Reja: T. Maltusning iqtisodiy qarashlari


F.List va Germaniya tarixiy maktab asoschilari P.J. Prudon va K. Rodbertusning iqtisodiy g’oyalari



Yüklə 23,83 Kb.
səhifə6/6
tarix17.09.2023
ölçüsü23,83 Kb.
#144467
1   2   3   4   5   6
Reja T. Maltusning iqtisodiy qarashlari J. S. Millning iqtisodi-fayllar.org

F.List va Germaniya tarixiy maktab asoschilari P.J. Prudon va K. Rodbertusning iqtisodiy g’oyalari.
Milliy qalb, milliy xarakter, milliy taqdir - shu va shunga o’xshash tushunchalar XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Germaniya jamoatchiligi fikriga singib kirmoqda edi. Tarixiy maktab vakillari tarixdan bo’lak yana nima milliy bo’lishi mumkin, degan fikrlarga asoslanib siyosiy iqtisoddan tarixiy usul o’rnini ko’rsatishga harakat qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod orqali tabiiy xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog’liq holda rivojlanadigan milliy xo’jalikni o’rganishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ydilar.
Fridrix List (1789-1846 yy.) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida boy hunarmand oilasida tug’ildi. U o’qishni 15 yoshda tugatib, hunarmandchilik ustaxonasida otasiga shogird bo’lib ikki yil ishladi. Keyinchalik Vyurtemberg qirolligida turli lavozimlarda ishlab, bir vaqtning o’zida Tyubingen universitetini huquq mutaxassisligi bo’yicha tugatdi. 1817 yildan shu universitetning Davlat boshqaruvi amaliyoti kafedrasi professori bo’lib ishladi. List 28 yoshida liberal yo’nalishdagi taniqli publisist, radikal burjua-demokratik islohotlarning qat’iy tarafdori sifatida tanildi. U 1847 yil Bryussel shahrida bo’lib o’tgan iqtisodchilar kongressida o’zining aniq ehtirosli fikrlari, siyosiy yetukligi va kuchli notiklik qobiliyati bilan ko’pchilikning e’tiborini o’ziga qaratdi. List 1819 yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta’minlash maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»ni tuzdi.
F.List 30 yoshida Vyurtemberg parlamenti a’zosi bo’lib, o’zining keng demokratik islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi. Bunday siyosiy chiqish Listga qarshi kuchlar shakllanishiga sabab bo’ldi. Natijada u 1825 yilda Germaniyani tark etib, AQShga doimiy yashash uchun ketdi. Dastlab u fermerlik bilan shug’ullandi, keyinchalik nemis gazetalarining muharriri bo’ldi hamda sanoat sohasida tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. F.List Angliya sanoati bilan raqobat qiluvchi Germaniya va AQShda sanoat rivojlanishi xususiyatlarini chuqur o’rganib, Amerika taraqqiyoti uchun iqtisodiy dasturni tayyorladi.
1832 yildan F.List Evropaga qaytib AQShning Leypsigdagi elchisi bo’lib ishladi. Shuningdek u Leypsig-Drezden temir yo’lini qurish maqsadida Germaniyada birinchi bo’lib hissadorlik uyushmasini tashkil etdi. F.List o’zining uchinchi va oxirgi emigrasiyasidan so’ng Parijda uch yil yashadi. U o’zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy muammolarni keng o’rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi manfaatlarining ifodachisi bo’lgan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o’zining «Siyosiy iqtisodning milliy sistemasi» (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni yaratish vazifasini o’rtaga qo’ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari to’g’risidagi ta’limot unga asos bo’lishi kerak edi. F.List davlatning faoliyatini, dinni, ahloqni, ma’naviyatni va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo’shdi.
F.Listning ta’limotiga ko’ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, «millatning ruhi» (toj-taxtning meros bo’lib qolishi, huquq, sud, armiya, polisiya va shu kabilar) yaratadi.
F.List ta’limotida xo’jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to’g’risidagi g’oyalar katta o’rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bosqichga: badaviylik, cho’ponlik, dehqonchilik, dehqonchilik-manufaktura, dehqonchilik - manufaktura - savdo bos-qichlariga bo’ladi. Bunday bo’lishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning o’sishini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, bir yoqlama rivojlanishdan - qishloq xo’jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikrni isbotlashdan iborat edi.
Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., Sharq, 1998.


  1. Aristotel. Soch. v 4-x t. M.; Misl, 1975-83.


  1. Artxashastra ili Nauka politiki. M-L, Izdatelstvo AN., 1959.


  2. Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. 7-37b.


5.Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. O’quv qo’llanma. T., O’zbekiston, 2003. 5-22b.


1



http://fayllar.org
Yüklə 23,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin