Reja: Yunon faylasufi – Suqrot ”Suqrot metodi” 3


Aristotel va uning ta’limoti



Yüklə 430,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix18.05.2023
ölçüsü430,45 Kb.
#116496
1   2   3   4
suqrot

Aristotel va uning ta’limoti 
Arastu yoki Aristotel eramizdan avvalgi 384-322-yillarda yashagan. 
Platonning shogirdi bo’lgan, makedoniyalik Iskandarni tarbiyalagan
Qadimgi Yunonistoning yirik idealist faylasufi va olimi edi. 
U fizika, metafizika, nazm, teatr, mantiq, ritorika, etika, siyosat, biologiya, 
zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan.
Miloddan avvalgi 367-yilda 
Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil ko’rdi, 20 yoshida uning 
ishlarida ishtirok etdi. Miloddan avvalgi 343-yildan eʼtiboran Makedoniya 
podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrga murabbiylik qildi. 
Miloddan avvalgi 335-yilda Afinaga qaytib, o’zining “Likey” maktabini 
tashkil qildi. Aleksandr vafotidan so’ng 323-yilda xudosizlikda ayblanib, 
Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur bo’ldi va umrining ohirigacha shu 
yerda yashadi. 


Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi,
uning taʼlimoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib 
berdi. Arastu ijodi oʻz zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab 
oldi. Oʻzining ilk falsafaga oid „Metafizika“ asarida Platonning gʻoyalar 
nazariyasini tanqid qildi. “Platon gʻoyalari” moddiy predmetlarning oddiy 
nusxasi, aynan o’zi ekanini ko’rsatdi. Arastu ayrimlik va umumiylikning 
oʻzaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik biron-bir joydagina va 
hozirdagina mavjuddir, uni his bilan idrok etish mumkin. Umumiylik esa 
har qanday joyda va har vaqtda mavjud, u muayyan sharoitda ayrim
holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek 
umumiylik - fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish mumkin.
Arastu olamdagi hodisalar va predmetlarning sabablarini toʻrt 
guruhga boʻladi: 
1) moddiy sabab yoki materiya; 
2) shakliy sabab yoki shakl; 
3) yuzaga keltiruvchi sabab; 
4) oxirgi sabab yoki maqsad. 
Garchi Arastu materiyani dastlabki sabablardan biri, deb eʼtirof etsa 
ham, uni faqat passiv asos, imkoniyat halos, qolgan uch sababni esa – faol 
sabab, deb hisoblaydi. Masalan, uning fikricha, shaklsiz hech qanday 
narsaning boʻlishi aslo mumkin emas, shakl – borliq mohiyatidir, shakl – 
abadiy, oʻzgarmas va moddiy sababdan ustunroqdir. Yuzaga keltiruvchi 
sabab harakat yohud turgʻunlik manbaidir. Harakat, deydi Arastu, biron-bir 


narsaning imkoniyatdan voqelikka o’tishidir. Harakatning to’rt turi bor, 
bular: 
-sifatli harakat yoki oʻzgarish; 
-miqdoriy harakat yoki koʻpayish va kamayish; 
-joyni oʻzgartirish yoki makondagi harakat; 
-vujudga kelish va yoʻq boʻlishdan iborat.
Oxirgi sabab yoki maqsad – harakat, oʻzgarish, inson faoliyatining 
oqibatidir. 
Arastu taʼlimotiga binoan, xudo – oʻz qonunlari boʻyicha 
rivojlanayotgan barcha shakllar, tabiatdagi jamiki hodisalar va hamma 
mavjud narsalarning oliy maqsadi, “shakllarning shakli”, maqsadi, olamni 
harakatga keltiruvchi ilk kuchdir. Arastu nazariyasiga ko’ra, har qanday 
real mavjud bo’lgan ayrim narsa “materiya” bilan “shakl”ning birligidan 
iborat, “shakl” esa narsaning oʻziga xos “koʻrinishi”dir, unga ham 
“materiya”, ham “shakl” deb qarash mumkin. Shu tariqa butun voqe olam 
“materiya”dan – “shakl” ga va “shakl”dan – “materiya”ga izchil ravishda 
o’tish jarayonidan iborat. 
Arastu bilish haqidagi taʼlimotida “dialektik” bilish bilan
“apodiktik” bilishni bir-biridan farqlaydi. “Dialektik” bilish – tajriba 
samarasi bo’lmish “fikr”ni, “apodiktik” bilish esa ishonchli bilimni 
vujudga keltiradi. Ammo Arastu tajribani ishonchli bilimning oliy darajasi, 


deb hisoblamaydi, uning fikricha, bilimning eng oliy qonun qoidalari 
bevosita aql vositasidagina idrok etiladi. 
Arastu mantiq ilmining asoschisidir. Arastu yaratgan va “analitika” 
deb nomlagan mazkur fan tafakkurning tushuncha, muhokama, xulosa
kabi asosiy shakllaridan, ayniyat, qarama-qarshilik va uchinchisi istisno 
qonunlaridan, fikrni isbotlash yohud rad etish uslublaridan, bir qancha 
kategoriyalardan iborat. Mantiq “ilk falsafa” (“metafizika”) bilan birgalikda 
fan sohalarining falsafiy tasnif tizimini tashkil etadi. Biologiya sohasidagi 
Arastu ilmiy xizmatlaridan biri – oʻsimlik va hayvonot turlarining biologik 
jihatdan maqsadga muvofiqligi haqidagi taʼlimotidir. Oʻsimliklarning 
urugʻdan oʻsib-rivojlanishi, hayvonlardagi instinktlarning maqsadga
muvofiq tarzda yuzaga kelishi, aʼzolarining oʻzaro mutanosib ravishda 
harakat qilishi – tabiatdagi maqsadga muvofiqlik namunasidir. 
Arastu jahon ilm tarixida ilk bor ahloq fani – etikaga asos soldi. 
Uning ahloq sohasidagi maʼnaviy ideali Xudodir, Xudo eng oliy faylasuf 
va mutafakkirdir. Arastu aql-zakovatning kuzatish, mushohada qilishdan 
iborat faoliyatini barcha neʼmatlardan ustun qo’yadi, uni ezgulik, rohat va 
lazzat manbai, deb biladi. Amaliy faoliyat esa hamisha ham aql hukmiga 
bo’ysunavermaydi, binobarin kundalik ishlarda ham aql, ham hayotiy 
tajribani ishga solib o’rta yo’lni tanlagan maʼqul. 
Arastuning siyosiy qarashlari “inson – ijtimoiy mahluqdir” degan 
gʻoyaga asoslanadi, yaʼni oila, jamiyat, davlat – inson hayoti va 


faoliyatining asosiy sohalaridir, bularsiz u yashay olmaydi. Arastu oilaviy 
va ijtimoiy tarbiyani davlat tuzumini mustahkamlash vositasi, deb biladi, 
binobarin maktab faqat davlatniki bo’lishi, unda barcha fuqarolar 
(qullardan tashqari) avvalo davlat tuzuk tartibotidan saboq beruvchi
ilmlarni egallashi shart. Arastu davlat masalasida har qanday arbob qulay 
siyosiy shart-sharoit vujudga kelishini kutib o’tirmay, mavjud
imkoniyatdan kelib chiqib, yaxshi konstitutsiya asosida kishilarni boshqara 
bilishi, birinchi galda yosh avlodning jismoniy va aqliy tarbiyasi haqida 
qayg’urishi lozim, deb hisoblaydi. 
Arastu davlatni idora etishning uchta maʼqul va uchta nomaʼqul 
shakli mavjud, degan gʻoyani olg’a suradi. Yaxshi boshqaruv shakllari 
amal qilgan davlatda undan gʻarazli maqsadlarda foydalanish imkoni 
istisno etiladi, hokimiyat esa butun jamiyat xizmatida bo’ladiki, bular: 

Yüklə 430,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin