Reja T. Maltusning iqtisodiy qarashlari J. S. Millning iqtisodi-fayllar.org
Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni) Rikardo taklif qilgan iqtisodiy tamoyillariga amal qilinayotgan bir paytda iqtisodchilar uchun aholining ko’payishi muammosi dolzarb hisoblanar edi, ular aholi sonining oshib ketishining dahshatli natijalaridan qutilish uchun Maltusning nazariyasida keltirilgan oilalarda homiladorlikdan saqlanish vositalaridan foydalanishni taklif qila boshladilar. Bu xulosalar aholining homiladorlikdan saqlanish vositalariga nisbatan cherkov va keng ommaning doimo kuchli qarshiligi sababli nozik iboralar bilan taklif qilingan. Makkuloxdan tashqari, o’sha davrdagi yetakchi iqtisodchilarining ko’pchiligining shaxsiy qarashlari homiladorlikdan saqlanishning turli vostilaridan foydalanish tarafdorlari bo’lishgan, lekin ular o’z fikrlarini ommaga yetkazishda juda ehtiyotkor bo’lishgan.
Rikardoning tahliliy tizimida, Maltusning aholi borasidagi g’oyasi muhim element hisoblanadi. Rikardo iqtisodning asosiy maqsadi daromadning taqsimlanishini belgilovchi omillarni izohlashi kerak degan fikrga ega bo’lgan va u ayniqsa uzoq vaqt oralig’ida daromadning taqsimlanishiga ta’sir eta oluvchi kuchlarga qiziqish bildirgan. U bu muammoni daromad taqsimlanishi qoldiq qiymati nazariyasi bilan hal qilishga harakat qilgan. Yer uchun to’lanadigan renta miqdori ijara haqini belgilab beradi: daromadning qolgan qismi ish haqi va foydani tashkil etadi. Bu vaziyatda Maltusnning “Nufus qonunidagi” g’oyalari asosiy rol o’ynaydi. Uzoq davom etadigan vaqt mobaynida ish haqi darajasi Maltus ta’limotiga ko’ra ish haqi darajasi aholining yashash darajasi minimumiga teng bo’ladi va qolgan daromad ijara haqi va foydaga bo’linadi. Shunday qilib Rikardoning taqsimot nazariyasi Maltusning aholi nazariyasiga butunlay bog’liqdir. 1830 yilning ikkinchi yarmiga kelib Rikardoning iqtisodiy ta’limotlarini rad etuvchi ko’plab ma’lumotlar yig’ildi, o’sha vaqtlarda Rikardo ta’limotining asosiy g’oyasi bo’lmish uzoq muddatga mo’ljallangan davrda daromadlar taqsimotidagi o’zgarishlarni tushuntirishga ojizlik qildi.1 T.Maltusning yozishicha, uning kitobi nashrdan chiqqan kungacha bironta mamlakat o’z hududida aholi zichligi juda oshib ketganidan o’zini etarli hajmda iste’mol mollari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo’lmagan. Eng avvalo, tabiiy muhit imkoniyatlari bilan aniqlanuvchi iqtisodiyot o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlari doirasidan chetga chiqishga qodir emas.
T.Maltus o’z nazariyasini asoslab berishda tuproq unumdorligining pasayib borish kontseptsiyasidan foydalangan. Agar bitta er uchastkasining o’ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shunday nisbatda hosildorlikning o’sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham bog’liq bo’ladi. U berishi mumkin bo’lgan narsadan ortiqchasini undan olib bo’lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat qancha harakat qilmasin, qishloq xo’jaligidan u oladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori faqat arifmetik progressiyada o’sadi (eslatib o’tamiz, arifmetik progressiyada o’sish 1,2,3,4,5 ... ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi), aholining soni esa geometrik progressiyada o’sadi va 25 yilda ikki barobar ko’payadi (eslatib o’tamiz, geometrik progressiyada o’sish 1,2,4,8,16 ... ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan 2 barobar ko’p bo’ladi). Agar yer aholisi asr boshida 1 mlrd. bo’lsa, asr oxiriga kelib u 8 mlrd. tashkil etadi, yashash vositalari esa to’rtdan birga ko’payadi.