Reja: Umumiy qoidalar


III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINING TABIATNI MUHOFAZA QILISh SOHASIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYATLARI



Yüklə 196,75 Kb.
səhifə7/23
tarix07.01.2024
ölçüsü196,75 Kb.
#207705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
1,1

III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINING TABIATNI MUHOFAZA QILISh SOHASIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
12-modda. Insonning yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqi va bu muhitni saqlab qolish borasidagi burchi
O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘z salomatligi va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, o‘z salomatligini atrof muhitning zararli ta’siridan muhofaza qilish huquqiga ega.
Ana shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi aholisi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof tabiiy muhitning ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga doir axborotlarni talab qilish va olish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi aholisi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishi, ekologiya talablariga rioya etishi shart.
13-modda. Tabiatni muhofaza qilish jamoat birlashmalarining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiatni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi jamoat birlashmalarining vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qabul qilingan ustavlarida belgilab qo‘yiladi.
(13-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunning 10 — 12-moddalari.
IV. ATROF TABIIY MUHIT SIFATINI NORMATIVLAR BILAN TARTIBGA SOLISh
14-modda. Atrof tabiiy muhit sifatining normativlari va standartlari
Xo‘jalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga zararli ta’siri atrof tabiiy muhit sifatining aholining ekologiya jihatidan xavfsizligini, tabiiy resurslarni tiklash va muhofaza qilishni kafolatlovchi normativlari va standartlari bilan cheklab qo‘yiladi.
Hududiy-ishlab chiqarish majmuilarini tarkib toptirishda, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilishni rivojlantirishda hamda shaharlar, boshqa aholi punktlarini qayta qurish va ta’mirlashda atrof tabiiy muhitga bo‘ladigan ta’sirning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan me’yorlari belgilanadi.

Yüklə 196,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin