni ifodalovchi “shitirlamoq” soʻzi bilan muhrlangan.


“Samarqand oqshomi” nomli sheʼrning ilk misralari qoʻlyozmada quyidagicha keladi:


Yotogʻiga bosh qoʻyar


Quyosh uzoqda.

Tahrirdan soʻng u mana bu shaklga kelgan:


Yotogʻiga bosh qoʻyar


Quyosh – oltin qiz.

Qoʻlyozma variantida tasvirdan koʻra oddiy tavsif ustun, yaʼni quyosh botayotgani haqida oddiy xabar berildi (bamisoli quyosh botayotgani haqidagi radioreportaj). Buning oʻzi manzarani jonli koʻrish uchun oʻquvchiga juda kamlik qiladi. Quyoshning oltin qizga mengzalishi esa ufqdagi oltin rang va sirti qizlar yuziday qizil quyosh tasvirini yorqin ifodalaydi. Bu oʻrinda ham shoir taassurot asosida tasavvurimizda manzarani jonlantirish uchun yetarli sharoit yaratgan. Natijada, oʻquvchi manzarani toʻliq, ayni damda, goʻzal badiiy jilolari bilan kashf etishga muyassar boʻladi. Oybek oʻz sheʼrlari bilan tabiatning butun goʻzalligini, shu goʻzallik insonga berishi mumkin boʻlgan zavqni koʻrsatib berishga urinayotganday goʻyo. Uning bu ijodiy niyatini roʻyobga chiqarishga rangtasvirga xos ifoda vositalari yordam beradi. Soʻz vositasida vizual obrazlar yaratishga moyillik shoirning xorijiy adabiyotlardan, rangtasvirdan ilhomlangani bilan izohlanadi. Oybekning bu yoʻldagi tajribalari sheʼriyatimizning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishda gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻldi.




Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Quronov D. Oʻylashgan undovchi asar. Sharq yulduzi / 2010 y, 6-son. B.15.
2. Sulton I. Boqiy darbadar. Sharq yulduzi / 2010 yil, 6-son. B.40.
3. Ziyo.uz internet tarmog’i.
Yüklə 142,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin