Reja: Umumiy qoidalar


-modda. Ekologik normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash



Yüklə 196,75 Kb.
səhifə8/23
tarix07.01.2024
ölçüsü196,75 Kb.
#207705
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
1,1

15-modda. Ekologik normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar atrof muhitga ta’sirning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori darajalarini tartibga soluvchi ekologik va boshqa yo‘sindagi mezonlarni ishlab chiqishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologik normativlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq tasdiqlanadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kimyoviy dori-darmonlarni qishloq xo‘jaligida ishlatishga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ruxsat etiladi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.
V. TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANIShNI TARTIBGA SOLISh
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Tabiiy resurslardan foydalanish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiiy resurslardan foydalanishga tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish, tabiat majmualari yaxlitligini saqlab qolish, jonli tabiat obyektlarining yashash va o‘sish muhiti buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, boshqa tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning huquqlarini buzmaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 196,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin