Reja: Xristianlikning paydo bo’lishi, aqidalari, asosiy yonalishlari, ta’limotlari va manbalari



Yüklə 277,42 Kb.
səhifə8/9
tarix07.01.2024
ölçüsü277,42 Kb.
#209790
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DINSHUNOSLIK 4- Mustaqil ish

Abbosiylar arab xalifalari sulolasi (750–1258), Muhammad (sallollohu alayhi vasallam) ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim qoʻzgʻoloni natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlabki poytaxti — Kufa shahri „Saffoh“ („Xunrez“) laqabi bilan mashhur boʻlgan Abul Abbos Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ikkinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Jaʼfar Mansur (754-775) Bagʻdod shahriga asos solib, poytaxtni shu yerga koʻchirdi. Abbosiylar hukmronligining dastlabki davrida mulkchilik munosabatlari oʻsib, savdo-sotiq rivojlandi. Bagʻdod Sharqning yirik savdo markaziga aylandi, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tabiiyot va boshqa fanlarga oid koʻplab asarlar yaratildi. Andalusiya (Ispaniya) dan tashqari butun musulmon mamlakatlari — Magʻrib, Hindiston, Movarounnahr Abbosiylar qoʻli ostiga oʻtdi. Bular xalifalikning iqtisodiy negizini, siyosiy va harbiy qudratini mustahkamladi. Ayniqsa Horun ar-Rashid va uning oʻgʻli Maʼmun zamoni Abbosiylar sulolasining gullagan davri edi. 9-asrning ikkinchi yarmidan boshlab Abbosiylar xalifaligi zaiflasha boshladi, Afrikada agʻlabiylar, Misrda tuluniylar, Xuroson va Movarounnahrda somoniylar Abbosiylar xalifaligidan ajrab chiqdilar. 10-asrning boshiga kelib faqat Bagʻdod va uning atroflaridagina siyosiy hokimiyat Abbosiylar qoʻlida qoldi. Harbiy kuchlar turk sarkardalari qoʻliga oʻtib ketdi. Ular xohlagan vaqtlarida xalifalarni almashtira olar edilar.
10-asr oʻrtalariga kelib Abbosiylar siyosiy hokimiyatni tamoman qoʻldan boy berib, musulmonlarning diniy xalifasi (paygʻambar oʻrinbosari)gina boʻlib qoldilar. Erondagi buvayhiylar (945 yil) Bagʻdodni oʻz qoʻliga oldi, lekin ular Abbosiylarning mavqei bilan hisoblashar edi. Bagʻdod saljuqiy-sunniylar tomonidan bosib olingandan keyin Abbosiylar siyosiy hukmronligi qisman tiklandi va dinning mavqei mustahkamlandi. 1258-yil moʻgʻullar Bagʻdodni vayron qilib, Abbosiylarni tamoman tor-mor keltirdi. Moʻgʻul xoni Huloku buyrugʻi bilan Abbosiy xalifalarning soʻnggisi -Mustaʼsim qatl etildi. Abbosiylar sulolasining qolgan vakillari esa Misrga qochdi. Mamluk sultonlari davrida (turklar 1517-yili Misrni olgunga qadar) Abbosiylar Qohirada muqaddas kishilar sifatida yashab keldilar. 1261-yili mamluk sultoni Beybars Abbosiylardan biri al-Mustansirni xalifa deb eʼlon qildi. 1517-yil Abbosiylarning avlodi Mutavakkil III Istanbulga keltirilib, u diniy rahnamolik huquqini turk sultonlariga topshirgan. Abbosiylardan 37 kishi xalifa boʻlgan.

Yüklə 277,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin