#6.1 Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi.
2. Unumli va unumsiz mehnat to’g’risidagi ta'limot. Smitda bu masala ancha mukammal tahlil etilgan. Fiziokratlarda qiymatning
manbai u yoki bu konkret mehnat shakllari emas, qaysi sohada bo’lishining farqi
yo’q, balki umuman mehnat ekanligini ko’rsatib berdi.Smitning fikricha, qiymat va
foyda umumiy ijtimoiy mehnat bilan yaratiladi.
Avvalo kapitalga almashuvni, ya'ni foyda yaratuvchi mehnat unumli deb
e'lon qilinadi, maqsadidan qat'iy nazar odamlarning boshqa turdagi faoliyati unumsiz mehnat harajatlari deb aytiladi. Unumli va unumsiz mehnatning farqi
shundaki, birinchisi kapitalga almashsa, ikkinchisi daromadga almashtiriladi. Bu
tushunchadan boshqa fikr ham kelib chiqadi. Mehnat metafizik ravishda qaralib,
tarixiy bo’lmagan hamma davrlarga xos kategoriya deb tushuniladi. Moddiy
bo’lmagan ishlab chiqarishning hammasi unumsiz mehnat deb qaraladi. Unga
davlat chinovniklari, armiya, flot, shuningdek, ruxoniy, xuquqshunos, vrach,
yozuvchi, har xil aktyorlar va boshqalar shu guruhga bevosita ishlab chiqarish
bilan bog’liq bo’lmagan toifa vakillari qo’shiladi. Demak, tovarda o’z aksini
topgan mehnat unumli, xizmat sohalari unumsiz mehnat bo’lib chiqadi. Smitning
tasdiqlashicha davlat daromadining deyarli hammasi unumsiz elementlarni
ta'minlash uchun sarf bo’ladi (bu gapda jon bor), shu sababli jamiyatda bunday
guruxlar imkon boricha kam bo’lish kerak,-deydi. A.Smitning kapital va takror
ishlab chiqarish to’g’risidagi nazariyasida ancha katta ziddiyatlar mavjud. U
ba'zida kapitalga to’g’ri baho berib, kapital yollanma mehnatni ekspluatasiya
qilish tufayli foyda keltiruvchi qiymat, deydi. Boshqa hollarda masalaga tarixdan
tashqarida turib qaraladi va kapital bu ishlab chiqarish vositalari zaxirasi (zapasi)
bo’lib, ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun kerakli deyilgan.
Fiziokratlar faqat qishloq xo’jaligida ishlatiladigan kapitalni unumli deb atagan
bo’lsalar, Smit sanoat kapitalini ham unumli deb uktiradi (bu uning progressiv
tomoni). U savdo kapitali ham unumli deb hisoblaydi, chunki u sanoat kapitaldan
ajralib qolgan emas, balki moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan qo’shimcha
qiymat - savdo foydasining manbai.Oddiy tovar xo’jaligida kapital kategoriyasi
yo’q. Kapital jamg’arish jamiyat boyligini oshirishning bosh sharti deb e'lon
qilinadi. Unda asosiy rol tejamkorlikka qaratiladi, noo’rin sarf-harajatlar tanqid
qilinadi,kapitalni isrof qilish, ya'ni buromadning daromaddan ortiqcha bo’lishiga
qarshi bo’lgan (bu g’oyalar hozirda ham nixoyatda dolzarbdir).Kapitalistlar
tomonidan yollanma ishchilarning qo’shimcha mehnat natijalarini o’ziniki qilib
olish ijtimoiy hodisa bo’lib, ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida fond
yaratish uchun zarur deb hisoblanadi. Kapitalning jamg’arilishi doim va cheksiz
ro’y beradi, bu jamiyat uchun foydali ish deb baholanadi (bu investisiyalar uchun
asos bo’lib xizmat qiladi).
Smitning kapital ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zaxira kerak ekanligi
to’g’risidagi qoidasi asosiy va aylanma kapital haqidagi tushunchaning boshi edi,
bu atamalarni ham u kiritgan. Fiziokratlar (F.Kene) boshlangich va yillik avans
(bo`nak) tushunchalarini dehqonchilik kapitaliga qo’llagan bo’lsalar, Smit asosiy
va aylanma kapitalni sohasidan qat'i nazar barcha amaldagi kapitalga xos deb
tushuntiradi. Ammo u aylanma kapital deganda tovar va pul kapitalini xato
tushungan (bu muomala sohasiga xos kapital). Bu kapitalni hosil qiluvchi moddiy
elementlarga sotuvchilar qulidagi oziq-ovqat, matyeriallar va tayyor buyumlar
hamda ko’rsatilgan taqsimlash va muomilaga kiritish uchun kerak bo’lgan pullar
ham kirgan. Uning fikricha, aylanma kapital doimo muomalada bo’lishi kerak.
Savdo-sanoat maqsadlari uchun muljallangan mashina va mehnat qurollari,
yerni yaxshilash (tozalash,drenaj qilish, o’gitlash va boshqalar) uchun ajratilgan
narsalar jamiyat barcha a'zolarining o’zlashtirgan va foydali qobiliyatlari asosiy
kapitalga tegishli deb hisoblangan. Shunday qilib, Pettidan keyin Smit ham asosiy kapitalga xodimlarining
mehnat malakasi va qobiliyatini qo’shdi. Bu masalani ancha chigallashtirdi, chunki
malaka va qobiliyat kapital deb e'lon qilindi. Uning egasi esa foyda oluvchi bo’lib
holadi (ishchi har doim ham foyda egasi bo’la olmayda, uni kapitalist yoki yer
egasi oladi). Asosiy S va V kapitalni solishtirib, ular o’rtasidagi farq shundaki,
deydi Smit, birinchi S bir egadan ikkinchisiga o’tmay va yana aylanmay foyda
keltiradi, ikkinchi V esa egasi qulidan bir shaklda ketib, boshqa shaklda qaytib
keladi va foyda keltiradi. Shunday qilib, asosiy kapital umuman aylanmayda,
aylanma (oborot) kapital esa doimo muomalada bo’ladi. Haqiqatda asosiy va
aylanma kapital ishlab chiqarish kapitalining ikki ko’rinishidir.
Ular bir-birlaridan qiymatlarining aylanish usullari bilan farq qiladi. Asosiy
kapitalning qiymati konkret mehnat bilan bo’laklar bo’yicha ishlab chiqarishuvchi
tovarga ko`chiriladi, aylanma kapitalning qiymati esa to’laligicha shu tovarga
o’tadi. Ijtimoiy kapitalni doimiy va o’zgaruvchan kapitalga bo’lish masalasi
Smitga no'malum bo’lib qolaverdi.
A.Smit kapital jamg’arishga katta ahamiyat berdi, talon-tarojlik jamiyat
dushmani, tejamkorlik jamiyat xomiysidir, - deb e'lon qildi. Ammo u kapital
jamg’arilishini ishchilar tomonidan oddiy iste'mol qilish sifatida ifodalaydi,
qo’shimcha qiymatning kapitalashuvini esa faqat o’zgaruvchi kapitalga aylanish
deb tushundi. Individual kapital doimiy va o’zgaruvchan qismlarga bo’lingan.
Ammo u ijtimoiy kapitalni butunlay o’zgaruvchan kapitaldan iborat deb xato
uylagan, ya'ni kapitalning unumli mehnatni ta'minlash uchun ketadigan qismiga
tenglashtirgan. Smit shunday fikr yuritadi: kapitalistning tejamkorligi unumli
xizmatchilarni ta'minlash uchun muljallangan fondni ko’paytiradi. Bu esa o’z
navbatida xizmatchilar sonini oshiradi, ular o’z mehnati bilan yaratgan tovarlar
qiymatini oshiradi, undan so’ng qo’shimcha mehnat harakatga keladi, oqibatda
yillik mahsulotga qo’shimcha qiymat qo’shiladi.Smitning butun ijtimoiy kapitalni
takror ishlab chiqarish nazariyasi uning qiymat nazariyasiga asoslangan. U ijtimoiy
mahsulot qiymatining tarkibiy qismlari to’g’risida xato ta'limot yaratdi. Olimlar
buni "Smit dogmasi" deb ataydilar. Smitning fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulotning
qiymati ish haqi, foyda va renta yiqindisiga teng, ya'ni daromadlar summasidir.
Ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnat bilan birga ishlab chiqarish vositalri ham
qo’llanishini tushungan holda, Smit shunga qaramay ishlab chiqarish vositalari
qiymatini oxir-oqibatda ish haqi, foyda va renta kabi daromadlarga bo’lish
mumkin, deb uyladi.
Shunday qilib, u yalpi ijtimoiy mahsulot "qiymati" dan doimiy kapital s ni
chiqarishib tashlagan. Qiymatdan uning tarkibiy qismi bo’lgan doimiy kapitalni
inkor etish takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish imkonini yo’qka
chiqarishadi. har yili ishlab chiqarishilgan mahsulot go’yo to’la iste'mol qilingan
bo’lib chiqadi. o’z-o’zidan ravshanki, bunday sharoitda kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish emas, xatto oddiy ishlab chiqarish mumkin bo’lmay holadi
(doimiy kapital S ko’p yillar ish beradi).
A.Smit takror ishlab chiqarish muammosini echish ucho’sh yo’l qidirib o’z
nazariyasiga yalpi va sof daromad o’rtasidagi farqni kiritadi. Muayyan
mamlakatning yillik barcha mahsuloti yalpi daromad bo’lsa, sof daromadning shunday bir qismiki, uni shu mamlakat aholisi o’z kapitalini sarflamay iste'mol
zazirasiga qo’yishi mumkin. Smitning xatosi shuki, u yillik mahsulot qiymatini shu
yili yangidan hosil qilingan qiymat bilan aynan bir deb uylagan (milliy daromad).
Lekin yangidan hosil qilingan qiymat daromadlarga ajraladi, yillik mahsulot
qiymati ishlatilgan ishlab chiqarish vositalari qiymati, ya'ni doimiy kapitalni ham
o’z ichiga oladi. Bu xatolik Smitning qiymat to’g’risidagi ta'limotining kamchiligi
va cheklanganligidan kelib chiqkan.Smit mehnatning ikkiyoklama xarakterini
tushunmasdan, abstrakt mehnat yangi qiymat hosil qilishini, konkret mehnat esa
ishlab chiqarish vositalri qiymatini yangi yaratilgan mahsulotga o’tkazishni
ko’rsata olmadi. Ijtimoiy mahsulot qiymatidan doimiy kapital qiymatini yo’qotib
qo’ygan Smit kapital jamg’arilishini butun qo’shimcha qiymatning qo’shimcha ish
haqiga aylanishi bilan teng degan xato xulosa chiqarishdi. U o`ylar ediki,
kapitalistik ishlab chiqarish rivoji bilan ishchilar va ularning iste'moliga talab ham
bir xil sur'atda oshadi, chunki daromad va shaxsiy iste'mol ishlab chiqarish bilan
parallel o’sadi (bir qancha mamlakatlarda shunday bo’lmoqda). A.Smit erkin
raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosatni asoslashga katta e'tibor
berdi. U ishlab chiqarishuvchilarga iqtisodiy erkinlik ta'minlashni, davlatning
iqtisodiy hayotga aralashmasligini talab qilardi. Ammo mamlakatning mudofaa
manfaatlari iqtisodiyotdan ustun ham bo’lishi mumkin degan fikri ham bor, ya'ni
bu ba'zi paytlarda davlatning iqtisodga aralashuvi zarur deganidir. U seh tartib
qoidalari, eskirgan qonunlar, korporasiyalar va savdo monopoliyalari imtiyozlariga
qarshi chiqdi, ya'ni hamma uchun bir xil imkoniyatni yoqladi. hodisalarning
stixiyali borishini va raqobatni har qanday cheklash iqtisodiy rivojlanishni albatta
sekinlashtiradi. Ammo Smit davlatning ayrim funksiyalarini ijobiy baholadi,
masalan, mamlakat ichki tartibini saqlash, tashqi g’arbiy havf-xatardan asrashni
xo’jalik rivojining zaruriy shartlari deb hisobladi. Davlat moliyaviy faoliyatiga
alohida ahamiyat berilgan. Smit o’z asarining beshinchi, oxirgi kitobini davlat
byudjeti va davlat qarzlariga baqishlangan. U faqat butun jamiyat manfaatlariga
mos keladigan davlat harajatlarinigina qo’llab-quvvatladi, "arzon davlat" tezisini
ilgari surdi.Smit zamonaviy davlatning soliq siyosatining nazariy asoslarini
yaratdi.
Soliqlar fuqarolarning kuchi va imkoniyatiga mos kelishi, ishga yaroqli har
bir kishiga alohida belgilanishi kerak, soliq imkoni boricha arzon, uning shakli va
olinish vaqti esa, to’lovchi manfaatiga mos kelishi zarur (shu g’oyalarga to’la amal
qilayotgan davlatlar to’la rivoj topayotir). Sanoatchilar manfaatlarini himoya
qilgan olim lendlordlar, ya'ni yirik yer egalariga belgilangan soliq immunitetiga
(imtiyozga) qarshi chiqdi. Yer rentasi davlat solig’i qo’yiladigan eng qulay
ob'ektdir. Smit foydadan olinadigan soliq samarasiz degan xulosa chiqarishdi.
Korxona egasi foydani saqlash uchun o’z mahsulotiga yuqori baho qo’yish bilan
soliq oqirligini iste'molchi ustiga yuklaydi. U ish haqidan olinadigan soliq ham
mahsulotga loyiq emas deb hisoblaydi. Bu soliqni ham korxona egasi to’laydi,
chunki tirikchilik minimumini ta'minlashi kerak.Smit Merkantilizmga, shu bilan
birga savdodagi proteksionizmga (davlat tomonidan cheklashlar, soliq, bojxona va
boshqalar), tashqi savdodagi har qanday cheklashlarga qarshi edi. Olimning
siyosati feodalizm qoldiqlariga katta zarba bo’ldi. Olimlar A.Smitga baho berib, "ilg’or burjuaziyaning buyuk ideologi" degan edi. Lekin u aslida bzor
iqtisodiyotining mafkurachisi sifatida nom chiqarishdi. A.Smit nochor ahvolga
tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun quyidagi uch omilni ko’rsatib
bergan edi:
1. Mamlakatda tinchlik, osoyishtalik bo’lishi va saqlanishi;
2. Me'yordagi yengil soliqlar tizimi;
3. Davlat iqtisodiyot ishlariga xadeb aralashavermasligi zarur, iqtisodiyot
tabiiy ravishda amalga oshaveradi.
Bu qoidalar bizning mamlakat xo’jaligiga ham bevosita oid fikrlar
hisoblanadi. A.Smitning tadqiqotlari yakunida ijtimoiy takror ishlab chiqarish
jarayoni aks ettirilgan, ammo u F.Kenedan farqli ravishda buni alohida
chizma- "Iqtisodiy jadval" shaklida bermaydi, lekin uning shaklini og`zaki,
so’zma-so’z ifodalaydi, shunga asoslanib bu sxemaning chizib ko’rsatish va
ikkalasini solishtirish imkoniyati paydo bo’ladi.