#6.1 Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi.
A. Smit metodologiyasi.Olim o’z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba'zi bir shunday tabiiy
xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog’liq emas, degan xulosaga
asoslanadi. Ana shunday xususiyatlardan bir egoizm bo’lib, odamlar o’z xo’jalik
faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim shaxsininggina manfaatlari
jamiyat manfaatlariga mos tushadi, deb uktirdi u . har bir odam o’z shaxsiy
manfaatini ko’zda to’tadi, ammo bu holatda ko’p boshqa holatlardagi kabi, u
ko’rinmas qul tomondan uning niyatida ham bo’lmagan maqsad sari
yo’naltiriladi.Bunda u ongli ravishda xususiy manfaatlarga intilganidan ko’ra
ko’proq haqkoniy ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. "Ko’rinmas qo`l" -
bu ob'ektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. Bu qonunlar odamlarning
xoxish-irodasidan kat'iy nazar, odatda unga qarama-qarshi harakat qiladi. har bir
odam ko’proq foyda olish uchun kapitalni imkoni boricha qulay ishga
joylashtirishga o’rinadi, chunki u jamiyatning emas, balki avvalo o’zining shaxsiy
manfaatini ko’zlaydi. Ammo inson o’z shaxsmiy manfaatini o`ylagan paytda, bu
holat tabiiy, yoki aniqrog`i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, odam jamiyat
uchun ko’proq naf keltiruvchi mashg`ulotni tanlaydi va shu ish bilan
shug`ullanadi. Shunday qilib, Smitning ta'rifi bo’yicha, foyda ketidan quvish va
raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi (biz Sovet hokimiyati
davrida ma`lum yillar davomida bu fikrga qarshi kurashib keldik).
Iqtisodiy rivojlanishning shaxsiy manfaat va stixiyali qonunlarning o’zaro
nixoyatda samarali harakati sharoitlarini A.Smit "tabiiy tartib" deb atagan. A.Smit
va uning izdoshlari bu tushuncha bir tomondan iqtisodiy siyosatning tamoyili va
maqsadi bo’lsa, ikkinchi tomondan bu iqtisodiy harakatni o’rganish uchun nazariy
konstruksiya yoki modeldir. Demak, jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror
harakat bilan cheklanmaslik kerak, degan xulosa chiqarishiladi.
Bu tamoyilga ko’ra quyidagilar taklif etiladi:
Ishchi kuchining erkin harakati;
Savdoda (yer savdosida ham) to’la erkinlik;
Sanoat va ichki savdoni xukumat tomonidan reglamentasiya qilishga qat'iy
qarshilik;
Erkin tashqi savdo (proteksionizmga qarshi).
Olimning bu g’oyalari keyinchalik to’la amalga oshdi.A.Smit kapitalistik
jamiyatni tabiiy tuzum bilan bir deb tushungan, shuning uchun kapitalistik
munosabatlar abadiy, kapitalistik xo’jalik namoyandalarining xususiyatlari
odamning tabiiy xususiyatlari kabidir, deb izohlaydi (bu fikrning qanchalik
to’g’riligini tarix ko’rsatadi). A.Smitning tushunchasi bo’yicha iqtisodiy hayot
shunday jarayonki, u ayrim kishilarning xoxishiga bog’liq bo’lmagan ob'ektiv
qonunlarga buysunadi bu qonunlar tabiiyodir, insonning tabiatidan kelib chiqqan
xo’jalikning "tabiiy" qonunlarini ochishga intilgan olim amalda kapitalistik ishlab
chiqarishni tadqiq etdi.A.Smit iqtisodiy haqiqatga oid faktlarni qanday bo’lsa
shunday holda, bevosita kuzatuvchiga qanday ko’rinsa shunday o’rganish bilan
cheklanmasdan, "tabiiy baho", "tabiiy norma", ish haqi va boshqalarning nimaga
bog’liq ekanligini aniqlashga urindi. Buning uchun mantiqiy abstraksiya
yordamiga tayanib ish yuritdi. U tasodifiy voqealardan holi ravishda kapitalistik xo’jalikning ayrim xususiyatlari to’g’risida qator muhim xulosalar chiqarishdi. Shu
bilan birga u boshqa vazifa - aniq iqtisodiy hayotni izohlashni ham o’z oldiga
maqsad qilib qo’ydi. U shu maqsadda shundoqkina ko’rinib to’rgan kapitalistik
xo’jalik voqealarini izohladi va ma'lum sistemaga soldi.A.Smit abstraksiya
usulidan foydalanib qator chuqur ilmiy xulosalarga keldi, hodisalarning ichki
boqlanishi masalalariga kirib bordi. Shunga paralel ravishda u boshqa yo’ldan ham
bordi, kapitalistik haqiqat to’g’risidagi bevosita kuzatish natijalarini
umumlashtirdi. Birinchi metod izoterik, ikkinchisi - ekzoterik usullar deb ataladi.
N.G.Chyernishevskiy A.Smit metodiga aniq xarakteristika bergan. Ikkala
metodni bir vaqtda qo’llashning afzalligi bilan birga, katta kamchiligi ham bor:
olingan natijalarni bevosita solishtirish har doim ham mumkin emas. Ilmiy tahlil
asosida olingan xulosalar, yuzaki umumlashmalar bilan bir qatorga qo’yiladi.
Mazmun va hodisa shakllari doim ham o’zaro mos kelavermaganidan bu xulosalar
ba'zida bir-biriga zid ham bo’lgan, ammo A.Smit buni oxirigacha tushunib
yetmadi.