o‘rinbosar tovarlarga (ekin ekiladigan er, birinchi xolatiy extiyoj tovarlari asosiy
o‘quv qo‘yilmalari) ega bo‘lmasa, narx bo‘yicha talab noo‘zgaro‘yvchan bo‘ladi.
Buni misollarda ko‘rib chiqamiz. Tufliga bo‘lgan narx oshib ketsa, iste‘molchilar
uni kamroq sotib oladilar, arzon baholi shippak va kalishlarga talab oshib ketadi.
Va aksincha, tufli narxi pasaysa, iste‘molchilar ko‘proq pullarini ko‘proq tufli
sotib olishga sarflashadi, shunga muvofiq ravishda shippak va kalishga bo‘lgan
talab qisqarib ketadi. Qisqasi ikkita tovar bir birini o‘rnini bossa, ulardan birini
narxi bilan boshqasiga talab o‘rtasida turli aloqadorlik bor. Non, tuz, guruch kabi
mahsulotlar yashash uchun juda zarar mahsulotlardir. Ularning narxi oshib ketgan
chog‘da ham, pasayib ketgan chog‘da ham ularga bo‘lgan talabda sezilarli
o‘zgarish bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra talab chizmasining og‘ishida ham o‘zgarish
kam bo‘ladi. Shunday tovarlar guruxi borki, ular bir-birlarini to‘ldiruvchi
hisoblanib, birga «odimlaydi»lar. Ularga talab bir vaqtda qo‘yiladi, borlangan
talabga ega.
Masalan, o‘rmon mahsulotlari narxining past bo‘lishi, uy-joy qurulishda
ishlatiladigan shag‘al, tsement, g‘isht, mix, oxak, kraska, elektr tushirish
hvositalari kabi mahsulotlarga talabni oshiradi. O‘rmon mahsulotlari narxining
o‘sishi esa, bu mahsulotlarga bo‘lgan talabni kamaytiradi. Binobarin, qo‘lyog‘och
taxta va boshqa kurilish materiallariga bo‘lgan talab bir-biriga bog‘liq, ular bir-
birlarini to‘ldiradilar. Ikkita tovar bir-birini to‘ldiruvchi hisoblansa, ulardan
birining narxi bilan ikkinchisiga talab o‘rtasida teskari bog‘liqdik bor. Odatda,
juda ko‘p juft tovarlar o‘zaro bog‘langan tovarlar bo‘la olmaydilar. Ular mustaqil
bir-birlari bilan xech qanday bog‘liqligi yo‘q tovarlar hisoblanadilar. Bolta va
tesha, ko‘ylak va paxta, bolalar uyinchog‘i va tokar dasgohi, tsement va televizor
kabilardan birining narxini o‘zgarishi ikkinchisiga bo‘lgan talabga xech ta‘sir
etmaydi.
Dostları ilə paylaş: