qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish kelishuvlari
Марказий банкдаги ҳисоблар
qarz majburiyatlariga investitsiyalar
lizing operatsiyalari va hokazolar
mijozlar uchun hisob-kitob va kassa xizmatlari
bank kafolatlarini taqdim etish
mijozlarning valyuta shartnomalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish
konversiya amaliyotlari
brokerlik va depozitar xizmatlari
plastik kartalar bilan amaliyotlar
ishonchli boshqarish amaliyotlari
faktoring xizmatlari
depozit saqlash va boshqalar
Daromad bilan bir qatorda banklarning yetarli xarajatlari mavjud:
foizlar bo‘yicha xarajatlar: talab qilib olingungacha bo‘lgan depozitlar hisobvaraqlari, muddatli omonatlar, Markaziy bank va boshqa tijorat banklariga to‘lovlar, to‘lanadigan kreditlar bo‘yicha;
foizsiz xarajatlar: komission xarajatlar va xizmatlar uchun xarajatlar (masalan, bank reklamasi yoki tadbirlarni o‘tkazish), xorijiy valyuta kursining salbiy o‘zgarishlaridan yo‘qotishlar, investitsiyalar va boshqalar;
operatsion xarajatlar: ish haqi xarajatlari, bank binolarini ijarasi va boshqa xarajatlari, xizmat safarlari, amortizatsiya, sug‘urta, soliqlar va boshqalar;
birlashmalarga a'zolik badallari uchun to‘lovlar va fuqarolar omonatini kafolatlash fondiga mablag‘lar to‘lovlari.
Yuqorida aytilgan daromad va xarajatlarning o‘rtasidagi farqi tijorat banklarining foydasi hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, omonatlar va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari nima uchun farq qilishini tushuntiradi. Har qanday jarayonning keyingi taqdiri uning har tomonlama chuqur tahlil etilishiga asoslanadi. Ayniqsa, iqtisodiy jarayonlarning takomillashuvi va rivojlanishini iqtisodiy tahlilsiz tasavvur etish mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti davrida banklar Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganlaridek, iqtisodiyotning qon tomirlari hisoblanar ekan, ular faoliyatini tartibga solish, muvofiqlashtirish muhim masalalardan biri bo‘lib qolaveradi. Chunki banklar iqtisodiyotda kredit munosabatlari va hisob-kitoblarda vositachi vazifasini bajarar ekan, barcha iqtisodiy subyektlarning barqaror faoliyat yuritishi bank tizimining barqarorligi bilan chambarchas ravishda bog‘liq bo‘lib qoladi. Banklar ish yurituvchilar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida ularni doimiy ravishda kredit mablag‘lari bilan ta’minlab turadilar. Bundan tashqari barcha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar banklar orqali amalga oshi riladi. Shunday ekan, iqtisodiy munosabatlarning barqarorligi va samaradorligini bank faoliyatisiz, uning barqaror rivojisiz amalga oshirish mumkin emas. 6 Banklar barqaror va samarali faoliyat yuritmasa, uning mijozlari o‘z faoliyati uzliksizligini ta’minlashining iloji bo‘l may qoladi. Mijozlar faoliyati ko‘p jihatdan banklarning likvidliligi, to‘lov qobiliyati va samarali faoliyat yuritishiga bog‘liq. Bugungi kunda dunyo hamjamiyatini qamrab olgan, 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqrozining asosiy sabablaridan biri sifatida, – «...banklar likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zaifligi bilan bog‘liq muammo ning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag‘larining etishmasligi bilan izohlanadi».1 Yuqorida bildirilgan fikrlarning barchasi tijorat banklari faoliyati bilan butun iqtisodiy jarayonlarning uzluksiz ravishda bog‘liqligini bildiradi. Shunday ekan, banklar faoliyatini izchil, chuqur va ilmiy asoslangan ravishda uzluksiz tahlil etib borish, ular faoliyatining barqarorligini ta’minlash muhim iqtisodiy masalalardan biri bo‘lib qolaveradi va ulkan ahamiyat kasb etadi. Bank faoliyatini tahlil etish uchun bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha iqtisodiy jarayonlarni har tomonlama chuqur his etmoq, anglamoq zarur bo‘ladi. Buning u chun esa eng avallo, bankning mohiyati, bajaradigan vazifalari, ush bu vazifalarni bajarish asoslari, usullari, xullas, butun bank faoliyatiga tegishli jarayonlarni his etmoq lozim. Bank faoliyatini yuritish uchun lozim bo‘lgan mablag‘lar va ularning manbalari, o‘z mablag‘lari hamda majburiyatlari tarkibi, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash masalalari, ushbu mablag‘larni samarali yo‘naltirish, bankning likvidliligi, to‘lov qobiliyatini ta’minlash asoslari kabilar chuqur o‘rganilmog‘i zarur. 1 Karimov I.. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. –T.: «O‘zbekiston», 2009-y. 8-bet. 7 Yuqorida bildirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, Bank faoliyati tahlili fanining predmeti, bu bank faoliyatini o‘zida aks ettiruvchi iqtisodiy jarayonlarni uzsluksiz ravishda o‘rganish dan iborat. Bank faoliyati tahlili fani banklarga muomaladagi bo‘sh mablag‘larni jalb etish, o‘z mablag‘larini to‘plash va boshqarish, jamlangan passivlarni aktiv operatsiyalarga joylashtirish, aktivlarni boshqarish, daromad va xarajatlarni shakllantirish hamda mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy jarayonlarni o‘rganadi. Har qanday tahlil kabi bank faoliyati tahlili jarayonida birinchidan, haqiqiy holat o‘rganiladi, ikkinchidan, haqiqiy holat normativ ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi, uchinchidan, olingan natijalarga ta’sir etuvchi omillar va ularning bank faoliyatiga ta’siri tahlil qilinib faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan bank boshqaruviga takliflar tayyorlanadi. Shunday ekan, Bank Boshqaruvi tomonidan bank faoliyati samaradorligini oshirish uchun qabul qilinadigan qarorlar, albatta, bank faoliyati tahlili natijalariga asoslanadi. Qabul qilingan qarorlarning samarasi faoliyat tahlili natijalarining nechog‘lik to‘g‘riligiga proporsional ravishda bog‘liq. Bank faoliyati tahlilining asoslari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi: • birinchidan – bank balansi ma’lumotlari (1-ilova); • ikkinchidan – bank daromadlari va xarajatlari (moliyaviy natijalar) balansi (2-ilova); • uchinchidan – bank buxgalteriyasi analitik va sintetik hisob raqamlari ma’lumotlari (hisobvaraqlar rejasi 3-ilova). Bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu banklarda kunlik balans hisobotlari tuzilishidir. Har bir ish kuni oxirida bankning har bir filiali tomonidan balans tuziladi va u Respublika Boshqaruvi tomonidan umumlashti- 8 riladi. Bu holat bank faoliyatini tezkor ravishda tahlil qilib borish imkoniyatini yaratadi. Bankning daromadlari va xarajatlari balans ma’lumotlariga asosan uning daromadlari manbalari, miqdori, xarajatlarining turlari va hajmi hamda faoliyat samaradorligi tahlil qilinadi. Bank faoliyatini operativ (tezkor) tahlil qilishda analitik va sintetik hisob raqamlar aylanmalari va qoldig‘idan foydalaniladi. Shunday ekan, 1, 2, 3-ilovalarda keltirilgan ma’lumotlar bank faoliyatini tahlil qilishning asosini tashkil etadi. Bundan tashqari, bank faoliyati tahlilining huquqiy asoslari bo‘lib, uning faoliyatini asoslovchi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qaror va yo‘riqnomalari hisoblanadi. Ulardan eng asosiylari «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risidagi», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi» qonunlar hisoblanadi. Tijorat banklari faoliyatini to‘g‘ri tahlil qilishda Markaziy bankning, banklar faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan talablari, Nizomlari, Normativ hujjatlarini bilish va ularga to‘liq rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida qayd etilgani kabi tahlil natijalari Bank Boshqaruvi, Bankning kuzatuv kengashi va Aksionerlarning umumiy yig‘ilishlarida qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. To‘g‘ri qabul qilingan qarorlar esa birinchidan, bank faoliyatamaradorligini oshirishga xizmat qilsa, ikkinchidan, uning kreditorlari va omonatchilari manfaatlari himoyalanadi va uchinchidan, bank aksiyadorlari va mijozlarining bankka bo‘lgan ishonchlari o shib boradi.
Tijorat banklari faoliyati tahlilining turlari asosan, belgilangan maqsad va vazifalarga bog‘liq. Bundan tashqari, tahlil amalga oshirilayotgan zamon va makon, tahlil obyekti va subyektlari masalalari ham inobatga olinmog‘i zarur. 15 Tijorat banklari faoliyatini tahlil etish subyektlari nuqtayi nazaridan ular ikki turga: birinchidan, tashqi va ikkinchidan, ichki tahlilga bo‘linadi. Banklarning tashqi tahlili asosan, Markaziy bank, tashqi auditor tashkiloti va soliq inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Ichki tahlil, odatda, bankning ichki audit guruhi, tegishli departament va boshqarmalar hamda har bir bank xodimining funksional vazifalari yuzasidan amalga oshiriladi. Tijorat banklari faoliyati tahlili tashqi va ichki subyektlar tomonidan amalga oshirilishi quyidagi chizmada aks ettirilgan. Tahlilni amalga oshiruvchi subyektlar Tashqi Markaziy bank Tashqi audit tashkiloti Soliq inspeksiyasi Ichki Ichki audit boshqarmasi Mustaqil departament va boshqarmalar Bank xodimlari 1-chizma. Tashqi moliyaviy tahlil kompleks ravishda amalga oshiriladi, lekin u tahlil etuvchining maqsadiga muvofiq farqlanadi. Markaziy bank tomonidan o‘tkaziladigan kompleks tahlilning asosiy maqsadi bank barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Banklar tomonidan Markaziy bankning iqti- 16 sodiy normativ lariga rioya qilish darajasi o‘rganiladi. Buning uchun Markaziy bankning maxsus inspeksiyasi tomonidan Banklarning o‘z mab lag‘lari tarkibi, uning monandligi, bank aktivlarining likvidliligi va risklilik darajasi, kredit va investitsiyalarning tasniflanishi hamda muammoli kredit va investitsiyalarni qoplash uchun zarur bo‘lgan zaxiralarning haqiqatda tashkil etilganligi o‘rganiladi. Haqiqiy holat iqtisodiy normativlar bilan taqqoslanadi va undan chekinishlar mavjud bo‘lgan taqdirda harakatdagi qonun-qoidalar doirasida chora-tadbirlar belgilanadi hamda qonunga muvofiq zaruriy jazolar ko‘rilishi mumkin. Harakatdagi qoidalarga muvofiq har bir Bank har yili bir marta tashqi auditdan o‘tish va uning tegishli xulosalariga ega bo‘lmog‘i kerak. Tashqi audit tashkiloti Bank aksionerlarining umumiy yig‘ilishida tanlanadi. Yirik banklar o‘zining imidjini oshirish maqsadida xalqaro audit tashkilotlarini tanlashlari mumkin. Tashqi audit tashkilotlari ham kompleks tarzda banklar faoliyati tahlilini amalga oshiradi. Audit jarayonida bank faoliyati natijalarining xalqaro andozalarga mos kelish darajasi o‘rganiladi. Audit xulosasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiflar hamda xalqaro bank faoliyatiga mos ravishda hisobot yili natijasi baholanadi. 2012-yil natijalari bo‘yicha umumiy aktivlari mamlakat bank tizimi aktivining 90 foizidan ortig‘ini tashkil qiladigan 14 ta Bank «Fitch Reyting», «Mudis» va «Standart end Pur» kabi yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror» degan yuqori reyting bahosini olishga muvaffaq bo‘ldi. Soliq inspeksiyasi tomonidan ham bank faoliyati tahlili kompleks ravishda amalga oshiriladi. Ushbu kompleks tahlildan maqsad, albatta, Bank tomonidan davlat budjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini nazorat qilishdan iborat. Buning uchun ins- 17 peksiya tomonidan dastlab, bank daromadlarining hisobotlarda o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirilishi, soliqqa tortiladigan daromad miqdorining to‘g‘ri hisoblanganligi, xarajatlar tarkibi va ularning haqiqiyligiga hamda daromaddan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarning haqiqiyligi, to‘liq va o‘z vaqtida budjet hisob raqamlariga o‘tkazilganligi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, soliq inspeksiyasi bank tomonidan to‘- lanishi lozim bo‘lgan boshqa soliq turlari, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya to‘lovlari kabilarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishiga ham e’tibor qaratadi. Shu bilan birga, bank tomonidan harakatdagi to‘lovlar ketma-ketligiga rioya etish darajasi ham o‘rganiladi. Ichki tahlilning asosiy maqsadi, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgandir. Bunda faoliyatdagi qonun va qoidadan chetlashishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, bankning har operatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar aniqlanishi lozim. Tahlil natijasida Bank boshqaruvi va Kuzatuv kengashiga zarur informatsiyalar taqdim etish, hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. Bank faoliyatini yoki ayrim regionlar doirasida kompleks ravishda tahlil qilish bank ichki audit xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Ayrim faoliyat turlari bo‘yicha tahlil asosan ushbu faoliyatni tashkil etish uchun tuzilgan departament yoki boshqarmalar xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bankning har bir operatsiyasi yuzasidan asosiy tahlil esa joriy ravishda ushbu operatsiyani amalga oshirish uchun mas’ul hisoblangan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bu uning funksional vazifalari sirasiga kiradi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, tashqi tahlil ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bo‘lib, kreditorlar, investorlar, omonatchilar, auditorlar va boshqa bank faoliyati bilan qiziquvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. 18 Ichki tahlil natijalaridan foydalanuvchilar esa faqat bank bo‘linmalari hisoblanadi. Bu ma’lumotlardan bank rahbariyati, ya’ni Bank boshqaruvi va Kuzatuv kengashi tomonidan operativ qarorlar qabul qilish uchun foydalaniladi.
Operativ, joriy va istiqbolli tahlillar bankning ichki tahlili hisoblanadi. Ular asosan, amalga oshirilayotgan bank operatsiyalarini baholash, unga ta’sir etayotgan omillarni aniqlash, kelgusida faoliyat samaradorligini oshirish uchun istiqbolli chora-tadbirlar belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Operativ tahlil odatda har bir operatsiyani amalga oshi rishi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Joriy va istiqbolli tahlillar bankning ichki apparati tomonidan amalga oshirilib, qaror qabul qilish uchun bank boshqaruviga taqdim etiladi. Bank boshqaruvi tahlil natijalarini umumlashtirgan holda faoliyat samaradorligini yaxshilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Bundan tashqari iqtisodiy adabiyotlarda tahlil boshqaruv obyektiga qarab moliyaviy va boshqaruv tahliliga ajratilgan holda o‘rganiladi. 20 Moliyaviy tahlilda pul mablag‘larining harakati, daromadlar tarkibi va miqdori, xarajatlar tarkibi, moliyaviy natijalari, moliyaviy resurslar, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari va faoliyat rentabelligi kabilar hisob tizimi va moliyaviy hisobotlar ma’lumotlaridan foydalangan holda o‘rganiladi. Boshqaruv tahlilida asosan bankka chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘larini samarali boshqarish, passiv va aktiv operatsiyalarini muvofiqlashtirish, kredit portfelini boshqarish, mehnatning tashkil etilishi, asosiy vositalar va yordamchi materiallardan samarali foydalanish, daromad va xarajatlarni boshqarish kabilar nazarda tutiladi. Yuqorida bildirilgan fikrlardan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Bank faoliyati tahlilining turlari har xil bo‘lishiga qaramasdan, ulardan tahlil jarayonida o‘rganilayotgan ko‘rsatkichning mazmun-mohiyatiga qarab turli usullarni qo‘llab, taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farqlar va bu farqlarni keltirib chiqargan omillar aniqlanadi. Bank faoliyati tahlili jarayonida ma’lum bir bankning faoliyatini boshqa bir bankning faoliyati bilan taqqoslab o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega. Bir bankning regionlardagi filiallari faoliyatining turli jabhalarini taqqoslash orqali Bank boshqaruvi ilg‘or amaliyot tajribasini ommalashtirish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Respublikamizda O‘zbekiston Respublikasi banklari assotsiatsiyasi qoshida tashkil etilgan «Axbor Reyting» kompaniyasi tomonidan mavjud barcha banklarning har choraklik va yillik faoliyatlari natijalari xalqaro andozalarga asoslangan holda tahlil qilinadi. Uning natijalariga asosan bank faoliyati baholanadi. Bu o‘z navbatida, banklar tomonidan raqobat muhitida uning raqobatbardoshligini oshirish uchun faoliyatining qaysi jihatlarini samarali boshqarish haqida chora-tadbirlar belgilashiga yordam beradi. Bank faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qilishda 21 statistikada qo‘laniladigan guruhlash, iqtisodiy indekslash, zanjirli almashtirish, balans, korrelyatsiya, regressiya, matritsa kabi metodlardan har tomonlama foydalaniladi. Hozirgi zamon bank texnologiyalari, turli matematik dasturlardan oqilona foydalanish faoliyat tahlilining tezkorligi va samaradorligini oshiradi.