Reja: "Xalqlar boyligi…" asaridagi iqtisodiy qarashlar


Mehnat taqsimoti va pul to’g’risidagi ta'limot



Yüklə 35,97 Kb.
səhifə3/5
tarix30.09.2023
ölçüsü35,97 Kb.
#150945
1   2   3   4   5
#6.1 Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi.

1. Mehnat taqsimoti va pul to’g’risidagi ta'limot.
Bevosita masalaga o’tishdan avval bir narsaga dikatni jalb etish kerakki, bu A.Smit
yashagan muxitdir. Muxit olimning tadqiqotlariga katta ta'sir ko’rsatdi. Bu davr
Angliyada manufaktura nixoyatda rivojlangan va sanoat inqilobi arafasidagi yoki
bu boradagi dastlabki kadamlar qo’yilgan payt edi. Shu sababli A.Smit
manufaktura davrining umumlashtiruvchi iqtisodchisi bo’lib qoldi. O’z davri mos
ravishda u manufakturani ishlab chiqarishning eng progressiv, eng ilg’or shakli
deb baholadi, uning tarixan o’tkinchiligini tushunmadi, bu albatta sharoitning
ta'siridir.A.Smit ishchilar, kapitalistlar va yer egalarining turli sinf vakillari
ekanligini yaxshi tushungan va iqtisodiy rivojlanishning umuman yaxshi oqibatlari
hamma uchun tegishli, xalq boyligining o’tishidan esa jamiyatning hamma a'zolari
bir xil manfaatdor deb o`ylagan edi. O’z davrida tanqid qilingan bu g’oya hozirgi
paytda haqiqatga ancha yaqindir (yana tarix ko’rsatadi).
A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g’oya yotadiki, unga ko’ra
jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo bo’ladi
(merkantelistlardan keskin farqi bor). Eslang, Fiziokratlar va ilk klassik maktab
vakillari mehnat faqat qishloq xo’jaligidagina samarali bo’ladi, desalar, A.Smit
mehnatni barcha sohalarda (sanoat, qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish sohalari)
boylikning asosi deb bildi. U kapitalistik ishlab chiqarishning manufaktura
bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy progressning muhim omili mehnat
taqsimotidir, degan xulosaga keldi va buni o’z tadqiqotlarining boshlangich punkti
deb qabul qildi. A.Smit o’z tadqiqotida nina-to`g`nogich manufakturasidagi
ko’pchilikka ma'lum bo’lgan mehnat taqsimoti misol qilib keltirdi, u yerdagi
ishchilarning ixtisoslashuvi va mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni va mehnat
unumdorligini ko’p marta oshirish imkonini berdi.

Yüklə 35,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin